Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi

Kafedra dastlab 1995-yilning sentabr oyidan rus va koreys filologiyasi fakulteti qoshida «Ingliz tili» bo‘limi sifatida ish boshlagan. Nizomiy nomidagi TDPU rektorining 1995-yil 22-aprelda chiqargan 58-O buyrug‘iga asosan (chet til) ingliz tili mutaxassisligi ta’sis etilgan.
Fakultet faoliyatining dastlabki yillarida Ingliz tili kafedrasiga respublikaning turli oliy o‘quv va ilmiy maskanlaridan professor-o‘qituvchilar taklif etildi. Ulardan quyidagilarni ta’kidlash joizdir: filologiya fanlari doktorlari, professorlar Qudrat Musayev, Muxammad Mamatov, pedagogika fanlari doktori Tojimat Sattorov, filologiya fanlari nomzodi Xurram Raximov, filologiya fanlari nomzodi Saodat Shokirova, pedagogika fanlari nomzodi Xolmurod Maxmatqulov, filologiya fanlari nomzodi Mustafo Zulxonovlar til nazariyasi, amaliyoti va o‘qitish metodikasi bo‘yicha yuqori saviyada mashg‘ulotlar olib borishdi.
1995-yildan boshlab shu kungacha quyidagi kafedra mudirlari faoliyat yuritib kelishyapti.
Professor Jamol Jalolovich Jalolov mazkur kafedrada mudir bo‘lib, 1995-yil sentabr oyidan 2010-yil maygacha faoliyat ko‘rsatgan. F.f.n., dotsent Karimova Barno Azizovna 2010-yil may oyidan 2010-yil oktabr oyiga qadar, f.f.n., dotsent Satimov G‘ofurjon Hotamovich 2010-oktabr oyidan 2011-sentabr oyigacha, Tojiyeva Gavhar Yakubovna 2011-yil sentabr oyidan 2012-yil yanvargacha, f.f.n., dotsent Tuxliyeva Gavhar Nurislamovna 2012-yil yanvardan 2013-yil dekabrgacha p.f.d., professor Yuzlikayev Farit Rafailovich 2013-yil dekabrdan 2016-yil iyul oyigacha, 2016-yil iyul oyidan 2018-yil iyul oyigacha f.f.n., dotsent Z.R.Abdujabbarova, 2018-yil iyul oyidan hozirgacha S.X.Nazarov kafedra mudiri lavozimida ish yuritishdi.

Hozirgi kunda kafedrada ingliz va nemis tili yo‘nalishlari bo‘yicha ja’mi 19 ta professor-o‘qituvchi asosiy va o‘rindosh shtat birligida faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan: professor: J.J.Jalolov, f.f.d. professor G.T.Mahkamova; fan nomzodi, dotsent A.M.Mamadaliyev, fan nomzodi, dotsent A.G.Maksumov, fan nomzodi, dotsent L.T.Xaliyarov, fan nomzodi, dotsent Z.R.Abdujabarova, fan nomzodi, dotsent Sh.Atadjanova, katta o‘qituvchi Z.Gulyamova; o‘qituvchilar: B.Hakimova, U.Kulijanov, N.Kadirova, S.X.Nazarov, B.Bobojonov, H.Zayniyeva, D.Subanova, O‘.Kusanova, Olesya Jilina, L. Sultonova, fan nomzodi Alimova M.H.
Kafedra o‘quv fanlari:
Kafedrada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja asosida quyidagi fanlar o‘qitiladi:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida:
Ingliz tili o‘qitish metodikasi, Qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi, Ingliz adabiyoti tarixi, Mamlakatshunoslik va madaniyatlararo muloqot, Ingliz tili nazariy grammatikasi, Ingliz tili leksikologiyasi, Ingliz tili nazariy fonetikasi, Ingliz tili stilistikasi va matn sharhi, German filologiyasiga kirish va hokazo.
Magistratura ta’lim yo‘nalishida:
Kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili, Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, Ingliz tili qiyosiy metodikasi, Lingvomamlakatshunoslik
Chog‘ishtirma lingvistika, Tarjimashunoslik, Chet til, Lotin tili, Lingvistik va metodik tadqiqot asoslari, Madaniyatlar qiyosiy tipologiyasi va hokazo.

Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasida 2018-2019-o‘quv yilida bir qator ilmiy ishlar bajarilgan.
Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan reja asosida ilmiy-nazariy seminar o‘tkazildi. Sentabr oyida prof. J.Jalolov tomonidan “Chet tilda approksimatsiya hodisasi” , prof.J.Jalolov va dos.G.Maxkamova tomonidan “Ilmiy maqola yozish xususiyatlari”, AQShning Braun universitetidan kelgan volonter o‘qituvchi J.Uoller tomonidan “The main differences between British and American English (vocabulary, grammar, pronunciation)” mavzulari doirasida seminar o‘tkazdilar. Oktabr oyida A.M.Mamadaliyev “Cultural peculiarities of Great Britain” mavzusida seminar o‘tkazdi.
Kafedraga “Fulbright” dasturi asosida AQShning Braun universitetidan ingliz tili mutaxassisi Jordan Uoller kelgan va u nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boryapti.
Kafedra o‘qituvchisi U.Kulijanov oktabr oyidan boshlab Turkiyani Anadolu universitetida PhD ilmiy tadqiqot ustida ish olib boryapti.

Yillik ish rejalar tasdiqlanadi.Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarning tizimli tashkil etilishiga erishiladi va o‘quv yili yakunida rejada belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha yillik hisobotlar olinadi.
Ijro intizomi ta’minlanadi.
Harakatlar strategiyasining ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning bajarilishi ta’minlanadi.
Kafkedrada “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturining ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning bajarilishi ta’minlanadi
Qaror va Farmon ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning bajarilishi ta’minlanadi.
Fakultet jamoasining mobil telefondan foydalanish va kiyinish madaniyati talab darajasida shakllantiriladi. Ijtimoiy-ma’naviy muhit yanada yaxshilanadi.
Fakultet talabalari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalardan axborot olish, uni to‘g‘ri talqin qilish madaniyati rivojlantiriladi. Talabalarni ommaviy axborot vositalari bilan ishlashga o‘rgatiladi. "Axborot va murabbiylik soatlari"ni tashkil etish mexanizmi takomillashadi.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari bo‘lgan talabalar faoliyati bilan universitet va fakultet jamoasi tanishtiriladi va ular haqidagi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning tizimli yo‘lga qo‘yilishiga, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazilishiga hamda talabalarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga erishiladi.
Talabalarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga erishiladi.
Jamoada koorrupsiya, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga, unga imkon beruvchi holatlarining kelib chiqishini bartaraf etilishiga erishiladi.
Talabalarda ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalaridan himoyalanish ko‘nikmasi shakllantiriladi.
Talabalarda zararli illatlarga qarshi kurashish immuniteti shakllanadi.
Tibbiy madaniyat va huquqiy savodxonlik oshiriladi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalarda sog‘lom turmush madaniyati shakllantiriladi, ularni sport-sog‘lomlashtirish ishlari, sport to‘garaklariga keng jalb qilish orqali salomatliklarini muhofaza qilishga erishiladi.
“Uch avlod uchrashuvi” tadbirlaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda samarali foydalanishga erishiladi. Kengash faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va doimiy hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi.O‘zbekiston Respublikasining o‘tgan 26 yillik tarixan qisqa davrda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, xalqaro miqyosida erishgan yutuqlari tahlil qilinadi. “Mustaqillik darslari”ning yuqori darajada tashkil etilishiga erishiladi.
Talabalarda tanlagan kasbiga muhabbat kuchaytiriladi, jamoada pedagogik muhit yaxshilanadi.
Kasb bayrami keng nishonlanadi.
Professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarning huquqiy bilimlari va madaniyati rivojlantiriladi.
Talabalarda vatanparvarlik hissi tarbiyalanadi, harbiy kasbga hurmat-ehtirom oshadi.
Buyuk ajdodlarimizga hurmat tarbiyalanadi, ularning boy madaniy merosini o‘rganishga qiziqish va buyuk ajdodlarimizda g‘ururlanish hissi shakllantiriladi.
Xotin-qizlar kuni va Navro‘z umumxalq bayramini jamoada munosib nishonlanishiga erishiladi.
Ajdodlar xotirasi ulug‘lanib, faxriylarga mehr-muruvvat ko‘rsatiladi.

