Psixologiya kafedrasi

Psixologiya kafedrasi 1999-yildaPedagogika va psixologiya fakulteti tarkibida tashkil topgan. Kafedraning asosiy vazifasi – zamonaviy talablarga javob beradigan, yetuk va har tomonlama rivojlangan pedagog-psixolog kadrlarni tayyorlashdir.

“Psixologiya” kafedrasi 1999-2000-o‘quv yilining boshida Pedagogika va psixologiya fakulteti tarkibida tashkil topgan.
Dotsent Sunnatova Ra’no Izzatovna kafedraning dastlabki rahbari sifatida faoliyat yuritgan. R.I.Sunnatovaning ilmiy qarashlari yosh va pedagogik-psixologiya sohasida bo‘lib, uning rahbarligida 10ta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlanib, himoyaga olib chiqilgan. Bundan tashqari, Ra’no Izzatovna 2001-yilda «Индивидуальные особенности мыслителной деятельности» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlashga muvaffaq bo‘ldi. R.I.Sunnatova tomonidan ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, monografiya va metodik qo‘llanmalar tayyorlandi.
Zamira Taskarayevna Nishanova 2003-yilning sentyabr oyidan 2005-yilga qadar “Psixologiya” kafedrasini boshqardi. Z.T. Nishonova 2005-yil “Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Z.T.Nishonovani ilmiy qarashlari yosh va pedagogik-psixologiya sohasida bo‘lib, ularning rahbarligida hozirgi kunda 3ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Zamira Nishonovaning shogirdlaridan Z.Sherimbetova 2007-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shu bilan birga, ularning rahbarligida 20dan ortiq magistrlik dissertatsiyasi va 30dan ortiq BMI tayyorlanib himoyaga olib chiqildi. Z.T.Nishonova mustaqil ijodiy fikrlashning psixologik asoslariga oid ilmiy izlanishlarini ilmiy maqola, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar ko‘rinishida chop ettirgan.
Nodira Gayratovna Kamilova 2005-2018-yillarda “Psixologiya” kafedrasini boshqarib kelgan. N.G. Kamilova 2000-yili «Oсобенности самооценки подростков с девиантным повидением» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, N.Kamilova hozirgi kunda o‘z doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.
Xalilova Nargiza Ikromaliyevna 2018-yil fevral oyidan boshlab “Psixologiya” kafedrasini boshqarib kelmoqda. N.I.Xalilova 2010-yilda “O‘smirlik davrida o‘zini o‘zi nazorat qilish shakllanishining psixologik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

“Psixologiya” kafedrasi 5110900– Pedagogika va psixologiya, 5210200-Psixologiya (umumiy psixologiya) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat hamda 5A110902-pedagogika va psixologiya magistr mutaxassis kadrlarni tayyorlaydi. “Psixologiya” kafedrasi mutaxassislik doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim standarti, namunaviy o‘quv reja, namunaviy o‘quv dasturlari va Nizomiy nomidagi TDPU o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan ishchi dasturlari bilan to‘liq ta’minlangan.
“Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qitiladi:
• Psixologiya nazariyasi va tarixi Psixologiyaning metodologik asoslari
• Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik-psixologiya Pedagogik faoliyat psixologiyasi
• Ijtimoiy psixologiya asoslari Akmeologiya
• Oila psixologiyasi Ta’lim tizimini boshqarish psixologiyasi
• Psixodiagnostika. Eksperimental psixologiya
• Psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi
• Psixologik trening asoslari
• Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi
• Psixologik xizmat
• Psixologik maslahat
• Kasbga yo‘naltirish va kasb tanlash.
2007-yilda kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan “Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 21ta va “Psixologiya” mutaxassisligining magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 12ta o‘quv-uslubiy majmualar yaratilib, hozirgi kunga qadar yangi ta’lim texnologiyalari bilan boyitilgan va takomillashtirilgan holda tayyorlandi hamda universitet axborot resurs markaziga taqdim etildi. Shu bilan birgalikda, kafedra tomonidan o‘qitiladigan mutaxassislik fanlaridan talabalarni o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida o‘quv dasturlarida tavsiya etilgan 200 sonda darslik, o‘quv qo‘llanmalarning lotin va kirill yozuvidagi elektron varianti talab darajasida rasmiylashtirilgan holda axborot resurslari markaziga topshirildi.

