Jismoniy madaniyat kafedrasi

Jismoniy madaniyat, Chaqiriqqacha harbiy ta`lim, Boshlang’ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish, Maktabgacha ta`lim yo’nalishlarida mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasini va o’qitishni takomillashtirish.

Jismoniy madaniyat kafedrasi 2004-yil 2-sentabridan boshlab Nizomiy nomidagi TDPU rektorining 443 – U buyrug`i bilan Jismoniy madaniyat kafedrasi tashkil etildi. Kafedra – chaqiriqqacha harbiy ta`lim, boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish, maktabgacha ta`lim yo`nalishlarida maxsus sport fanlari metodikasidan talabalarga ta`lim berib kelmoqda. 2006-yildan buyon jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat ta`lim yo`nalishiga talabalar qabul qilina boshladi. 2011-2012-o`quv yilidan “Jismoniy madaniyat” ta`lim yo`nalishi deb yuritila boshladi. 2012-2013-o`quv yilidan “Jismoniy madaniyat” magistratura mutaxassisligi ochildi.
2013-2014-o`quv yilidan jismoniy madaniyat ta`lim yo`nalishi bo`yicha xotin-qizlar sportiga qizlar qabul qilina boshladi.
Kafedra maqomini olgandan boshlab kafedra mudiri vazifasini bajarish professor K.M.Maxkamdjonovga yuklatildi. 2006-2008-yillarda dotsent X.B Tulenova., 2008-2009-o`quv yilida katta o`qituvchi B.B Nigmanov, 2009-2014-yilda K.D.Raximqulov, 2015-2016-yil R.I.Latipov, 2017-yildan boshlab U.R.Radjapov kafedra mudirligini bajarib kelmoqda.
Jismoniy madaniyat kafedrasining tarkibi 2 nafar fan nomzodi; 3 nafar dotsent; 5 nafar katta o`qituvchi; 9 nafar o`qituvchilardan iborat.
5112000-Jismoniy madaniyat ta`lim yo`nalishi bo`yicha 2010-2017- yillarda jami 300 nafar talabalar bakalavr diplomiga ega bo`ldilar
2009-2010 o`quv yilida bitiruvchilar soni 29ta.
2010-2011-o`quv yilida bitiruvchilar soni 36ta.
2011-2012-o`quv yilida bitiruvchilar soni 27ta.
2012-2013-o`quv yilida bitiruvchilar soni 33ta.
2013-2014-o`quv yilida bitiruvchilar soni 47 ta.
2014-2015-o`quv yilida bitiruvchilar soni 43 ta.
2015-2016-o`quv yilida bitiruvchilar soni 55ta.
2016-2017-o`quv yilida bitiruvchilar soni 30 ta.
2017-2018-o`quv yilida bitiruvchilar soni 30 nafar talabani tashkil qiladi.

Jismoniy madaniyat talabalaridan biri Otamurodova Zuhra Gulimmat qizi 1996-yil 25-iyul tug`ilgan. Erkin kurash bo`yicha sport ustasi, 2014-yil Mo`g`ulistonning Ulan Bator shahrida yoshlar o`rtasida bo`lib o`tgan Osiyo chempionati kumush medal sohibasi. 2017-yilgi ayollar kurashi bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionatida uchinchi o`rinni egalladi. Yetti karra O`zbekiston chempioni.
Murabbiy katta o`qituvchi T.B.Zayniddinov boshchiligida universitet futbol jamoasi quyidagi yutuqlarni qo`lga kiritgan:
• 2017-yil 17-27-sentabr kunlari o`tkazilgan Buyuk ipak yo`li oliy o`quy yurtlari o`rtasida o`tkazilgan futbol musobaqasida faxrli ikkinchi o`rin;
• Universitet miqyosida o`tkazilgan barcha futbol musobaqalarida (Rektor kubogi, kamolot kubogi, kasaba uyushmasi kubogi) faxrli o`rinlar;
• 2012-yildan buyon Toshkent shahar oliy o`quy yurtlari talabalari o`rtasida o`tkazilayotgan Kamolot kubogi musobaqasida ishtirok etib kelmoqda.