To`garaklar

Kafedrada “Drama” va “Yosh lingvodidaktlar” to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur to‘garaklarda mashg‘ulotlarni kafedraning malakali professor-o‘qituvchilari olib borishadi.
To‘garakning asosiy vazifalari milliy g‘oya, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lovchi, Vatanga sadoqatli, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish, talaba-yoshlarni hayotda maqsad va ishonch bilan yashashga tayyorlash, ularning eng yuksak qadriyat sifatida vaqtni qadrlash va undan samarali foydalanishga o‘rgatish, talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish hamda talaba-yoshlarga zamonaviy talab asosida dars berish sirlarini o‘rgatishdan iborat.

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

1. Amaliy xorijiy til
2. Amaliy xorijiy til (frantsuz tili)
3. Amaliy xorijiy til
4. Bitiruv malakaviy ish
5. Boshlang`ich sinflarda chet tilini o`rgatish
6. Chet til (nemis tili)
7. Chet til o'qitishning xalqaro tajribalari
8. Chet tilda geografik terminlar tahlili
9. chet tilda kompyuter texnologiyalari terminlari
10. Chet tilda matematik terminlar tahlili
11. chet tili o'qitishning xalqaro tajribalari
12. Chet tili o`qitish metodikasi
13. Chet tilida geografik terminlar taxlili
14. Chet tilida matematik terminlar taxlili
15. chog`ishtirma lingivistika
16. DAK/ Konsultatsiya
17. Diskurs va matn tahlili
18. Filologik tadkikot asoslari
19. Filologik tadqiqot asoslari
20. German filologiyasiga kirish
21. German filologiyasiga kirish
22. Ingliz adabiyoti tarixi
23. Ingliz tili leksikologiyasi
24. Ingliz tili nazariy grammatikasi
25. Ingliz tili o`qitish innovatsion pedagogik texnologiyalari
26. Ingliz tili o`qitish nazariyasi va metodikasi
27. Ingliz tili o`qitish qiyosiy metodika
28. ingliz tili qiyosiy metodikasi
29. Ingliz tili stilistikasi,matn sharhi va taxlili
30. Ingliz tilining nazariy grammatikasi
31. Ingliz-ona tillari va madaniyatlari qiyosiy tipologiyasi
32. Kasbga yo`naltirilgan ingliz tili
33. Kiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi
34. Kompyuter texnologiyalari terminlari
35. Kurs ishiga rahbarlik
36. Lingvistika va metotik tadqiqotlari
37. Madaniyatlar qiyosiy tipologiyasi
38. Madaniyatlararo muloqot
39. Madaniyatlararo muloqotni o'rgatish
40. Magistirlik disertatsiyasiga raxbarlik
41. Mamlakatshunoslik va madaniyatlararo mulokot
42. Mamlakatshunoslik va madaniyatlararo muloqot
43. Mutaxassislik fanlarni o`qitish metodikasi
44. Nemis tili amaliy kursi
45. Nemis tili leksikologiyasi
46. Nemis tili nazariy fonetikasi
47. Nemis tili nazariy grammatikasi
48. Nemis tili nazariy grammatikasi va fonetikasi
49. Nemis tili o'qitish metodikasi
50. Nemis tili stilistikasi matn sharxi va taxlil
51. Nemis tili stilistikasi va matn tahlili
52. nemis tili o'qitish metodikasi
53. Nemis tili o'qitishning innovatsion pedagogik texnologiyalari
54. NEMIS TILI VA ADABIYOTI TARIXI
55. Nemis tili va adabiyoti tarixi
56. Nemis-ona tillari va madaniyatlari qiyosiy tipologiyasi
57. O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari (Ikkinchi oliy ta'lim sirtqi)
58. Pedagogik amaliyotga rahbarlik 4 kurs, 401 N 10 talaba
59. Pedagogika nazariyasi va tarixi
60. Chog'ishtirma lingvistika
61. Qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi
62. Qo'shimcha chet til amaliy kursi (nemis tili)
63. Qo`shimcha chet tili o`qitish metodikasi
64. Qo’shimcha chet til (nemis tili) o’qitish metodikasi
65. Tarjima nazariyasi va amaliyoti
66. Tarjima nazariyasi va amaliyoti
67. Til amaliyoti
68. til aspektlari
69. Til nazariyasi
70. Til o`rganilayotgan mamlakat adabiyoti tarixi
71. Tili o`rganilayotgan mamlakat adabiyot tarixi
72. Ukuv amaliyoti 2 kurs, 201 N, 16 ta talaba
73. Umumta`lim fanlarni kasbga yo`naltirib o`qitish metodikasi
74. Xorijiy til (sirtqi bo`limi uchun)

Kafedra a`zolari