O‘tgan o‘quv yilida kafedraning ilmiy salohiyati 45,5% ni tashkil qilgan. “Psixologiya” kafedrasi tashkil topganidan buyon malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini samarali yo‘lga qo‘ygan. Shu kungacha kafedrada 198 nafar ilmiy pedagogik salohiyatga ega magistrlar tayyorlandi. Shu jumladan, ilmiy-pedagogik salohiyatga ega bo‘lgan magistrlarimizning 6 nafari nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ular sirasiga P.Ergashev, N.Jo‘rayev, N.Xalilova, X.Qodirova, R.Rasulova, Sh.Alimbayeva kabi yosh va iqtidorli tadqiqotchilar kiritishimiz mumkin. Ta’kidlash joizki, iqtidorli magistrlarimizdan 13 nafari (N. Jo‘rayev, N.Xalilova, Sh. Mirzakulova, P. Ergashev, L.Nigmatulina, N.Boymatova, L.Inagamova, Sh.Yuldasheva, M.Akromov, M.Tojiboyev, Sh.To‘laganova, N.Nuritdinova, N.Saidazimova, Sh.Tashkenbayeva, N.Atabayevalar) universitetning “Umumiy psixologiya” va “Psixologiya” kafedralarida o‘zlarining pedagogik hamda ilmiy tadqiqotchilik faoliyatlarini ham olib bormoqdalar.
Kafedrada ilmiy salohiyatni oshirish, kafedrani yoshartirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Professor Z.Nishanova rahbarligida 3 nafar shogirdi (PhD) himoya qildi (G.Yakubova, I.Raximova, D.Urazbayeva), to‘rtinchi shogirdi F.Rasulova 8-sentabr kuni himoya qiladi.
2017-2018-yillarga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlar dasturlari doirasidagi loyihalar tanlovida kafedra professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, professor Z.Nishanova va dotsent N.Kamilovalar rahbarligida 2ta amaliy loyiha yutib olindi. Z.Nishanova rahbarligidagi loyiha “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni shakllantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish” deb nomlangan bo‘lib, bajarilishi 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan. Dotsent N.Kamilova rahbarligidagi loyiha “O‘zbekiston uyushmagan yoshlarida mafkuraviy immunitet shakllanishining ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish” deb nomlanadi.
O‘tgan o‘quv yilida kafedrada 2ta monografiya, 4ta darslik, 2ta o‘quv qo‘llanma tayyorlandi. 10ta xorijiy maqola, 7ta xorijiy konferensiya, 11ta respublika miqyosda, 34ta respublika tezislari chop etildi.
Kafedra a’zolari quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot olib bormoqdalar:
Xalilova N.I. – Refleksivlikni shakllanishi shaxs individual taraqqiyotining omili sifatida
Kamilova N.G. – Xulqi og‘ishgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus muassasa tarbiyalanuvchilari resotsializatsiyasining psixologik asoslari.
Rasuleva F.F. – O‘smirlarda agressivlik namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari
Nigmatulina L.A. – Вляние компютерной зависимости на характерологические черт личности
Atabayeva N.B. - Shaxsda alturizm shakllanishining psixologik xususiyatlari
Abdullayeva D.U. - Ona va bola munosabatlarining ijtimoiy psixologik xususiyatlari
Ismailova N. - Talaba yoshlarda stressga barqarorlikni oshirishning psixologik mexanizmlari
Inagamova L.U. - Tarbiyasi og‘ir o‘smirlarda o‘g‘irlikning psixologik xususiyatlari
Alimova G.K. - Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda bilish jarayonlari rivojlanishida o‘yinning ta’siri
Parpiyeva Sh. - Xulqi og‘ishgan o‘smir qizlarda himoya mexanizmlarining ijtimoiylashuvga ta’siri
Fayzullayeva O.S. – Homiladorlik davrida ayollarning onalik haqidagi tasavvurlari dinamikasi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi O‘RQ 406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4947 sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda barkamol shaxs tarbiyasiga oid boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni o‘quv faoliyatiga keng tadbiq etgan kafedra jamoasi har tomonlama yetuk, raqabotbardosh kadrlarni tayyorlashdek muqaddas ishni sharaf bilan ado etishga harakat qilmoqdalar.