2016-2017-o`quv yilida Jismoniy madaniyat kafedrasiga ajratilgan o`quv yuklamalarining hajmi 25057 soatni tashkil etadi, ulardan auditoriya mashg`ulotlari 18582 soat, shu jumladan, ma`ruza 1446 soat, laboratoriya mashg`ulotlari 408 soat, seminar 2162 soat, amaliy mashg`ulotlar 14566 soat, konsultatsiya 72,3 soat, reyting nazorati 3298,1 soat, kurs ishlari 415,2 soat, uzluksiz pedagogik amaliyot 1239 soat, bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik 730,8 soatni, magistrlik dissertatsiyasi 700 soatni hamda DAK ishlariga 19,6 soat yuklamalar ajratilgan.
Kafedra majlisida muhokama qilingan ochiq darslar soni
Reja: 64 ta
Amalda: 64 ta
Jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan 2016-2017-o`quv yilligida jami 64ta ochiq darslar o`tkazildi. Shuningdek, o`tkazilgan ochiq darslarning tahlili kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinib baholab borilmoqda.
Kafedra majlislarida muhokama qilingan o`quv-uslubiy majmualar soni:
bak: 39, mag: 6
Reja: 45ta
Amalda: 45ta
Yangi klassifikatorga ko`ra Jismoniy madaniyat ta`lim yo`nalishida o`qitiladigan fanlarning ishlab chiqilgan ma`ruza matnlari ko`rib chiqilib, ularni yanada takomillashtirish taklifi kiritildi.
Kafedra a`zolari orasida darslarga o`zaro kirishlar soni:
Reja: 60ta
Amalda: 60ta
Jismoniy madaniyat kafedrasining asosiy shtatdagi professor-o`qituvchilarini har biri 3-6 martadan 2016-2017-o`quv yilida o`zaro darslarga kirishi va tajriba almashishi rejalashtirilgan bo`lib, shu bilan tanqidiy tahlil qilish orqali yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etish yo`lga qo`yildi. Kafedra yosh o`qituvchilari ko`proq darslarga kirib o`z ustida ishlash taklifi kiritildi.
Kafedra a`zolari rahbarligida bajarilgan bitiruv malakaviy ishlar soni: 29ta 100% bajarildi.
2016-2017-o`quv yilida Jismoniy madaniyat ta`lim yo`nalishida bitiruv malakaviy ishlari bajarish rejalashtirilmagan.
Yangi klassifikatorga ko`ra o`qitiladigan fanlardan darslik va o`quv qo`llanmalar yaratish tuzilgan reja asosida ish olib borilmoqda.
Fan doktorlari, professorlar –;
Fan nomzodlari: prof – ;,
OAK dotsenti – 2 ta;
Universitet dotsenti -3 ta;
Katta o`qituvchilar – 4 ta;
O`qituvchilar – 7 ta
Ilmiy salohiyat 39,3 % (o`rindoshlar bilan 48,4 %)
2017-2018-o`quv yilida Jismoniy madaniyat kafedrasiga ajratilgan o`quv yuklamalarining hajmi 17571,5 soatni tashkil etadi, ulardan auditoriya mashg`ulotlari 12542 soat, shu jumladan, ma`ruza 1578 soat, laboratoriya mashg`ulotlari 144 soat, seminar 1544 soat, amaliy mashg`ulotlar 9276 soat, konsultatsiya 76,3 soat, reyting nazorati 1801 soat, bitiruv malakaviy ishlari 375 soat, kurs ishlari 331,2 soat, uzluksiz pedagogik amaliyot 1296 soat, magistrlik dissertatsiyalari va ularning IPI-ITIga rahbarlik 1100 soatni, DAK ishlariga 50 soat yuklamalar ajratilgan.
Shulardan jami Jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan o`quv yilida 17571,5 soat o`quv yuklama bajarildi.
O`qituvchilarning ilmiy-pedagogik malakasini oshirish
Ilmiy kadrlar tayyorlash
1. Malaka oshirish kurslarini tugallagan o`qituvchilar f.i.sh:
A) Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassislik bo`yicha:
Rejada: 6ta
Amalda: 14ta professor-o`qituvchi O`zDJTI malaka oshirishdan o`tgan.
2017-2018-o`quv yilida malaka oshirish kurslarini tugallagan o`qituvchilar F.I.SH:
R.I. Latipov. Onlaynda tugatdi
Ye.V.Kozlova. Noyabr-dekabr. 2017-yil
O.A.Farafontova. Noyabr-dekabr. 2017-yil
F.T. Miraxmedov. Yanvar-fevral. 2018-yil
A.T. Ibragimov. Yanvar-fevral. 2018-yil
N.I. Sangirov. May-iyun. 2018-yil. MO dan o`ta olmadi
J.N. Eshpo`latov. May-iyun. 2018-yil

