Xorijiy tillar kafedrasi

Vazirlar mahkamasining 2016-yil 13-may qarori va Nizomiy nomidagi TDPU ning optimallashtirish to`g`risidagi buyrug'iga muvofiq "Xorijiy tillar" kafedrasi 2016-yil "Ingliz tili", "Xorijiy tillar", "Umumiy tilshunislik" kafedralarining optimallashinuvi natijasida yaxlit kafedraga birlashtirilib, "Tillar va nutq madaniyati" kafedrasi deb nomalana boshlandi.
2018-yil sentabr oyidan kafedra "Xorijiy tillar" kafedrasi deb yuritila boshlandi.


Xorijiy tillar Kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan nofilologik ta'lim yo'nalishlarida chet til (ingliz, nemis, fransuz) va Rus tili fanlari o'qitiladi.
Kafedrada 31 nafar asosiy shtatda, 4 nafar o'rindoshlik asosida jami 35 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritib, shulardan 21 nafari ingliz tilidan, 9 nafari Rus tilidan, 3 nafari Nemis tilidan, 2 nafari Fransuz tili fanlaridan saboq beradi.
Kafedraning 29 nafar professor-o‘qituvchilari 288 soatlik malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tdilar.
Kafedraning tasdiqlangan jadvali bo`yicha ochiq darslar o`z vaqtida muntazam o`tkazilib kelinmoqda.

Xorjiy tillar kafedrasi 2017-2018-o`quv yilida Yunus Rajabiy nomli Toshkent pedagogika kolleji bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirib keldi.
Hamkorlik faoliyati davomida kafedra o`qituvchilari tomonidan ingliz tili, rus tili fanlaridan ochiq darslar o`tkazildi, o`quv fan dasturlari va taqvim-mavzuiy reja tayyorlashda yordam berildi, kollej o`qituvchilarining darslarida qatnashib uslubiy tahlil qilindi, hamkorlikdagi anjumanlar hamda ilmiy-metodik seminarlar tashkil etildi.
2018-yil 28-29-avgust kunlari O`zDJTU huzuridagi Chet tillarni o`qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy amaliy markazi, Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Britaniya kengashi amaliy markazi bilan hamkorlikda “Maxsus maqsadlar uchun xorijiy til” (ESP) fani bo`yicha o`quv dasturlari va baholash tizimini isloh etish doirasida eksperimental guruhlarda dars o`tish rejalashtirilgan seminar trening bo`lib o`tdi. Unda angliyalik mutaxassis Jeff Stenford ishtirokida seminar trening tashkil etildi. Seminar treningda Xorijiy tillar kafedrasining professor-o`qituvchilari N.Abdanbekova, D.Nurmuxammedova, Sh. Ibragimovalar eksperimental guruhlarda mashg`ulotlar olib borishda ishtirok etdilar.
2018.19.09. kuni AQSH dan tashrif buyurgan o`qituvchi Miss Jordon va Xorijiy tillar kafedrasi professor o'qituvchilari bilan birgalikda “Speaking Workshop” – master klassi o`tkazildi. Ushbu master klass davomida kafedra o`qituvchilari chet til o`qitishning zamonaviy va ilg`or usullari bilan yaqindan tanishdilar.
Hamkorlik doirasidagi dars
2018-yil 24-sentabr kuni AQSH ning volontyor o`qituvchi Miss Jordan Waller va Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Sh.Raximovalar hamkorligida Chet tillar fakulteti, Rus tili va adabiyoti yo`nalishining 101-Guruhi, II juftlik darsida “Ubiquity of English” mavzusida ochiq dars o`tkazildi.
Darsn Miss Jordan Waller tomonidan taqdim etilgan AQSH shtatlarini tasvirlovchi prezentatsiya bilan boshlanib, taqdimot asosida talabalar bilan savol-javob o`tkazildi.
So`ng Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Sh.Raximova mavzuga oid video material va nutq malakalarini rivojlantirishga qaratilgan tarqatma materiallardan foydalangan holda darsning samarali kechishiga erishdi.
Dars o`zaro tajriba almashuv doirasida kechib, unda kafedra professor-o`qituvchilari har ikkala o`qituvchining til o`qitish usullari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ochiq dars talabalarda iliq taassurot qoldirdi va ular dars so`ngida darsga oid ijobiy fikrarini bildirdilar.
13-oktabr soat 10:30da TDPU ning Xorijiy tillar kafedrasining Ingliz tili o`qituvchilariga Amerikalik Professor Dr JIna Bennett xonim va ushbu kafedrada ish faoliyatini olib borayotgan Durdona Pulatova tomonidan “ Masterklass’ o`tib berildi. Bu Master klassda Dr Jina Bennett va Durdona Pulatova birgalikda olib borayotgan Korpusga asoslangan mashg`ulotlarni auditoriyada qo`llash va talaba-o`qituvchilarni bu mashg`ulotlarga munosabatini aniqlashga asoslangan tadqiqoti to`g`risida qisqacha ma’lumot berib o`tildi.Ushbu tadqiqotga Xorijiy tillar kafedrasining ingliz tili o`qituvchilarini “E’tirof etilgan Rozilik xati” orqali ushbu ilmiy izlanishga ularning ishtiroki so`raldi. Bu tatqiqotda ishtirok etayotgan ingliz tili o`qituvchilari korpusga asoslangan materiallar bilan to`la holda ta’minlandi va ushbu mashg`ulotlarni qay tarzda o`zlarini auditoriyalarida qo`llash to`g`risida yo`l-yo`riqnomalar berildi. Berilgan mashg`ulotni o`zining auditoriyasida qo`llayotgan va talabalardan ushbu mashg`ulot to`g`risida savolnomani to`ldirtirgan ishtirokchi o`qituvchilar Amerika Qo`shma Shtatlarining Elchixonasi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlanishi ko`zda tutilmoqda.