“Psixologiya” kafedrasi tomonidan har bir o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy sohada quyidagi ishlar amalga oshirilgan: 2006-yildan boshlab shu kunga qadar Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qo‘qon yengil sanoat kolleji va kafedra professor o‘qituvchilari, fakultet talabalari bilan hamkorlikda “Mehr qo‘li” hayriya aksiyasi ostida kollejda tarbiyalanayotgan talaba qizlar uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq bayram tadbiri tashkil etib kelinmoqda. 2006-yilda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumani o‘g‘il bolalar uchun tarbiya kaloniyasida “Salomatlik kuniga” bag‘ishlangan hayriya tadbiri tashkil etildi.
2007-yilda Samarqand shahridagi o‘g‘il bolalar maktab - internatida “Salomatlik kuniga” bag‘ishlangan hayriya aksiyasi bo‘lib o‘tgan. Kafedra professor o‘qituvchilari va fakultet talabalari tadbirda qatnashdilar.
2010-2011-yillarda “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan kafedra tomonidan yana bir katta hayriya tadbirini tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. N.Kamilovaning tashabbusi bilan joriy yilning 10-may kuni Respublika Urush va mehnat faxriylari pansionatida “Avlodlardan – ajdodlarga” mavzusida ma’naviy tadbir tashkil etildi. Ushbu hayriya tadbirlaridan asosiy maqsad – talaba yoshlarda umuminsoniy, milliy qadriyatlar va kasbiy malakalarni shakllantirishdir.
Kafedra professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan akademik guruhlar bilan ishlash ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ota-onalar bilan yaqindan muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Ijarada turadigan talabalarning sharoitlari bilan tanishib, ular bilan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, universitet va fakultet miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etilib, talabalarning ma’naviy-axloqiy ongini shakllanishiga hissa qo‘shilmoqda, jumladan, 2011-o‘quv yilida fakultet talabalari uchun podpolkovnik A.Xudayarov, mayor A.Bozorov, mayor M.Qurbonovlar ishtirokida “Armiya mening faxrim”, “Istiqbolli avlod” markazi yuristi D.Opayeva va markaz psixologi D.Yuldasheva, markaz mutaxassisi Sh.Qosimovalar ishtirokida “Odam savdosi – millatga qarshi illat”, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D.A.Xasanova va Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisi M.M.Yunusovalar ishtirokida “Reproduktiv salomatlikning dolzarb muammolari”, Fond Forum jamg‘armasi mutaxassislari D.Mamasobirov, E.Aymatov, J.Rahimovlar ishtirokida “O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida” mavzularida davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etilgan;
•2011-yil 15-yanvar kuni Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati taklifiga binoan kafedra o‘qituvchilari D.U.Abdullayeva, N.Z.Ismoilova, D.S.Qarshiyevalar “Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning psixologik muammolari” mavzusidagi seminarda qatnashdilar.
•Har bir o‘quv yilida “Psixologiya” kafedrasi professor - o‘qituvchilari, magistrantlari tomonidan TTJda muntazam ravishda turli ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazib borish xayrli an’anaga aylangan.
2017-yilning 13-sentabr kuni PQ – 2854 (27.03.2017) ga ko‘ra “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Pedagogika fakulteti “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari G.K.Alimova, N.Z.Ismoilova, N.B.Atabayevalar va ARM direktori X.Xusanova hamda kutubxona xodimlari K.Maxmudova, M.Isroilovalar hamkorlikda Sharof Rashidov hayoti va ijodi” mavzusida seminar tashkil etildi. 2017-yilning 25-sentabr kuni “Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Z.Ismoilova tomonidan 1-kurs talabalari uchun “1-kurs maktabi” mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirni N.Z.Ismoilova ochib berdi va maxsus tuzilgan reja asosida trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
2017-yilning 30-sentabr kuni talabalarning ma’naviy ongini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish va ularning oliy ta’lim muassasasiga moslashuvini, eng asosiysi talabalarning “Kitob bilan do‘stlashuvini” ta’minlash maqsadida Psixologiya kafedrasi mudiri N.G‘.Kamilova tomonidan guruh talabalarini A.Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga tashrifi tashkillashtirildi.
2017-yil 4-oktabr kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi Toxir Malikning “Odamiylik mulki” va “Umidimiz yulduzlari” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.
