Iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi 1951-yilda tashkil topgan. O‘tgan yillar davomida kafedraga professorlar – G.R.Rizayev (1951-1954), Sh.N.O‘lmasboyev (1954-1964), A.E.Egamberdiyev (1964-1965), K.Yu.Yusupov (1966-1988) va dotsentlar - T.J.Qosimbekov (1988-1992), U.P.Pozilxonov (1992-1999), A.A.Alimov (1999-2001), professor Yu.Q.Yo‘ldoshev (2001-2010), i.f.n.dotsent O.Ismailov (2010-2016), (PhD) Abdilakimov G.A.(2018-2019) rahbarlik qildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016-yil 13-maydagi 153-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2016-yil 5-maydagi 200-son va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universitetining 2016-yil 4 iyundagi №320-U sonli optimallashtirish to`g`risidagi qaroriga muvofiq “Falsafa” va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedralarini birlashtirib “Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar” kafedrasi nomi bilan atala boshlandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3698-sonli 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo`yicha qo`shimcha chora -tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3775-sonli qarori hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan 2018-yil 25-avgustdagi kelishuv asosida tasdiqlangan Universitetning yangi tarkibiy tuzilmasini amaliyotga joriy etish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorining 03.09.2018 yildagi 729-U –sonli buyrug`I bilan Iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tashkil etildi.
Hozirgi kunda "Iqtisodiy bilim asoslari" kafedrasida i.f.n.dotsent B.S.Berdiyorov rahbarlik qilmoqda.


Kafedraning professor-o‘qituvchilari bakalavriat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha «Iqtisodiy bilim asoslari» kafedrasida “Iqtisodiyot nazariyasi”, Iqtisodiy ta’limotlar tarixi, O‘zbekiston iqtisodiyoti, Kichik biznes va tadbirkorlik, Tadbirkorlik asoslari, Iqtisodiy bilim asoslarini o‘qitish metodikasi, Turizm menejmenti, Xalq ta’limi tizimini boshqarish, Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot, Tarmoqlar iqtisodiyoti, Buxgalteriya hisobi va audit, Tizimli tahlil, Innovatsion iqtisodiyot asoslari fanlaridan dars o‘tib kelinmoqda. Barcha fanlardan kafedrada o‘quv-uslubiy majmua yaratilgan. Hozirgi kunda bu fanlarni kredit-modul asosida olib borish uchun ishlar bajarilmoqda.


«Iqtisodiy bilim asoslari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy ishlar rejasi asosida oxirgi uch yilda bir qancha ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Jumladan, kafedra professor –o‘qituvchilar tomonidan 3 ta darslik va 5 ta o‘quv qo‘llanmalar tayerlangan. SHuningdek, 3-ta monografiya, xorijiy ilmiy jurnallarda 20 ta, respublika ilmiy jurnallarida 29 tailmiy maqolalar, xalkaro va respublika konferensiyalarida 52 tailmiy tezislarnashr qilingan. Ilmiy ishlarga 7 ta patent olingan.
Kafedrada mustaqil tadqiqotchilar N.X.Isaeva “Innovatsiyalar asosida tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash” mavzusida, A.K.Aymuxammedova “Milliy iqtisodiyotning ichki investitsiya salohiyatidan foydalanish iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzularida o‘z ilmiy dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqda.
SHuning bilan birga kafedrada “Ustoz-shogird” tizimi buyicha ham tasdiqlangan reja asosida ishlar amalga oshirilmoqda. Professor o‘qituvchilar rahbarligida talabalar o‘z ilmiy tezislari bilan anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.


Tabiiy fanlar fakulteti “Iqtisodiy bilim asoslari» kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bosh vaqtini mazmunli tashkil etish buyicha 5 ta tashabbus yuzasidan amalga oshirilib kelmoqda.






Ta’lim yo`nalishi talabalari ishtirokida tashkil etilgan ,,Birinchi-kurs maktabi” tadbirlar




















“1-Oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan “Ta’zim Sizga, mehridaryo ustozlar” shiori ostida o`tkazilgan tadbirda ta’lim yo’nalishi talabalarining musiqali chiqishlaridan lavhalar












Kafedra tasarrufidagi ta’lim yo’nalishlari talabalarining fakultetda kutubxona tashkil etish tadbiridagi ishtirokidan lavhalar.