Nizomiy nomidagi TDPU Xorijiy tillar kafedrasining Toshkent viloyat Yangiyo`l tumani 4-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`tkazilgan seminar-trening va ochiq dars
H I S O B O T I
26.12.2018 kuni Xorijiy tillar kafedrasi o`qituvchilari Qurbanova D, Zabolotina A, Turlanova S, Hamidova N, Umirova U, Abdanbekova N, Egamberdiyeva G, Saimnazarova D.lar Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani 4-umumiy o`rta ta`lim maktabiga reja asosida hamkorlik va o`quvchilar bilimini yanada oshirish hamda, maktab o`qituvchilari bilan tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdilar. Ushbu maktab 386 nafar o`quvchi, 30 nafar o`qituvchi va hodimlardan iborat. Maktabning barcha o`qituvchilari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyari bo`yicha seminar mashg`ulot o`tkazildi. Yuqori sinf o`quvchilarini esa faollar zaliga yig`ib, rus, ingliz tillarida bilimlarini sinash maqsadida turli xil mavzuda savol javob qilindi. Rus tilida ushbu fan mutaxassisi Hamidova N, ingliz tili bo`yicha esa Abdanbekova N.lar o`quvchilarga qiziqarli savollar berishdi. Nafaqat Xorijiy tillar kafedrasi o`qituvchilari balki, maktabning mas`ul shaxslari ya`ni, maktab direktori Xolmurotova G.A., o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Pashtibayeva B. va ingliz, rus tili fani o`qituvchilari ham tadbirni tashkillashtrish ishlarida o`z hissalarini qo`shdilar. Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili fani o`qituvchisi Saimnazarova D 8-“A” sinf o`quvchilari bilan “Education system in UK and Uzbekistan” mavzusida ochiq dars o`tdi. Dars juda qiziqarli bo`ldi. Uzbekiston va Buyuk Britaniya davlatlarining ta`lim tizimi sistemasini solishtirib bahs munozaralar o`tkazdi. O`quvchilar katta ishtiyoq bilan barcha o`yinli texnologiyalarda faol ishtirok etdilar.