2017-yilning 11-oktabr kuni G.K.Alimova va N.B.Atabayeva hamda professor Z.T.Nishonova tomonidan “Dunyo harakat uchun” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 2017-yilning 17-oktabr kuni L.U.Inagamova “Talaba yoshlar bilan addektiv xulq psixoprofilaktikasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 2017-yilning 10-noyabr kuni “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Z.T.Nishonova, G.K.Alimova, D.U.Abdullayeva, N.Z.Ismoilova, N.B.Atabayeva, D.S.Qarshiyeva, L.U.Inagamova, Sh.A.Parpiyevalar tomonidan “Xizmat faoliyati psixologiyasi” kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik, dotsent B.N.Sirliyev va kafedra o‘qituvchisi, katta leytenant N.S.Shermatovalar bilan “Talaba yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olishning psixologik xususiyatlari” mavzusida talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.
2017-yilning 6-dekabr kuni Pedagogika fakulteti “Psixologiya” kafedrasi professori Z.T.Nishonova, dotsent N.I.Xalilova, katta o‘qituvchilar N.Z.Ismoilova, D.U.Abdullayeva, G.K.Alimova, L.A.Nigmatulina, o‘qituvchilar N.B.Atabayeva, Sh.A.Parpiyevalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi podpolkovnigi Norgitov Farxod To‘lqunovich, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsiligi instituti o‘qituvchisi mayor Go‘zal Ergashevna Maxammadjanova, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi metodisti X.I.Hamidova, Universitet Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi N.T.Ubaydullayevlar ishtirokida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
2018 yil 16-yanvar kuni 14-yanvar- Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanparvarlik oyligi” o‘tkazildi. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 102-guruhi, 101-guruh, 202-guruhi va 403-guruhi ma’naviyat kunida O‘zbekiston qurolli kuchlari muzeyiga tashrif buyurdilar. 2018-yil 17-yanvar sanasida IIV 7801 harbiy bo‘limda xizmat qiluvchi katta serjantlar I.M.Shaynazarov va S.V.Loshak ishtirokida “Armiya mening hayotimda” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
2018-yil 2-fevral kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan PP 401, 402, 201, 202, PS 401, 101-guruh talabalari hamda murabbiylari boshchiligida Islom Karimov muzeyiga tashrif buyurdilar.
2018-yil 26-fevral kuni Yaponiya davlati Suguba Universiteti ilmiy tadqiqotchisi Tomoko Takashi bilan “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Xalqaro hamkorlik-ta’lim rivoji” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tomoko Takashi o‘zining assotsial xulqli bolalar muammosi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishi va tadqiqotning amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Suhbat davomida xorijlik tadqiqotchi “Psixologiya” kafedrasida olib borilayotgan tadqiqot ishlari haqida qiziqdi. Assotsial xulqli bolalar muammolariga yaqin mavzularda F.Rasulova va N.Kamilovalar ilmiy tadqiqot ishi olib borishayotgani hamda ikki davlatlararo hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar. Yapon tadqiqotchisi O‘zbekistonda psixologik xizmat faoliyati, uning tarixi, hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Davra suhbatida T.Tomoko o‘zbek tadqiqotchilari bilan yaqindan hamkorlik qilish istagini bildirdi.
2018-yil 17-18-mart kunlari Navro‘z bayrami munosabati bilan kafedraga biriktirilgan barcha guruhlar, guruh murabbiylari boshchiligida umumxalq hasharida ishtirok etdilar. 2048-yil 4-aprel kuni murabbiylik guruhlarida Vrachlar malakasini oshirish institutining 7 nafar mutaxassislari bilan “Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
2018-yil 11-aprel kuni Amir Temur tavalludiga bag‘ishlab “Temuriylar davrida me’moriy obidalardagi tasvirlarning psixologik tahlili” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi. Tadbirga pedagogika fanlari doktori, professor S.Bulatov taklif etildi. S.Bulatov Temuriylar davrida qad rostlagan madaniy obidalar, Registon maydoni hamda maydondagi tarixiy obidalar, maqbaralar haqida qiziqarli, ilmiy ma’lumotlar asosida nutq so‘zladi. Xususan, “Sherdor” madrasasi tarixi, madrasadagi rasmlar, belgilar, ramzlarning falsafiy-ilmiy jihatdan tavsifi haqida so‘zlab berdi.
2018-yil 25-may “Yoshlarga oid davlat siyosati” dasturini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida “Mehr qo‘li” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari Kamilova N.G., L.Inagamova, TPTI “O‘zbek, rus, lotin tillar” kafedrasi mudiri K.Turdiyeva, Toshkent farmasevtika institutining “Psixologiya” kafedrasi mudiri S.M.To‘ychiyeva hamda kollejning 260 nafar tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar. Tadbir so‘ngida esdalik sovg‘alar tarqatildi.
2018-yil 30-may Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida “Odam savdosi-bugungi kun muammosi” mavzusida Qurolli kuchlar Akademiyasi o‘qituvchisi, podpolkovnik B.Valiyev, FarDU Harbiy kafedrasi o‘qituvchisi, podpolkovnik R.Madaliyev, SamDU Harbiy kafedrasi o‘qituvchisi podpolkovnik S.Xolmurodovlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad hozirgi kun jamiyatimizda ildiz otayotgan odam savdosi va u bilan bog‘liq jihatlari ochib berildi.
Umuman olganda, kafedramiz tomonidan amalga oshirilayotgan o‘quv, ilmiy, tarbiyaviy tadbirlarning barchasi zamon, davrga mos psixolog kadrlar tayyorlashdan iboratdir.