2019 yil 27-oktyabrda universitet miqiyosida o’tkazilgan “Mahorat maydoni” san’at tanlovidan lavhalar. Tanlovda “Maktab menejmenti” ta’lim yo’nalish talabalari final bosqichining ishtirokchisi bo’ldi.

Fakultet muquyosida o’tkazilgan “Qizlar davrasi” ko’rik tanlovidan lavhalar.


Kafedra tasarrufidaga ta’lim yo’nalishlari talabalari ishtirokida “Vatan tuyg’usi-muqaddas burch” mavzusidagi tadbirdan lavhalar. Tadbir mehmoni tibbiyot fanlari nomzodi, shoir Z.N.Aptarov yoshlarda sog’lom immunitetni shaklantirish, salomatlik sirlari hamda vatanni sevish, vatanparvarlik tuyg’larini rivojlantirishga bag’ishlangan fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashib, yozgan sh’erlaridan namunalar o’qib berdi. Tadbir savol-javoblar tarzida qiziqarli o’tib, yakunida faol ishtirok etgan talabalarga muallif kitoblaridan sovg’a qildi.






“Qizlar klubi” a’zolari tomonidan o’tkazilgan tadbirlardan lavhalar.

2019 yil 2-noyabrda “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan Amerikalik bloger yoshlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda talabalarimizning ishtirokidan lavhalar.


Kafedra o`qituvchisi B.Azadova IBAO`M-101 guruhda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida”gi 18-noyabr kuni “Yoshlar kelajagimiz” mavzusida o`tkazgan tadbiridan lavhalar
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida”gi 18-noyabr kuni “Yoshlar kelajagimiz”














,,8-dekabr –O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” bayrami munosabati bilan “Konstitutsiya-yuksak ma’naviyat timsoli” mavzusida tashkil etilgan tadbirdan lavha





2020 yil 6-martda “8-mart-Xalqaro xotin-qizlar” bayrani munosabati bilan o’tkazilgan bayram tadbiridagi musiqali chiqishlardan lavhalar.






“Ma`naviyat kunlari” doirasida IBAO`M va “Maktab menejmenti” ta`lim yo`nalishlari talabalarining kutubxonalarga tashriflaridan lavhalar











“Ma`naviyat kunlari” doirasida IBAO`M va “Maktab menejmenti” ta`lim yo`nalishlari talabalarining teatrlarga tashriflaridan lavhalar













“Ma`naviyat kunlari” doirasida IBAO`M va “Maktab menejmenti” ta`lim yo`nalishlari talabalarining muzeylarga tashriflaridan lavhalar







Ma’naviyat kunlarida Toshkent Politexnika muzeyiga borildi. Muzeydagi eksponatlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar


































Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan e’lon qilingan karantin davrida talabalarning “Uyda qoling!” shiori ostida 5 ta tashabbus bo’yicha amalga oshirayotgan ishlaridan lavhalar.














Kafedra ma`naviy ma`rifiy
ishlari bo`yicha mas`ul:

To`garaklar

Yosh iqtisodchi
Tadbirkor
Tadbirkor to'garagi 2018-yildan buyon faoliyat yuritadi. To’garak maqsadi: Talabalarni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish, to`garak ishtirokchilarini qobiliyatini o`stirish,iqtisodiy bilim doirasini kengaytirish, mamla katda bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlarni to`g`ri anglab tushunishlariga yordam berish, pirovard natijada talabalarning intellektual salohiyatini oshirib borish.

Asosiy vazifalar:
1. Talabalarda Vatanga muhabbat va sadoqatni kuchaytirish, insonparvarlik hissiyotlarini ko`tarish, jamiyatimizda yuz berayotgan iqtisodiy o`zgarishlarni to`g`ri anglashga yordam berish.
2. Talabalarning iqtisodiy dunyoqarashini izchil shakllanishiga ko'maklashish.
3. To'garak mashg`ulotlariga universitetning yetakchi olim va professorlarini jalb etish.
4. Talaba yoshlarni ilm fan dunyosiga olib kirish.
5. Ilmiy izlanish hadislarini talaba yoshlarda shakllantirish.
6. Universitet, shahar va respublika bo`yicha uyushtiriladigan ilmiy anjumanlarga talabalarni jalb etish.

Kafedra a`zolari