1. В целях дальнейшего оздоровления социально-духовной среды и улучшения качества образования в общеобразовательных школах 22 января 2019 года был проведен семинар-тренинг по Методике преподавания иностранного языка. А также преподаватели английского языка У.Умирова, Ш.Хайитмуродова провели урок в 11 классе.



Yuklab olish uchun fayllar

Kafedrada katta o'qituvchilar Sh.Raximova, Sh.Ismailova, o'qituvchilar G.Maqsudova, U.Umirova, T.Uralova, N.Abdanbekovalarning ilmiy tadqiqot mavzulari tasdiqlangan va mavzu yuzasidan xorijiy va OAK tasarufidagi ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilgan.
Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 2017-2018-o'quv yilida 7ta o'quv-uslubiy qo'lanma, 30 dan ortiq xorij va OAK tasarufidagi ilmiy jurnallarida ilmiy maqolalar nashr etilgan.
Mazkur davr davomida 13ta xalqaro, 7ta respublika ilmiy maqola, 76ta tezis nashr etilgan.
“Horijiy tillar” kafedrasi tomonidan 2012-yil 10-dekabr PQ 1875-qarorining ijrosi bo`yicha so`ngi davr mobaynida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
2015-yil 8-iyulda “Chet tillar o`rganishni takomillashtirish” masalalari nomli iqtidorli talabalar ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
2015-yil 29-mayda “Til va taraqqiyot” nomli iqtidorli talabar ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi.
2016 yil 19-oktabr Toshkent farmasevtika instituti bilan hamkorlikda “Material design” ilmiy amaliy konferensiyasi o`tkazildi.
2016-yil 30-noyabr Kafedrada “The Principles of designing B2 Ready” nomli seminar trening o`tkazildi.
2016-yil 16-dekabr “XXI-asr o`qituvchisi va talabasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o`tkazildi.
2017-yil 17-yanvar Universitet anjumanlar zalida Britaniya kengashi a`zosi Rod Bolito hamkorligida “English for specific purpose” mavzusida seminar trening tashkil etildi.
2017-yil 15-16-fevralda Nanjing Normal University (Xitoy xalq Respublikasi) PhD darajasiga ega, professor Rustam Shodiyev tomonidan tajriba sinov ishlari olib borildi.
Nanjing Normal University (Xitoy xalq Respublikasi) PhD darajasiga ega, professor Rustam Shodiyev Nizomiy nomidagi TDPU rektori nomiga universitetda tadqiqot eksperimentini o`tkazish borasida xat bilan murojaat qildi. Xat matnida nofilologik talabalarning ingliz tilida o`qilayotgan ma`ruzalar nutqini tushunish bilan bog`liq bo`lgan tadqiqotlar olib borish haqida so`ralgan.
2018-yilning 13-iyun kuni Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Xorijiy tillar” kafedra professor-o`qituvchilari O`ZDJTU “Aspektlar nazariyasi” kafedrasi professor-o`qituvchilari bilan hamkorlikda Lund Universiteti professori Per Wickenberg bilan uchrashuv o`tkazdilar.
Professor Per Wickenberg “Child rights of education” mavzusida seminar- trening o`tkazdi. Per Wickenberg o`z nutqida Afrika, Markaziy Osiyodagi ayrim davlatlardagi ta`lim tizimi faoliyati haqida ma`lumot berdi. Per Wickenberg tashrif buyurgan har bir mamalakatda maktab o`qituvchilari bilan birgalikda seminar-trening o`tkazib, o`ziga o`xshagan tashabbuskor o`qituvchilar safini kengaytirib kelmoqda. Seminar-treningda ishtirok etgan o`qituvchilar Per Wickenberg bilan muloqot jarayonida o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan muroja`t qilib, kerakli ma`lumotlarni oldilar.