“Psixologiya” kafedrasi tomonidan har bir o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy sohada quyidagi ishlar amalga oshirilgan: 2006-yildan boshlab shu kunga qadar Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qo‘qon yengil sanoat kolleji va kafedra professor o‘qituvchilari, fakultet talabalari bilan hamkorlikda “Mehr qo‘li” hayriya aksiyasi ostida kollejda tarbiyalanayotgan talaba qizlar uchun so‘nggi qo‘ng‘iroq bayram tadbiri tashkil etib kelinmoqda. 2006-yilda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumani o‘g‘il bolalar uchun tarbiya kaloniyasida “Salomatlik kuniga” bag‘ishlangan hayriya tadbiri tashkil etildi.
2007-yilda Samarqand shahridagi o‘g‘il bolalar maktab - internatida “Salomatlik kuniga” bag‘ishlangan hayriya aksiyasi bo‘lib o‘tgan. Kafedra professor o‘qituvchilari va fakultet talabalari tadbirda qatnashdilar.
2010-2011-yillarda “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan kafedra tomonidan yana bir katta hayriya tadbirini tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. N.Kamilovaning tashabbusi bilan joriy yilning 10-may kuni Respublika Urush va mehnat faxriylari pansionatida “Avlodlardan – ajdodlarga” mavzusida ma’naviy tadbir tashkil etildi. Ushbu hayriya tadbirlaridan asosiy maqsad – talaba yoshlarda umuminsoniy, milliy qadriyatlar va kasbiy malakalarni shakllantirishdir.
Kafedra professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan akademik guruhlar bilan ishlash ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ota-onalar bilan yaqindan muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Ijarada turadigan talabalarning sharoitlari bilan tanishib, ular bilan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, universitet va fakultet miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etilib, talabalarning ma’naviy-axloqiy ongini shakllanishiga hissa qo‘shilmoqda, jumladan, 2011-o‘quv yilida fakultet talabalari uchun podpolkovnik A.Xudayarov, mayor A.Bozorov, mayor M.Qurbonovlar ishtirokida “Armiya mening faxrim”, “Istiqbolli avlod” markazi yuristi D.Opayeva va markaz psixologi D.Yuldasheva, markaz mutaxassisi Sh.Qosimovalar ishtirokida “Odam savdosi – millatga qarshi illat”, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D.A.Xasanova va Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisi M.M.Yunusovalar ishtirokida “Reproduktiv salomatlikning dolzarb muammolari”, Fond Forum jamg‘armasi mutaxassislari D.Mamasobirov, E.Aymatov, J.Rahimovlar ishtirokida “O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida” mavzularida davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etilgan;
•2011-yil 15-yanvar kuni Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati taklifiga binoan kafedra o‘qituvchilari D.U.Abdullayeva, N.Z.Ismoilova, D.S.Qarshiyevalar “Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning psixologik muammolari” mavzusidagi seminarda qatnashdilar.
•Har bir o‘quv yilida “Psixologiya” kafedrasi professor - o‘qituvchilari, magistrantlari tomonidan TTJda muntazam ravishda turli ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazib borish xayrli an’anaga aylangan. Jumladan, kafedra o‘qituvchilari tomonidan TTJda “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” mavzularida (Prezident asari va ma’ruzalari asosida), “Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” “Shaxs ijtimoiylashuvi masalalari”, “Saylovlarda ishtirok etish – har bir fuqaroning burchi”, “Konstitutsiya – davlatimiz qomusi” mavzularidagi davra suhbatlari, “Sog‘lom avlod kelajak poydevori”, “SPID – asr vabosi”, “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarda katta taassurot qoldirish bilan birga ularda o‘zlarining kelajak bunyodkorlari sifatidagi mas’uliyatlarini his qilishlariga muayyan hissa qo‘shdi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning o‘quv yurti auditoriyalarida, turar-joylarida ma’naviy-ma’rifiy ongini takomillashtirish, ularni o‘z davlatining yetuk insonlari qilib tarbiyalash, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishlarida ko‘maklashish maqsadida qator ishlarni amalga oshirayotganliklari esa ularning o‘z kasbiga fidoyiliklaridan darak beradi. O‘qituvchi D.Qarshiyeva “Diniy ekstremizm va aqidaparastlik haqida tushuncha” mavzusida, katta o‘qituvchi N.Z.Ismoilova “Talabalardagi agressiv xulq-atvorni bartaraf etish huquqbuzarlikni oldini olish omili sifatida” mavzusida, katta o‘qituvchi N.I.Xalilova tomonidan “Talabalar ongida turli g‘oyaviy ta’sirlarga qarshi immunitetni shakllantirish” mavzusida, o‘qituvchi N.Dj.Nuritdinova tomonidan “Terrorizm va uning psixologik jihatlari” mavzusida, katta o‘qituvchi K.Alimova tomonidan “Prezident I.A.Karimov asarlarida diniy ekstremizm va fundamentalizm haqidagi g‘oyalarni yorilishi (“O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari” asari misolida)” mavzusida, o‘qituvchi N.M.Saidazimova tomonidan “Yoshlarda huquqiy ongni shakllantirishning psixologik asoslari” mavzusida, o‘qituvchi D.U.Abdullayeva tomonidan “Prezident I.Karimov asarlarida shaxsda huquqiy ongni shakllantirish va uning dolzarb masalalari” mavzusida, o‘qituvchi I.V.Ponamaryova tomonidan “Психологические особенности членов деструктивных и террористических (радиальных) групп” mavzusida, o‘qituvchi L.A.Nigmatulina tomonidan “Подростковая преступность и ее профилактика” mavzusidagi davra suhbatlari esa aytilganlarning yaqqol dalili bo‘ldi.
2017-yilning 13-sentyabr kuni PQ – 2854 (27.03.2017) ga ko‘ra “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Pedagogika fakulteti “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari G.K.Alimova, N.Z.Ismoilova, N.B.Atabayevalar va ARM direktori X.Xusanova hamda kutubxona xodimlari K.Maxmudova, M.Isroilovalar hamkorlikda Sharof Rashidov hayoti va ijodi” mavzusida seminar tashkil etildi. 2017-yilning 25-sentyabr kuni “Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Z.Ismoilova tomonidan 1-kurs talabalari uchun “1-kurs maktabi” mavzusida trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirni N.Z.Ismoilova ochib berdi va maxsus tuzilgan reja asosida trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
