Rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi

Rus va chet el adabiyoti kafedrasi 1940-yilda tashkil topgan bo`lib, dotsent D. Ya. Vifliyemskiy kafedra mudiri lavozimida ishlagan, 1964-1971-yillar professor V.I. Makov, 1971-1976-yillar dotsent L.N.Lavrentyeva, 1976-1985-yillar f.f.d., professor L.D.Usmanov, 1985-1996-yillar dotsent G.Sh. Abdullayeva, dotsent E.I. Podlipskaya, dotsent S.G. Gafurdjanov, 1996-2004-yillar f.f.n., dotsent N.A.Chekulina, 2004-2012- yillar f.f.n., professor N.M.Mirkurbanovlar kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritdi.
Hozirgi kunda ushbu kafedrani f.f.n.dos. Yu.U.Matenova boshqarib kelmoqda.
Urush yillaridan avval Soyuz respublikalaridagi iqtisodiy va madaniy munosabatlar rivojlanib va mustahkamlanib bormoqda edi. O`zbekistonning Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va ravnaq toptirishi uchun rus tili va adabiyotini faol o`rganish katta ahamiyat kasb etadi.
Rus tili va adabiyotini bilish oliy ta`limga mutaxassis pedagoglarni tayyorlash jarayonida ham katta ahamiyatga ega bo`ldi. Hammaga ma`lumki, til – olamning eng yaxshi kalitidir, adabiyot esa san`atning bir turi va u yoshlarning axloqiy, madaniy va ma`naviy ko`rinishini shakllantirishda jiddiy faktor bo`lib xizmat qiladi. Bu haqiqatni anglash 1940-yilda Nizomiy nomidagi pedagogika instituti tarkibida ixtisoslashtirilgan rus va chet tili adabiyoti kafedrasini tashkillashtirishga asosiy sabab bo`ldi.
Bunday yangi kafedrani tashkillashtirish kabi mas`uliyatli va faxriy vazifani o`z bo`yniga birinchi mudir - Dmitriy Yakovlevich Vifliyemskiy oldi. Bunday taniqli olimning hissasi kafedraning ko`rinishini keyingi yillarda aniqlab berdi. Yuqori ilmiy kuch, pedagogik mehnatga bo`lgan o`ziga xos munosabati, o`quvchilariga bo`lgan mehr – yangilangan va zamonaviy kafedraning bugungi kunda ham axloqiy yo`nalish bo`lib qolmoqda.
Yana bir ahmiyatli shaxs, buyuk olim va pedagog – professor Makov V.I. ikkinchi kafedra mudiriga aylandi. 1964-yildan 1971-yilgacha uning boshchiligi ostida kafedra yirik sonda yosh olimlar va shunchaki yaxshi o`qituvchilarni chiqardi.
1971-yildan 1976-yilgacha kafedrani dotsent Lavrentyeva K.N. boshqardi, 1976-yildan 1985-yilgacha – filologiya fanlari doktori Usmonov L.D., 1985-yildan 1996-yilgacha kafedrada Abdullayeva G.Sh., Podlipskaya E.I., Gafurdjanov S.G. kabi dotsentlar mudirlik qilishdi, 1996-yildan 2004-yilgacha kafedrani dotsent Chekulina N.A. boshqardi, 2004-yildan 2012-yilgacha kafedrani professor Mirkurbanov N.M. boshqardi.
Kafedraning faxri va yutug`i – turli vaqtda kafedra tarkibida bo`lgan adabiyotshunos olimlar, professorlar va dotsentlar yoshlarning ta`lim va tarbiyasida o`z hissasini qo`shganligi. Shunday qilib, turli yillarda dotsent Vifliyemskiy Dmitriy Yakovlevich, filologiya fanlari doktori Lixodziyevskiy Stepan Ivanovich (chet tili adabiyoti tarixi), Ulrix Lidiya Nikolayevna (XX asr rus adabiyoti tarixi), Soyfer Mark Ilich (XX asr rus adabiyoti tarixi), filologiya fanlari doktori Makov Vasiliy Ivanovich (XX asr rus adabiyoti tarixi).
Shundan buyon kafedra dotsent Vladimirskiy Anatoliy Georgiyevich, professor Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori Varfolomeyev Ivan Pavlovich, professor Mirkurbanov Nasirulla Mirsultanovich, dosent Filippov Petr Petrovich, dosent Pissova Alina Zaxarovna, dosent Bogdanova Tatyana Vladimirovna, dosent Shamuratova Svetlana Naumovna kabi mutaxassislar bilan to`ldi.
2012-yildan buyon filologiya fanlari nomzodi, dotsent Matenova Yu.U. kafedra mudiri bo`lib ishlab kelmoqda.