Kafedrada O`quv metodik qo`llanmalar: 2 ta, Ilmiy maqolalar ( a) CHet elda jurnalda nashr qilinganlar: 15 ta, b) Respublika miqyosida jurnallarda: 7 ta hamda Respublika konferensiyalarida), O`quv qo`llanma-5ta, Metodik qo`llanma-4ta chiqarildi
Grant
YoA-1-22-Jismoniy madaniyatni o`qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni modernizatsiyalashgan tizimini ishlab chiqish (2016-2017).
Patent
T.Achilov. Milliy kurash turlarini o`qitish metodikasi (elektron darslik). 2017 y. Intelektual mulk agentligi tomonida patent olingan.
Ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilinganlar: 1 nafar
Maxmudov Baxrom Abdusalomovich (1985) Dotsent v.b. Harakatli o`yinlar vositasida boshlang`ich sinf o`quvchilarini estetik tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari. 13.00.01 OAK saytida e`lon qilingan 2018 80 - 2018 yil 8 iyunda himoya qildi
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo`nalishlari. Jismoniy tarbiyaning sifatini oshirish o`quv-metodik ta`minotni takomillashtirish, jismoniy tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishning dolzarb masalalari.
Ilmiy maqolalar:
a) Chet elda jurnalda nashr qilinganlar:
1. U.Radjapov, Miraxmedov F. «Молодой ученый». Международный научный jurnal. Строго регламентированные методы при обучении движениям и вос питании физических качеств 5 – 2018. Часть 2
2. Achilov T., F.Nurmatov Проблемы педагогики Особенности методики проведения занятий по физическому воспитанию студентов в экологически неблагоприятной среде. №1(33) M.: 2018 g. str.-44-46
3 Maxmudov B. Eastern European Scientific Journal Didactic Possibilities of Aesthetic Education of Primary School Children by National Mobile Games. Germany: 2018 year. P. 59 – 62. (13.00.00. №1.)

b) OAK tasarrufidagi Respublika miqyosidagi jurnallarda:

1. Xujomov Bobomurod Xayitmurodovich Ta`lim texnologiyalari Pedagogik hamkorlik o`quv faoliyat samaradorligini tahminlashning muhim jihati 2017 yil №5/6 32-bet
2. Sangirov Nuriddin Iriskulovich Ta`lim texnologiyalari Talabalarda daxldorlik tuyg`usini tarbiyalashning o`ziga xos metodlari 2017-yil №5/6 23-bet
3. Ibragimov Aziz Tulkunovich Ta`lim texnologiyalari Ta`lim tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarning ahamiyati 2017 yil №5/6 43-bet
4. Radjapov Usmonbay Raximovich Pedagogika. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida ta`lim berishning interfaol metodlari 2017-yil №4 110- 115-bet
5. Radjapov Usmonbay Raximovich Fan - sportga -ilmiy nazariy jurnal Jismoniy madaniyat fanini o`qitishdagi innovatsiyalar va uning xorijiy mamlakatlar oliygohlarida o`qitilishiga doir ilg`or tajribalarni o`rganish va taqqoslash 2017-yil №3 34- 40-bet
6. Radjapov Usmonbay Raximovich Pedagogika. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida ta`lim berishning interfaol metodlari. 2017-yil №4 110- 115-bet
7. U.Radjapov, F.Miraxmedov «Xalq ta`limi». Jurnali Umumta`lim maktablarida milliy harakatli o`yinlarning ijtimoiy pedagogik xususiyatlari va uni takomillashtirishning muammo va yechimlari 2018-yil 1-son
8. U.Radjapov, O.SHonazarov Pedagogika. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal BO`S maktablari boshlang`ich tayyorgarlik guruhi o`quvchilarining antropometrik ko`rsatkichlarini rivojlantirish. 2018-yil 3-son. TDPU.
9. U.Radjapov, G.Abduraimova Kasb–hunar ta`limi. Ilmiy-uslubiy ma`naviy-ma`rifiy jurnal Kasb-hunar kolleji o`quvchilarida voleybol sport turini o`rgatishning faol uslublari 2018№ 1
10. U.Radjapov, Z.Boltayev Samdu.Ilmiy Axborotnoma Sportga yo`naltirish va sportda saralashning tibbiy-biologik aspekti 2017-yil. 6-son