2017-yilning 30-sentyabr kuni talabalarning ma’naviy ongini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish va ularning oliy ta’lim muassasasiga moslashuvini, eng asosiysi talabalarning “Kitob bilan do‘stlashuvini” ta’minlash maqsadida Psixologiya kafedrasi mudiri N.G‘.Kamilova tomonidan guruh talabalarini A.Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga tashrifi tashkillashtirildi.
2017-yil 4-oktyabr kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi Toxir Malikning “Odamiylik mulki” va “Umidimiz yulduzlari” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.
2017-yilning 11-oktyabr kuni G.K.Alimova va N.B.Atabayeva hamda professor Z.T.Nishonova tomonidan “Dunyo harakat uchun” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 2017-yilning 17-oktyabr kuni L.U.Inagamova “Talaba yoshlar bilan addektiv xulq psixoprofilaktikasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 2017-yilning 10-noyabr kuni “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Z.T.Nishonova, G.K.Alimova, D.U.Abdullayeva, N.Z.Ismoilova, N.B.Atabayeva, D.S.Qarshiyeva, L.U.Inagamova, Sh.A.Parpiyevalar tomonidan “Xizmat faoliyati psixologiyasi” kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik, dotsent B.N.Sirliyev va kafedra o‘qituvchisi, katta leytenant N.S.Shermatovalar bilan “Talaba yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olishning psixologik xususiyatlari” mavzusida talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.
2017-yilning 6-dekabr kuni Pedagogika fakulteti “Psixologiya” kafedrasi professori Z.T.Nishonova, dotsent N.I.Xalilova, katta o‘qituvchilar N.Z.Ismoilova, D.U.Abdullayeva, G.K.Alimova, L.A.Nigmatulina, o‘qituvchilar N.B.Atabayeva, Sh.A.Parpiyevalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasi podpolkovnigi Norgitov Farxod To‘lqunovich, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsiligi instituti o‘qituvchisi mayor Go‘zal Ergashevna Maxammadjanova, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi metodisti X.I.Hamidova, Universitet Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi N.T.Ubaydullayevlar ishtirokida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
2018 yil 16-yanvar kuni 14-yanvar- Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanparvarlik oyligi” o‘tkazildi. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 102-guruhi, 101-guruh, 202-guruhi va 403-guruhi ma’naviyat kunida O‘zbekiston qurolli kuchlari muzeyiga tashrif buyurdilar. 2018-yil 17-yanvar sanasida IIV 7801 harbiy bo‘limda xizmat qiluvchi katta serjantlar I.M.Shaynazarov va S.V.Loshak ishtirokida “Armiya mening hayotimda” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
2018-yil 2-fevral kuni O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan PP 401, 402, 201, 202, PS 401, 101 guruh talabalari hamda murabbiylari boshchiligida Islom Karimov muzeyiga tashrif buyurdilar.
“Yurtimizda yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida davra suhbati, 2018-yil 21-fevral kuni I.I.B. Akademiyasi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Sh.Sh.Rizayev bilan “Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari va guruh murabbiylari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatda yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar borasida ma’lumotlar berildi.
2018-yil 26-fevral kuni Yaponiya davlati Suguba Universiteti ilmiy tadqiqotchisi Tomoko Takashi bilan “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Xalqaro hamkorlik-ta’lim rivoji” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tomoko Takashi o‘zining assotsial xulqli bolalar muammosi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishi va tadqiqotning amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Suhbat davomida xorijlik tadqiqotchi “Psixologiya” kafedrasida olib borilayotgan tadqiqot ishlari haqida qiziqdi. Assotsial xulqli bolalar muammolariga yaqin mavzularda F.Rasulova va N.Kamilovalar ilmiy tadqiqot ishi olib borishayotgani hamda ikki davlatlararo hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar. Yapon tadqiqotchisi O‘zbekistonda psixologik xizmat faoliyati, uning tarixi, hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Davra suhbatida T.Tomoko o‘zbek tadqiqotchilari bilan yaqindan hamkorlik qilish istagini bildirdi.
2018-yil 17-18-mart kunlari Navro‘z bayrami munosabati bilan kafedraga biriktirilgan barcha guruhlar, guruh murabbiylari boshchiligida umumxalq hasharida ishtirok etdilar. 2048-yil 4-aprel kuni murabbiylik guruhlarida Vrachlar malakasini oshirish institutining 7 nafar mutaxassislari bilan “Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
2018 yil 11-aprel kuni Amir Temur tavalludiga bag‘ishlab “Temuriylar davrida me’moriy obidalardagi tasvirlarning psixologik tahlili” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi. Tadbirga pedagogika fanlari doktori, professor S.Bulatov taklif etildi. S.Bulatov Temuriylar davrida qad rostlagan madaniy obidalar, Registon maydoni hamda maydondagi tarixiy obidalar, maqbaralar haqida qiziqarli, ilmiy ma’lumotlar asosida nutq so‘zladi. Xususan, “Sherdor” madrasasi tarixi, madrasadagi rasmlar, belgilar, ramzlarning falsafiy-ilmiy jihatdan tavsifi haqida so‘zlab berdi.
2018-yil 25-may “Yoshlarga oid davlat siyosati” dasturini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida “Mehr qo‘li” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari Kamilova N.G., L.Inagamova, TPTI “O‘zbek, rus, lotin tillar” kafedrasi mudiri K.Turdiyeva, Toshkent farmasevtika institutining “Psixologiya” kafedrasi mudiri S.M.To‘ychiyeva hamda kollejning 260 nafar tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar. Tadbir so‘ngida esdalik sovg‘alar tarqatildi.
2018-yil 30-may Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida “Odam savdosi-bugungi kun muammosi” mavzusida Qurolli kuchlar Akademiyasi o‘qituvchisi, podpolkovnik B.Valiyev, FarDU Harbiy kafedrasi o‘qituvchisi, podpolkovnik R.Madaliyev, SamDU Harbiy kafedrasi o‘qituvchisi podpolkovnik S.Xolmurodovlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad hozirgi kun jamiyatimizda ildiz otayotgan odam savdosi va u bilan bog‘liq jihatlari ochib berildi.
Umuman olganda, kafedramiz tomonidan amalga oshirilayotgan o‘quv, ilmiy, tarbiyaviy tadbirlarning barchasi zamon, davrga mos psixolog kadrlar tayyorlashdan iboratdir.

