"Muhandislik grafikasi va uni o'qitish metodikasi" kafedrasi

Kafedra 1955-yil tashkil topdi va kafedra mudiri etib Yusufjon Qirg'izboyev tayinlandi. Ular kafedrani 1955-1960-yillar davomida boshqardi va kadrlar masalasini shakllantirdi. Yu.Qirg'izboyev birinchi o'zbek tilida yozilgan “Chizma geometriya” kitobining muallifidir.
Kafedra maktab chizmachilik va rasm o'qituvchilarini tayyorlash bilan bir vaqtda industrial pedagogika fakultetida mehnat o'qituvchilarini, ularning malaka oshirish kurslarida dars berish bilan ham faoliyat ko'rsatadi.
“Chizma geometriya, chizmachilik va uni o'qitish metodikasi” kafedrasi nomi 2010-yil 30-sentabrdagi universitet IK qaroriga muvofiq “Chizmachilik va uni o'qitish metodikasi” kafedrasi nomiga o'zgartirildi.
Universitet tuzilmasi o'zgarishi munosabati bilan chizmachilik va uni o'qitish metodikasi kafedrasi, “Muhandislik grafikasi va uni o'qitish metodikasi” kafedrasiga o'zgartirildi (Bq. 170 ' PU. 08.04.2015).
Yu.Qirg'izboyevdan so'ng kafedraga quyidagi professor-o'qituvchilar rahbarlik qildilar:
1960-1967-yillar Abdurahim Abduqodirovich Tojiboyev,
1967-1980-yillar t.f.n., dots. Karim Mavlonovich Qobiljonov,
1980-1991-yillar dots. Ikrom Turg'unovich Raxmonov,
1991-2002-yillar t.f.n., dots. Polat Adilov,
2002-2009-yillar dots. Azim Ozotovich Ashirboyev,
2009-2017-yillar dots. Mohir Karimovich Xalimov, 2017-yil may oyidan kafedrada dotsent v/b N.Tashimov mudirlik vazifasini bajaruvchi, 2017-yil 29-sentyabrdan Muhandislik grafikasi va uni o'qitish metodikasi kafedrasida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

2018-2019-o‘quv yilida Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasining umumiy o‘quv yuklamasi 7559 soat bo‘lib, 10 shtat birligi belgilandi.
2018-2019-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura birinchi kursi o‘quv rejalarini Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining 2017-yil 30- maydagi 356-sonli buyrug‘i ilovasida keltirilgan kalendar jadval (1-ilova)ga muvofiq ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi jamoasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1.Kafedra tasarrufidagi barcha fanlardan yuqori tashkilot belgilab bergan talabga mos tarzda ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalari, fan dasturlari, fan ishchi dasturlari tayyorlandi.
2.Bakalavriatning 5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 5112100-Mehnat ta’limi, 5111000-Kasb ta’limi (5150900-Dizayn (Liboslar dizayni)) ta’lim yo‘nalishining 1-kurslari o‘quv rejalarini tayyorlashda faol ishtirok etdi.
Bundan tashqari professor-o‘qituvchilar tomonidan kafedra tasarrufidagi barcha (18ta) fanlardan o‘quv semestrlari kesimida taqvimiy rejalarni fanlarning ishchi dasturi asosida ishlab chiqildi.
Bakalavriat o‘quv rejalarining “Umumkasbiy fanlar” va “Maxsus fanlar” bloklarining hajmi oshirildi, ya’ni chizmachilik fanidan bo‘lajak mutaxassislarni malakali mutaxassis bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Grafik tasvirlash asoslari” fani soatlari hajmi ko‘paytirildi va uni o‘qitish semestrlari o‘zgartirildi, shuningdek, uning mazmuni takomillashtirildi.
Bundan tashqari 5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishidagi “Kompyuter grafikasi” fani nomi Muhandislik kompyuter grafikasi faniga o‘zgartirildi.
Shuningdek, mutaxassislik fanlaridan chizma geometriya va chizmachilik fanlari semestr davomida 2 va 4 soatdan o‘qitilishi ta’minlandi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari magistraturaning 5A110802-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligining 1-kurslari o‘quv rejalarini tayyorlashda ham faol ishtirok etdi.
Magistrantlarni ilmiy faoliyatga kengroq jalb qilish maqsadida mazkur mutaxassislikning o‘quv rejasiga "Muhandislik grafikasi fanlarining dolzarb masalalari" fani kiritildi.
Umuman olganda Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasida quyidagi fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida bakalavrlarni tayyorlash uchun quyidagi mutaxassislik fanlar o‘qitiladi.
1.Chizma geometriya.
2.Chizmachilik.
3.Kompyuter grafikasi.
4.Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi.
5.Arxitektura elementlarini loyihalash.
6.Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish.
7.Grafik tasvirlash asoslari.
8.Muhandislik grafikasi terminologiyasi.
9.Amaliy perspektiva va soyalar nazariyasi.
5112100-Mehnat ta’limi yo‘nalishida bakalavrlarni tayyorlash uchun umumkasbiy fanlar blokida quyidagi fanlar o‘qitiladi.
1.Chizma geometriya va muhandislik grafikasi.
5111000-Kasb ta’limi (5150900-Dizayn (Liboslar dizayni)) ta’lim yo‘nalishida bakalavrlarni tayyorlash uchun quyidagi fan o‘qitiladi.
1.Muhandislik va kompyuter grafikasi.
5A110802-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligida quyidagi mutaxassislik fanlari o‘qitiladi.
1.Muhandislik grafikasi fanlarining metodologiyasi.
2.Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi.
3.Amaliy geometriya.
4.Muhandislik grafikasi, dizayn va kompyuterli konstruksiyalash.
5.Muhandislik va kompyuter grafikasi fanlarining dolzarb muammolari.
6.Yaqqol tasvirlar nazariyasi va modellashtirish.
7.Muhandislik grafikasining ilmiy terminologiyasi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi.
5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha MSB tashkil qilindi, unda 2-kursda 30 nafar talaba tahsil olmoqda, 1-kursga 45 nafar talaba qabul qilish rejalashtirilgan.

1. Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati.
Kafedrada 9 nafar professor-o‘qituvchi 10 shtat bo‘lib, ulardan 1 nafari t.f.n., professor, 1 nafar p.f.n., dotsent, 3 nafar dotsent, 3ta dotsent v/b, 1 nafar katta o‘qituvchi, shulardan 1 nafari ichki o‘rindosh sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada ilmiy salohiyat 55,5 foizni tashkil etadi. 2017-2018-o‘quv yilida katta o‘qituvchilardan Z.Mirzaliyev, N.Gulomova hamda N.Tashimovlarga dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimlariga Universitet buyrug‘i chiqdi.
2.Kafedrada KIXI va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy tadqiqotlari hamda ilmiy maslahatchilari faoliyatining natijaviyligi.
Kafedra o‘qituvchisi X.Rixsiboyeva hozirda TIMI doktoranturasining ikkinchi kursida o‘qimoqda. Mustaqil izlanuvchi
N.G'ulomova kafedraning 2016-yil 6-maydagi 9a)-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan ilmiy mavzusi ustida izlanish olib bormoqda. K.Malikov PhD doktorlik dissertatsiyasi mavzusini tasdiqlatish uchun bergan.
3.Kafedralarda ilmiy maktablar samaradorligi va rivojlantirish rejalari.
Kafedra professori Sh.Murodov, dotsent P.Odilovlarning ilmiy maktabi mavjud, ular o‘qituvchilar bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, monografiya va darsliklarini tayyorlab chop ettirmoqdalar. Masalan: «Chizma geometriya faning ba’zi muammolari va ularning evristik yechimlari» nomli monografiya T.Rixsiboyev, X.Rixsiboyeva Nizomiy nomidagi TDPU rizografi 2016. 6.8 b.t. N.Tashimov «Chizmachilik» (Topografik chizmachilik) nomli o‘quv qo‘llanma “Adabiyot uchqunlari” 2016. 12.25.b.t. Sh.Murodov, N.Tashimov bilan birgalikda xorij jurnalida «Кривые второго порядка – как сечения поверхностей второго порядка по наперед заданным параметрам» nomli ilmiy maqola Проблемы инженерной графики и профессионального образования Том 38 (2016), nomer 5 Astana
4. Kafedralarda magistrantlar bilan ishlash.
Kafedrada magistrantlar bilan ishlash to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Magistrantlarga ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar dars o‘tish ilmiy rahbarlik qilish uchun jalb qilingan. II-kurs magistrantlari G.Karimovaga ilmiy rahbar t.f.n. dotsent P.Adilov, E.Xo‘jakbar professor Sh.Murodov, Q.Bekqulovga ilmiy rahbar dotsent A.Ashirboyev.
I-kurs magistrantlari B.Kukiyevga ilmiy rahbar professor Sh.Murodov, Sh.Jumoboyevaga ilmiy rahbar t.f.n. dotsent P.Adilov, F.Aqoydinov ilmiy rahbar dotsent A.Ashirboyev, I.Raxmatovaga ilmiy rahbar dotsent A.Valiyev, F.Toshpo'latovga ilmiy rahbar dotsent v/b N.Tashimovlar rahbarlik qilmoqdalar. Magistrlik dissertatsiyasi mavzulari shu kun talabiga mos keladi.
5. Universitetda malakaviy imtihonlarning tashkil etilishi, professor-o‘qituvchilarning malakaviy imtihonlarni topshirish sifati tahlili.
Kafedra professor-o‘qituvchilaridan N.Gulyamova va dotsent v/b N.Tashimovlar dotsent lavozimini olish uchun 2017-yil noyabr oyida Prezident asarlari bo‘yicha imtihon topshirdilar. Dotsent v/b. Z.Mirzaliev 2018-yil may oyida imtihon topshirdi.
6. Kafedralar qoshidagi ilmiy-nazariy seminarlar faoliyati hamda muhokama qilingan masalalar dolzarbligi.
Kafedraning tasdiqlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik seminarlar rejasi mavjud. Ilmiy seminar raisi t.f.n. dotsent P.Adilov, kotib dotsent v/b Z.Mirzaliyev, har oyida bir marotaba ilmiy seminar bo‘ladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z mavzulari bo‘yicha ma’ruza qiladilar, mavzu seminarda muhokama etilib, kamchiliklar ko‘rsatiladi. Mavzular dolzarb, shu kunning muammolariga bag‘ishlangan.