Respublika konferensiyalarida
1. N.I.Sangirov, Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida jarohatlanishning oldini olish yo`llari. Nizomiy TDPU 2018y.
2.F.T.Miraxmedov, Jismoniy tarbiya va Sportda-komil inson g`oyasi. Nizomiy TDPU 2018-yil.
3.F.T.Miraxmedov, Jismoniy tarbiya darslarida estafetali yugurish texnikasini o`rgatish uslubiyati. Nizomiy TDPU 2018-yil.
4.F.T.Miraxmedov, Jismoniy tarbiya darslarida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish. Nizomiy TDPU 2018-yil.
5.U.R.Radjapov, Maktabda yengil atletika to`garagi mashg`ulotlarida yuqori sinf o`quvchi-qizlarning umumiy chidamliligini tarbiyalash. Nizomiy TDPU 2018-yil.
6.R.I.Latipov, YOsh avlod ongida barkamollik fazilatlarini shakllantirish. Nizomiy TDPU 2018-yil.
7.R.I.Latipov, Kichik maktab yoshidagi o`uvchilarni sog`lom qilib tarbiyalashda onalarning o`rni. Nizomiy TDPU 2018-yil.
8.R.I.Latipov, Boshlang`ich sinflarda jismoniy tarbiya bo`yicha sinfdan tashqari ishlarni takomillashtirish. Nizomiy TDPU 2018-yil.
9.R.I.Latipov, Sog`lom avlod tarbiyasida oila va mahallaning roli. Nizomiy TDPU 2018-yil.
10.U.R.Radjapov, Учебные занятия по плаванию вузах. Nizomiy TDPU 2018-yil.
11.Kozlova Ye., Farofontova O. Организатсионно-методические особенности построения занятий в спетсиальных медитсинских группах. Malaka oshirish tizimida boshlang`ich ta`lim fanlarini o`qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish: muammolar va yechimlar. – Toshkent 2017-yil. b – 123-125.
12.Kozlova Ye., Sushko G. Vzaimosvyazь pedagogicheskogo vuza s obщeobrazovatelьnoy shkoloy. Konstitutsiya Respubliki Uzbekistan: nauka, obrozovanie i vospitanie molodyoji materialы. Toshkent-2017 g. S. 158-160.
13.Kozlova Ye., Farofontova O., Sushko G. Velosipednaya trenirovka – putь k zdorovomu obrazu jizni podrastayuщego pokoleniya. Nizomiy nomidagi TDPU hamda o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarining hamkorligidagi maqolalar to`plami. Toshkent 2017 y.167-170 b.
14.U.Radjapov, B.Xujamov, A.Nurdiev. Maktabda yengil atletika to`garagi mashg`ulotlarida yuqori sinf o`quvchi qizlarning umumiy chidamliligini tarbiyalash. Nizomiy nomidagi TDPU hamda o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarining pro fessor-o`qituvchilari ham korligidagi maqolalar to`plami. III to`plam. Toshkent 2018. 87-89 b.
15.Miraxmedov F., Q.Avezimbetov Jismoniy tarbiya va sportda komil inson g`oyasi. Nizomiy nomidagi TDPU hamda o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarining professor-o`qituvchilari hamkorligidagi maqolalar to`plami. III to`plam. Toshkent 2018.
16.Miraxmedov F. Jismoniy tarbiya darslarida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish. Nizomiy nomidagi TDPU hamda o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarining professor-o`qituvchilari hamkorligidagi maqolalar to`plami. III to`plam. Toshkent 2018.
17.Miraxmedov F., A.Azimov. Jismoniy tarbiya darslarida estafetali yugurish texnikasini o`rgatish uslubiyati. Nizomiy nomidagi TDPU hamda o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarining professor-o`qituvchilari hamkorligidagi maqolalar to`plami. III to`plam. Toshkent 2018.