To`garaklar

Psixologiya kafedrasida “Kreativlik” (ilmiy) professor Z.T.Nishonova rahbarligida va Yosh psixolog (kasbiy) katta o‘qituvchi N.Z.Ismoilova rahbarligidagi to‘garaklar o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Mazkur to‘garaklarda psixologiya fanining nazariy va amaliy tarmoqlariga qiziqqan, iqtidorli, izlanuvchan, qobiliyatli talabalar jalb qilingan.
“Psixologiya” kafedrasining ilmiy va kasbiy to‘garaklarining maqsadi:
Talabalarda ijodkorlik va o‘quv motivatsiyalarini shakllantirish.
Talabalarda kasbiy e’tiqod va qiziqishni shakllantirish.
Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash.
Talabalarning ilmiy izlanishini takomillashtirish.
To‘garakning vazifalari
Mavjud bilimlarni yangi informatsiyalar bilan boyitish va dolzarblashtirish;
Ko‘rib chiqilayotgan mavzuga qatnashchilarning emotsional munosabatini shakllantirish;
Talabalarda shaxsiy kasbiy nuqtai nazarni tarkib toptirish;
Psixologiyaning fan sifatidagi ichki va tashqi tendensiyalarini hamda rivojlanish dinamikasini chuqur anglab yetish, ularda amaliy psixologiya haqidagi tasavvurlarni kengaytirish;
Psixologiyaning turli soha va yo‘nalishlariga doir bilimlarni yanada chuqurlashtirish.
Psixologiyaning turli yo‘nalishlariga oid ilmiy ishlarni tashkil etish va olib borishga yo‘naltirish.

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

1. 2 мутахассислик Ривожланиш психологияси. Педагогик психология
2. 2 мутахассислик, психологик тадқиқот натижаларини қайта ишлаш ва технологиялари
3. Akmeologiya
4. Akmeologiya
5. Akmeologiya
6. Amaliyot
7. Amaliyot
8. Amaliyot: o'quv amaliyot
9. Bitiruv malakaviy ishi
10. Bitiruv malakaviy ishi
11. Bolalar psixologiyasi
12. bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
13. Boshqaruv psixologiyasi
14. DAK
15. DAK
16. Deviantologiya asoslari
17. Deviаntologiya
18. Differensial psixologiya
19. Eksperimental psixologiya
20. Eksperimental psixologiya va praktikum
21. Ekstremal vaziyatlar psixologiyasi
22. Etnopsixologiya
23. Harbiy psixologiya
24. Hulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi
25. Huquq psixologiyasi
26. Huquq psixologiyasi
27. ijtimoiy ish
28. ijtimoiy ishning psixologik asoslari
29. oila psixologiyasi
30. Ijtimoiy pedagogik psixologiya
31. Ijtimoiy psixologik trening
32. ijtimoiy psixologiya
33. Ijtimoiy psixologiya. Konfliktologiya
34. Ijtimoiy reablitatsiya
35. Indivudial va guruhiy konsultatsiya
36. Iqtidorli bolalar psixologiyasi
37. Kasb psixologiyasi
38. Kasbga yo`naltirish va kasb tanlash asoslari
39. kayta topshirish
40. Konfliktologiya
41. Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya
42. Kurs ishi
43. Kurs ishi himoyasi
44. kurs ishi: konsultativ
45. kurs ishi: o'qitish
46. kurs ishi: rivojlantirish
47. Magistrlik dissertasiyasi
48. Maxsus psixologiya
49. MD takriz
50. Mehnat va muhandislik psixologiyasi
51. Menejment va marketing psixologiyasi
52. Motivatsiya psixologiyasi
53. Mutaxassislikka kirish
54. O'quv amaliyoti
55. ochiq dars
56. Ochiq axborot xavfsizligi
57. ochiq dars
58. Oila psixologiyasi
59. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi
60. Psixologiya fanining metodologiyasi
61. Pedagogik amaliyot
62. Pedagogik faoliyat psixologiya
63. Pedagogik faoliyat psixologiyasi
64. pedagogik psixologiy va psixologiyani o'qitish metodikasi
65. Pisixologiya tarixi va nazariyasi
66. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
67. Psixogenetika
68. Psixogigiena
69. Psixolingvistika
70. Psixologik antropologiya
71. Psixologik ma'lumotlarni kompyuterda qayta ishlasssssh
72. psixologik tadqiqotlarda ma'lumotlarni qayta ishlash metodlari va texnologiyalari
73. Psixologik trening asoslari
74. Psixologik xizmat
75. Psixologik xizmat
76. Psixologiya fanlarini o`qitish metodikasi
77. Psixologiya metodologiyasi
78. psixologiya tarixi
79. Psixologiyada matematik taxlil
80. Psixologiyada miqdoriy taxlil metodlari
81. Psixologiyaning metodologik asosi
82. qayta topshirish
83. qayta topshirish
84. Rivojlanish psixologiyasi
85. Shaxs psixologiyasi. Maxsus psixologiya. Iqtidorli bolalar psixologiyasi
86. Shaxs psixologiyasidan praktikum
87. Umumiy psixologiya
88. Shaxsning axborot himoyasini taminlash
89. Sotsial psixologik trening
90. Sotsial psixologiya
91. Sotsial psixologiya va sotsial psixologik trening
92. Sotsial trening asoslari
93. Sport psixologiyasi
94. Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiya
95. Ta`lim tizimini boshqarish
96. Tibbiyot psixologiyasi
97. Tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya
98. Umumiy psixodiagnostika
99. Psixologiya
100. Umumlashgan ma'ruza
101. Yosh davrlari pedagogik psixologiyasi
102. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya
103. Yuridik Psoxologiya
104. Возрастная психология. Педагогическая психология
105. Детская психология и психодиагностика
106. докторантура кириш имтихонлари
107. История и теория психологии (заоч).
108. История психологии и теория
109. ИТИ рахбарлиги
110. Малака ошириш
111. Методика преподования псих
112. Общая психология
113. Общая психология (заочное отделение)
114. Основы психологического тренинга
115. Основы психологического тренинга
116. Пед.практика
117. Психогигиена
118. Психодиагностика и экспериментальная психология
119. Психодиагностика и экспериментальная психология 9ЗАОЧ.0
120. Психологическая служба. Психологическая коррекция
121. Психологические основы социальной работы
122. психология личности.Спец психя
123. Психя личности. Спец психя
124. сиртқи
125. сиртқи (иккинчи мутахассислик)
126. сиртқи (иккинчи мутахассислик) Умумий психология
127. сиртқи (иккинчи мутахассислик)Ижтимоий иш асосллари
128. сиртқи психология тарихи ва назарияси
129. сиртқи Ривожланиш психологияси .Педагогик психология
130. сиртқи Умумий психология
131. сиртқи экспериментал психология ва практикум
132. сиртқи экспериментал психология ва практикум
133. сиртқи(иккинчи мут)Основқ соц работқ
134. Сиртқи(иккинчи мут)Психогенетика
135. УМ псих (иккинчи мутах)
136. Шахс психяси. Махсус психя