2012-yildan buyon filologiya fanlari nomzodi, dotsent Matenova Yuliya Umidovna kafedra mudiri bo`lib kelmoqda. Matenova Yu.U. “Chet el adabiyoti tarixi” (bakalavriat) va “Jahon adabiy jarayoni” (magistratura) fanlari bo`yicha ma’ruza o`qiydi. Matenova Yu.U. muallifligida “Rus adabiyoti tarixi (XIX asrning 1-yarimi)” nomli elektron darslik, “Jahon adabiyotidan seminar mashg`ulotlar” nomli o`quv-uslubiy qo`llanma, Chet el adabiyoti (XIX asr) bo`yicha uslubiy qo`llanmalar yaratilgan.
Matenova Yu.U. o`zining «Межкультурное пограничье в творчестве Э.-Э. Шмитта» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi ustida ishlab kelmoqda va bir qator respublika va xorijiy to`plamlarda ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan.
Hozirgi vaqtda kafedra tarkibi 11 nafar professor-o`qituvchilardan iborat, ulardan:
1 f.f.n., professor
3 f.f.n., dotsent
2 katta o`qituvchi
4 o`qituvchi
Kafedra ilmiy salohiyati 45% tashkil etadi.

Учебная работа
Photo: © Морозова Ю.В.

Учебная работа
Photo: © Корзун А.В.

Учебная работа
Photo: © Юнусова Х.Ю.

Kafedraning «Модернизм и современный литературный протсесс» nomli rejadagi ilmiy mavzusi asosan uch yo`nalish bo`yicha amalga oshiriladi: hozirgi zamon adabiy jarayoni tahlili; adabiyotshunoslikka oid an’anaviy mavzu va muammolarni o‘rganishda modernizm nuqtayi nazaridan kelish, adabiyotshunoslik fanlarini o‘zlashtirishni optimizatsiyasiga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqib amaliyotga tatbiq etish.

Научная и научно-методическая продукция кафедры
Photo: © Кафедра русской литературы и методики преподавания

Kafedraning tarbiyaviy ishlari o‘z ichiga murabbiylik ishini, to‘garak ishini, hayr-ehson va obodonlashtirish ishlariga talabalarni jalb qilishni qamrab olgan. Kafedraning tarbiyaviy ishi doirasida turli xil ijodiy kechalar, breyn-ringlar, konkurslar va she’r o‘qish kechalarini oladi. Ushbu kechalarning mehmoni bo‘lib O‘zbekistonning shoir va yozuvchilari ishtirok etishadi. Kechalarda ishtirok etish talabalarda o‘z iste’dodlari va qobiliyatlarini ko‘rsatish uchun, shuningdek, Toshkent shahrining san’at ko‘rgazmalari, teatr va muzeylarini ko‘rish uchun imkoniyat yaratadi.

Театральный кружок "Орфей"
Photo: © Матенова Ю.В.

Встреча с поэтом Б. Ахмедовым
Photo: © Кафедра русской литературы и методики преподавания

To`garaklar

«Orfey» drama to‘garagi repertuari asosini rus va chet el mumtoz adabiyoti asarlari tashkil etadi. To‘garak rahbari Matenova Yu.U. dir. Har bir sahna ko‘rinishi asarlar izohli tahlili va obrazlar tavsifi bilan olib boriladi. To‘garak 2012-yilning oktyabr oyidan hozirgi kungacha faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garak tarkibiga rus tili va adabiyoti, koreys tili va adabiyoti, ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishlari talabalari kiradi. O‘tgan vaqt mobaynida Plavt komediyalaridan, Esxil, Yevripid, Shekspir tragediyalaridan va Robert Berns va Sergey Yeseninlarning ijodiga bag‘ishlangan musiqiy-she’riy kompozitsiya sahna ko‘rinishlari qo‘yildi.

Kafedra a`zolari