Yuklab olish uchun fayllar

Kafedrada tasdiqlangan ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasiga ko'ra 2017-2018- o'quv yilida kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan bir qator tadbir va davra suhbatlari tashkil etilib kelmoqda.
2017-yil 16-mayda kafedra o‘qituvchilari Sh.B. Raximova, D.A. Qurbonova, A.A. Zabolotina, N.T. Xamidova, N.R. Abdanbekova, podpolkovnik L.X. Davirov, zobitlar tarkibi va ChXT fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida Toshkent shahar Yashnabod tumani 30-sonli Mehribonlik uyida “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Xayriya tadbiri “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot” Davlat dasturiga bag‘ishlangan.
2017-yil 21-oktyabrda Davlat tiliga bag‘ishlangan “Til- millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi va unda olim-filologlar, shoirlar, AQShdan maxsus taklif qilingan mehmon Luk Karter, OAV vakillari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
2017-yil 13-dekabrda “Konstitutsiya – yuksak ma`naviyat timsoli” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi, unda yuridik fanlari nomzodi Sherzod Zulfikarov, universitet talabalari o‘z ma`ruzalari bilan ishtirok etdi. Anjuman materiallari to‘plam ko`rinishida nashr etildi.
“Tillar va nutq madaniyati” kafedrasi katta o`qituvchisi Hamidova Nigora Tulqunovna boshchiligida Chet tillar fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” yo`nalishi 101-105-guruh talabalari 04.06.2018-yil sanasida Rus tili fanidan ochiq dars tadbirini Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 23-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga o`tkazib berdilar. Ushbu tadbir davomida “Rus millatining madaniyati” ga tegishli turli xil sahna ko`rinishlari tomoshabinlar e`tiboriga havola etildi. Turli xil chiqishlar mobaynida rus millatining bayramlari bo`lmish “Pasxa” hamda “Maslinitsa” haqida qiziqarli ma`lumotlar berildi.
2018-yil 21-may kuni Nizomiy nomidagi TDPU “Tillar va nutq madaniyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent shahar Yashnobod tumani xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi 30-yordamchi uyiga tashrif buyurib, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tarbiyalanuvchilarga o‘z sovg‘a-salomlarini yetkazdilar. Tadbirni tashkillashtirishda kafedraning katta o‘qituvchisi S.Turlanova jonbozlik ko‘rsatdi. Shu bilan birga, kafedra a`zolari Mehribonlik uyining 30 ga yaqin tarbiyalanuvchisi, o‘qituvchi va tarbiyachilari, rahbariyati ishtirokida davra suhbati o‘tkazdilar. Kafedra dotsenti S.Adilova, katta o‘qituvchi Sh.Qurbonova, o‘qituvchi F.Jalilovalar “Til bilgan el biladi” mavzusida viktorina o‘tkazdilar.
TDPU rektori nomiga yo‘llangan rasmiy xatda 30-Mehribonlik uyi direktori F.Usmonxo‘jayeva tomonidan bu maskanga tashrif buyurgan kafedramiz a`zolariga tashakkur bildirilgan. O‘z navbatida, biz ham kafedraning boshqa a`zolari (D.Qurbonova, G.Norimova, Sh.Yunusova, A.Zabolotina, N.Hamidova, S.Jalilova, Z.Murodxo‘jayeva)ga va KO‘M 101-guruh, MIG‘HA 101-guruh, ingliz tili 102 va 103-guruh talabalariga tadbirni uyushtirish va o‘tkazishda ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik izhor etamiz.
2018-yil 9-fevral kuni kafedra professor-o`qituvchilari universitetning Tabiiy fanlar, Tarix, Fizika-matematika fakulteti talabalari ishtirokida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud kuniga bag‘ishlab tadbir o`tkazdilar. Tadbirni kafedra dotsenti S.A.Adilova ochib berdi.
Kafedraning barcha professor-o`qituvchilari ТТJ talabalari bilan davra-suhbatlari, shaxmat, shashka musobaqalarini o`tkazib, ijarada yashovchi talabalar sharoitlari bilan muntazam tanishib kelmoqdalar.
2018-yil 27-avgust kuni kafedraning 1-sonli yig`ilishida turli xil masalalar ko`rildi hamda yo`nalishlar bo`yicha ma`sul o`qituvchilar tayinlandi. Kafedraning xotin-qizlar qo`mitasi raisi etib, katta o`qituvchi Sh.F.Ismoilova tayinlandi. Sh.Ismoilova tomonidan 2018-2019-o`quv yili uchun reja tuzildi. Rejada asosan professor-o`qituvchilarning va talaba qizlarning kiyinish, muomala, va odob axloq madaniyati masalalariga qaratilgan vazifalar belgilangan.
2018 -yil 3-oktyabr kuni 8-sonli Talabalar uyining Ma`naviyat xonasida Chet tillar kafedrasi tomonidan “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Ustoz va murabbiylarni madh etuvchi she`rlar chet tillarida – o‘zbek, ingliz, rus, fransuz, koreys tillarida taqdim qilindi. Shuningdek, hozirgi kundagi ta`lim sohasidagi dolzarb mavzuga oid sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. Musiqaviy chiqishlar bilan talabalar o‘z qobiliyatini ko‘rsatdi. Tadbir ustozlarga bag‘ishlangan qo‘shiq bilan yakunlandi.