7.Innovatsion yarmarkaga olib chiqilgan ishlanmalar.
2017-yil 10- Innovatsion texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” o`zbekcha-inglizcha izohli lug'at (M.Xalimov va b.), maktab o`quvchilari uchun “Chizmachilik” elektron darsligi (S.Saydaliyev) hamda “Chizmachilik (geometrik va proyeksion)” (M.Xalimov) elektron darsligi bilan qatnashdi. “Chizmachilik” OTM talabalari uchun darslik A.Ashirboyev, B.Nig‘manov, A.Valiyev, “Chizma geometriya” elektron darslik, Sh.Murodov, K.Malikov, “Chizmachilik (Topografik chizmachilik)” N.Tashimov.
8. Bajarilayotgan grantlarning ish rejasi, hisobotlari.
2015-2017-yillarga mo'ljallangan p.f.d. professor N.A.Muslimov rahbarligidagi “A-1-141 “Oliy ta'lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli Web texnologiya asosida elektron axborot ta'lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish” ilmiy loyihasida ijrochi sifatida faoliyat ko`rsatmoqda. 2016- yili ilmiy loyiha rahbari N.A.Muslimov bilan hammualliflikda Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi tinglovchilari uchun o'quv-uslubiy majmualar yaratilib yakunlanish arafasida. Loyiha ijrosi sifatida 2016-yil iyun oyida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Toshkent viloyati PXQT va MO instituti hamda Xitoy Xalq respublikasi ta'lim muassasasalari bilan hamkorlikda “Improvement of monitoring in educational training work in the operation uninterruptedly education system”, (Uzbekistan, Kitay, Tashkent, Beijing)” ilmiy maqolalar to`plamida “Опыт разработки внедрения мультмедийного учебного курса по графическим дисциплинам” mavzusidagi ma'ruza bilan qatnashdi.
Shu bilan birga malaka oshirish rejasiga kiritilgan xorijiy kitob tarjima qilinmoqda.
9. Ilmiy to`garaklar ish rejasi, ularning bajarilishi, olimpiadalar o‘tkazilishi mavjud va tasdiqlangan. 2018-yil 18-19-may kunlari TTESIda “Mutaxassislik fanlari” blokiga kiruvchi “Chizma geometriya va chizmachilik” fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi. 2-o‘rinni Nizomiy nomidagi TDPU talabasi Tillayeva Dildora Qaxramonovna ilmiy rahbar dotsent A.Ashirboyev.
10.Kafedra tashabbusi bilan o`tkazilgan konferensiyalarning maqolalar to`plami.
2015-yil 15-aprel kuni kafedrada “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINING CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO`NALISHIDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o`tkazildi. Ushbu anjuman universitetning tashkil topganining 80 yilligi hamda kafedraning tashkil topganining 60 yilligiga bag`ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunini bo‘yicha kafedrada chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va reja asosida ishlar amalga oshirildi. Guruh murabbiyi dotsent A’zamjon Valiyev va guruh talabalari fakultetimizning kutubxonasiga chin dildan badiiy adabiyotni sovg‘a qildi.

To`garaklar

lmiy to'garaklar ish rejasi, ularning bajarilishi, olimpiadalar o‘tkazilishi.
Bir qancha ilmiy va ijodiy to'garaklar mavjud va tasdiqlangan. 2018-yil 18-19-may kunlari TTESIda “Mutaxassislik fanlari” blokiga kiruvchi “Chizma geometriya va chizmachilik” fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi. 2-o‘rin. Nizomiy nomidagi TDPU talabasi Tillayeva Dildora Qaxramonovna ilmiy rahbar dotsent A.Ashirboyev.

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

Kafedra a`zolari