Ochiq dars materiallari


1. Шахс томонидан ижтимоий таъсирларнинг англаниши
O`qituvchi : ISMOILOVA NURJAXON ZUXURIDDINOVNA            
O`quv fani : Ijtimoiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
12 Ижтим таъсир i.pptx
(Prezentatsiya)

19.05. 18 ишланма Word.docx
(Ochiq dars materiali)




2. Шахс психодиагностикасида проектив методикалардан фойдаланиш
O`qituvchi : NISHANOVA ZAMIRA TASKARAYEVNA            
O`quv fani : Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
Proyektivrd (5).docx
(Ochiq dars materiali)




3. Оилалар билан ижтимоий психологик иш
O`qituvchi : ABDUKADIROVA LAURA            
O`quv fani : ijtimoiy ish

Yuklab olish uchun materiallar :
Amaliy mashg.docx
(Ochiq dars materiali)

20180118_122139.jpg
(Prezentatsiya)




4. Педагог как субъект педагогической деятельности
O`qituvchi : ABDUKADIROVA LAURA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
очик дарс педагогика орг.docx
(Ochiq dars materiali)

20180118_122248.jpg
(Prezentatsiya)

очик дарс педагогика орг.docx
(Ochiq dars materiali)

20180118_122248.jpg
(Prezentatsiya)

очик дарс педагогика орг.docx
(Ochiq dars materiali)

20180118_122248.jpg
(Prezentatsiya)




5. Мавзу
O`qituvchi : ALIMOVA GULCHEXRA KABULOVNA            
O`quv fani : Psixologik xizmat

Yuklab olish uchun materiallar :
4.jpg
(Ochiq dars materiali)




6.
O`qituvchi : DUSMUHAMEDOVA SHOIRA AKBAROVNA            
O`quv fani : Ijtimoiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
~$кция Память.docx
(Ochiq dars materiali)




7. Мышление
O`qituvchi : DUSMUHAMEDOVA SHOIRA AKBAROVNA            
O`quv fani : Ijtimoiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
~$кция Мышления.docx
(Ochiq dars materiali)




8. Таълим-ижтимоий маданий феномен
O`qituvchi : DUSMUHAMEDOVA SHOIRA AKBAROVNA            
O`quv fani : Ривожланиш психологияси.Педагогик психология

Yuklab olish uchun materiallar :
маъруза.docx
(Ochiq dars materiali)

таълим ижтимоий маданий феномен.ppt
(Prezentatsiya)

таълим ижтимоий маданий феномен.ppt
(Video)

таълим ижтимоий маданий феномен.ppt
(Audio)

таълим ижтимоий маданий феномен.ppt
(Darsdan lavha)



Kafedra a`zolari