2018-yil 20-oktyabr kuni “O‘zbekistonda Moskva kunlari” ruknidagi Do‘stlik festivali doirasida “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri Sh.Raximova rahbarligida rus tili o‘qituvchilari A.Zabolotina, Sh.Qurbonova, N.Xamidova, S.Turlanova, F.Jalilova, A. Abdusalomovalar bilan Nizomiy nomidagi TDPUning birinchi bosqich talabalari ishtirokida konsert dasturi taqdim qilindi. Tadbirda “Defektologiya”, “Ingliz tili va adabiyoti”, “Maktabgacha ta`lim”, “Chaqiriqqacha harbiy ta`lim”, “Musiqa ta`limi” yo‘nalishlari talabalari faol ishtirok etdi. Alohida ta`kidlash lozimki, barcha talabalar o‘zbek tilida ta`lim olib boriladigan guruhlarda tahsil oladi. Lekin bu rus shoirlari A.S. Pushkin, S.A. Yesenin, E. Asadovning she`rlarini to‘g‘ri, ifodali o‘qishlariga, A.S. Pushkinning “Baliqchi va baliq haqida”gi ertagidan sahna ko‘rinishini ko‘rsatishga, ashulalar kuylashga to‘sqinlik qilmadi. «Калинка», «12 дочерей», «Камаринская», «Кадрил» kabi rus xalq o‘yinlari o‘ta mohirona, chiroyli va yorqin ijro etildi. Barcha talabalar tashabbus, ishtiyoq bilan ishtirok etishdi, bu o‘z o‘rnida tomoshabinlar, festival mehmonlarida katta qiziqish va zavq bag‘ishladi.
2018-yil 25-oktyabr kuni 8-sonli yotoqxonada “Xorijiy tillar” kafedra mudiri Sh.Raximova boshchiligida rus tili o‘qituvchilari A.Zabolotina, Sh.Kurbanova, N.Xamidova, S.Turlanova, F.Djalilova O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazdilar. Tadbirda “O‘zbek tili va adabiyoti” ta`lim yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdi. Tadbir boshida katta o‘qituvchi Sh.Qurbonova hammani til bayrami bilan tabrikladi. So‘ng Zulfiya, Abdulla Oripovlarning she`rlari o‘qildi. Talaba R.Raxmonova o‘zbek xalq o‘yinini ijro etdi. Sh.Darmonova Vatan haqida qo‘shiq kuyladi.
Xorijiy tillar kafedrasi professor –o`qituvchilari ishtirokida 8-sonli talabalar turar joyining ma`naviyat va ma`rifat xonasida 1-dekabr OITSga qarshi kurash kuniga bag`ishlab sog`liqni saqlash tashkilotlari bilan hamkorlikda “Biz sog`lom turmush tarafdorimiz ”mavzusida tadbir o`tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mutaxasisi Akramova Dilobar Axmatovna so`zga chiqib, barcha talaba-yoshlarga avvalo notog`ri hatti-xarakatdan saqlanishni ta`kidlagan holda tadbir qatnashchilari bilan bugungi kunda ayniqsa yoshlar orasida ko`p uchrayotgan OITS kasalligi to`g`risidagi ma`ruzasi bilan tanishtirdi. Kasallikning orttirib olish sabablari, uning alomatlari, xavflilik darajasi, bunday holatda nima qilish kerak va birinchi tibbiy yordam qanday ko`rsatilishi kerak va avvalambor qayerga murojaat qilish zarurligi haqida axborot berdi.
OITS (odamimmunitettanqislikvirusi) sabab bo`lgan sindrom, xalq orasida ko`proq SPID kasalligi nomi bilan tanilgan. Kasallik immunitettizimini o`zgartirib, odamlarni infeksiyalar va kasalliklarga ko`proq moyil bo`lib qoladi. Bu sezuvchanlik sindrom rivojlanishi bilan yomonlashadi. Ko`pgina hollarada kasallikning dastlabki alomatlari yo`qolib ketgandan keyin ko`p yillar davomida qo`shimcha kasallik alomatlari kuzatilmaydi. Bugunga kelib mamlakatimizda bunday kasalliklar bilan kurashish uchun barcha zarur sharoitlarni ko`rish, joylarda olib borilayotgan davra suhbatlarining natijasi o`laroq, aholi o`rtasida bunday kasallik bilan xastalangan insonlar soni nisbatan kamayganligini aytib o`tdi. Qolaversa hayotimizda juda ko`p dush keladigan kasallik nomlaridan hisoblangan OIV va OITS ni bir – biridan farqi haqida ma`lumotlar berib o`tdi. Bundan tashqari talabalarga sog`lom turmush tarziga amal qilish, inson salomatligi uchun juda muhim ekanligi va har qanday kasallikka qarshi kurashish eng muhim omil bo`lib xizmat qilishi haqida so`z yuritdi. Ayniqsa, mustaqil hayotga qadam qo`yuvchi bo`lajak nikohlanuvchilar bepul tibbiy ko`rikdan o`tish majburiyatlarini bajarishi o`z kelajagini sog`lom turmush qurishning mustahkam poydevori bo`lib qolishini alohida ta`kidlab o`tdi. Nafaqat yosh oila quruvchilar balki, ko`plab davlat tashkilotlarida faoliyat olib boruvchilar, homilador ayollar uchun ham ushbu tibbiy ko`rik muhim hisoblanib, tibbiyot hodimlari tomonida nazoratga olinsa jamiyatimiz tomonidan ko`plab noxushliklarning oldi olinganbo`ladi. Yeryuzida istiqomat qilayotgan 37 million bemorni o`ziskanjasiga olgan, ularga har kuni o`lim, og`riq uqubatlarini eslatib turganOITS bir kunlik kurash bilan mag`lub bo`lib qolmaydi. Buni yaxshi tushungan tibbiyot sohasi va killari necha yillardirki, tinimsiz izlanishda, oxiri o`lim bilan tugaydigan kasallikka qarshi ishonchli davo topmagan bo`lsalarda, bemor ahvolini yengillatish, uning umrini uzaytirish bo`yicha birmuncha yutuqlar qo`lga kiritilmoqda deya o`z ma`zusaiga yakunyasadi.
Tadbir so`ngida soha vakili tomonidan talabalar tomondan turlihil o`zlari qiziqqan savollarga javoblar berildi. Markaz mutaxassislari muntazam ravishda mana shunday targ`ibot ishlari olib borilishida, joylarda o`tkazilishi ko`zda tutilgan davra suhbatlarida talabalarni hamkorlikka chorladilar.