V. Jismoniy madaniyat kafedrasining ilmiy salohiyati 45 %

Pedagogika fanlari nomzodlari 2 nafar
1.Toirova Mafrat
2.Maxmudov Baxrom Abdusalomovich PhD
OAK dotsentlar 3-nafar
1.Latipov.Ravshan Ismailovich
2.Achilov Telman Sadullayevich
3.Radjapov Usminboy Raximovich

Kafedrada 2017-2018-o`quv yilida ma`naviy-ma`rifiy ishlar yuzasidan rejada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan reja asosida tegishli ishlar amalga oshirilgan.
Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida yoshlarning faolligini oshirish maqsadida barcha akademik guruhlarda “O`zbekistonda mavjud saylov tizimi”, “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” loyihasi doirasida tadbirlar, davra suhbatlari amalga oshirilib kelinganligi kuzatildi. O`quv yili boshidan tizimli axborot hamda ma`naviyat soatlari muntazam tashkil qilinib, mamlakatimiz va xorij davlatlarida sodir bo`layotgan siyosiy, ma`naviy, iqtisodiy yangiliklar tahlil qilinib borilyotgani tasdiqlangan. (ma`lumotlar akadem guruh rahbarlari yig`ma jildlarida o`z aksini topgan).
Birinchi yarim yillikda ta`lim yo`nalishi talabalari fakultetning ma`naviy-ma`rifiy ishlari rejasiga binoan hamda universitet tomonidan tashkil etilgan huquq tartibot idoralari xodimlari bilan uchrashuvlarda muntazam, faol ishtirok etishib kelmoqda.
Belgilangan reja asosida “Voyaga yetmaganlarni turli ma`naviy-ma`rifiy tahdidlar va informatsion hurujlardan himoya qilishning dolzarb masalalari”, “Giyohvandlik asr vabosi”, “Yoshlar va axloqiy qadriyatlar”, “Yoshlar va oila”, “Yoshlar va ijtimoiy faollik”, “Yoshlar va ta`lim”, “Yoshlar va kitobxonlik” mavzularida davra suhbatlari amalga oshirilgan. Yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, tarix, madaniyat va ma`naviyat sohalaridagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida har oyning “Ma`naviyat kuni” tadbirlari doirasida talabalarning “Boy tariximiz va betakror madaniyatimiz xazinasi” mavzusida muzeylarga tashriflar uyushtirilgan. Yosh avlodning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish maqsadida istirohat bog`lari, dam olish maskanlari, suv havzalari va boshqa jamoat joylarini ozoda saqlashga qaratilgan ekologik mavzulardagi davra suhbatlari barcha akademik guruhlarda amalga oshirilgan.
2017-2018-o`quv yili davomida universitetimiz talabalari o`rtasida o`tkazilgan sport turlari bo`yicha musobaqalarda sportning ko`plab turlaridan “Jismoniy madaniyat” ta`lim yo`nalishi talabalari murabbiylar bilan bahslarda ishtirok etib, faxrli 1-2-3-4-o`rinlarni egallashdi.
27-sentyabr kuni “Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat” fakultetining 1-kurs talabalari “Talabalik qasamyodi”ni qabul qildilar. Bu tantanali kechada universitetning “Ma`naviy-ma`rifiy iqtidorli yoshlar bilan ishlash” bo`lim boshlig`i N.M.Musayeva, barcha fakultetlarning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan muovinlari hamda fakultet dekani, p.f.n.dots. A.V.Sadikova, fakultetning professor-o`qituvchilari, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan muovini G.O.Abduraimova, 1 - kurs murabbiylari N.Xamedova, Z.Artikbayeva, D.Abdurahimova, A.Nisanbayeva, D.Karimova, F.Miraxmedov, T.Zayniddinovlar faol ishtirok etishdi. Tadbirni Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani A.V.Sadikova tabrik so`zi bilan ochib berdi.
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi o`zbek guruhi birinchi kurs talabalari qasamyod marosimini boshlab berdilar.

To`garaklar

Kafedramizda hozirgi kunga qadar 10 to'garak faoliyat yuritib kelinmoqda.
1.Futbol
2.Voleybol
3.Basketbol
4.Gandbol
5.Stol tennis
6.Yengil atletika
7.Gimnastika
8.Shaxmat va shashka
9.Kurash
10.Jeet Kune Do

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

Kafedra a`zolari