2018 йил 26 декабрь Чет тиллар факультети 200-А гуруҳи талабалари мураббий Хорижий тиллар кафедраси ўқитувчиси Д. Нурмухамедова раҳбарлигида Тошкент шаҳри Олмазор тумани 100-сонли ногиронлар интернатига ҳайрия ташрифини уюштиришди.
200-А гуруҳ талабалари болалар учун янги йил байрамини ташкил қилишди. Унда танловлар, қўшиқлар уюштирилди, совғалар тарқатилди.
Ўтказилган тадбир болаларда катта таассурот қолдирди. Бу каби ҳайрия ташрифларини ташкил қилиш ёшларни маънавий-аҳлоқий жиҳатдан тарбиялашга хизмат қилади.
2.Умумтаълим мактабларида ижтимоий–маънавий муҳитни янада соғломлаштириш ва таълим сифатини яхшилаш, китобхонлик маданиятини ривожлантириш мақсадида “Ўзбек, рус ва чет эл адабиёти дурдоналари” мавзуси рукнида китоб ўқишга нисбатан қизиқишларини ошириш борасида 4-сонли умутаълим ўрта мактабида кафедра ўқитувчилари Ш.Қурбонова, Н.Хамидова, Ф.Джалилова, Н.Хўжаева, У.Умирова, Ш.Хайитмуродовалар раҳбарлигида “Ёш китобхон” мавзусида танлов-викторина ташкил қилиниб, ўтказилди. Тадбирга нафақат кафедра ўқитувчилари, балки Инглиз тили йўналиши 104-гуруҳ талабаси Нарзуллаева Ситора ҳам жалб этилиб, фаол иштирок этди.

15.02.2019 yil Horijiy tillar kafedrasi mudiri Sh.Raximovava kafedra a’zolari tashabbusi bilan universitetning 7-Talabalar turar joyida “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” kechalariga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Boshlang’ich ta’lim fakultetining 101 va 102 gurihi talabalari sahna ko’rinishlari va musiqaviy chiqishlar bilan faol ishtirok etdilar.
Kecha so’ngida TTJ talabalari ishtirokida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va hayoti ga oid bilimlar bellasahuvi o’tkazildi. Bellashuv nihoyasida g’oliblar aniqlanib fahrli o’rins ohiblariga sov’galar ulashildi. Shuningdek, ushbu tadbirni tashkillashtiririshda faol ishtirok etganligi uchun kafedra o’qituvchisi U.Umirova Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

2019 yil 16-17 mart kunlarida Universitet hududida umumxalq hashar kunlari deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Xorijiy tillar kafedrasi professor-o’qituvchilar tarkibi universitet hududida faol ishtirok etib, „Ustoz-shogird“ tizimiga ko’ra kafedra o’qituvchilari o’zlariga biriktirilgan talabalar bilan belgilangan yer-uchastkalarida jonbozlik bilan obodlanshitirish hamda tozalash ishlarini olib bormoqda.




Yuklab olish uchun fayllar

To`garaklar

Kafedrada barcha o'qitilgan fanlardan to'garaklar tashkil etilgan Jumladan, "Smart" (ingliz tili), "Русская речь" (rus tili), "Wir lernen Deutsch" (nemis tili), "Parlez vous francais" (fransuz tili) va "O'zbek tili" to'garaklari faoliyat yuritadi.

Kafedra a`zolari