Umumiy psixologiya

UMUMIY PSIXOLOGIYA KAFEDRASI TARIXI

1941 yil – Nizomiy nomli TDPI da “Psixologiya” kafedrasi tashkil topdi. Kafedraga professor Platon Ivanovich Ivanov mudir etib tasdiqlandi. Psixologiya fanlari doktori, professor P.I.Ivanov 1941-1968 yilgacha kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritdi. Bu davr ichida kafedra ilmiy pedagogik salohiyatini ko‘tarishda, ta’lim-tarbiya ishlarini rivojlantirishda katta hissa qo‘shdi. P.I.Ivanov tomonidan “Umumiy psixologiya” darsligi, “Iroda psixologiyasi” nomli uslubiy qo‘llanma va boshqa ilmiy ishlari nashr etildi.
1968-2001 yillarda kafedrani psixologiya fanlari doktori, professor M.G.Davletshin boshqargan. 1923 yil 11 noyabrda tavallud topgan. 1953 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tarix fakultetini tamomlagan 1954-1957 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranturasida tahsil olgan 1957 yilda “5-7 sinf o‘quvchilarida texnik qiziqishlarni shakllantirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1960 yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. 1971 yil “O‘quvchilarning texnik qobiliyati psixologiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1972 yilda professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. 1990 yildan nafaqa chiqib ilmiy-pedagogik faoliyatni davom ettirgan.
M.G.Davletshinning butun hayoti va kasbiy faoliyati Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan bog‘liq: 1957-1967 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 1967-2000 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (keyinchalik universiteti) “Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri lavozimida mehnat qilgan. 2000-2011 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy psixologiya” kafedrasi professori bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. O‘z ilmiy-ijodiy faoliyati davomida M.G.Davletshin 250 dan ziyod ilmiy va o‘quv-uslubiy asarlarni yaratgan. Ular orasida Maktab o‘quvchilarining texnik qobiliyati psixologiyasi”: monografiya (1971), “Ta’limning psixologik asoslari”: o‘quv qo‘llanma (1978), “Qobiliyatlar va ularning diagnostikasi” (1979), “Kasb tanlash”: o‘quv-uslubiy qo‘llanma (1986), “Zamonaviy maktab o‘qituvchisi psixologiyasi”: o‘quv qo‘llanma (1999), “Umumiy psixologiya”: o‘quv qo‘llanma (2002), “Psixologik va pedagogik tadqiqotlarning metodologiyasi hamda metodlari”: o‘quv-uslubiy qo‘llanma (2002), “YOsh psixologiyasi va pedagogik psixologiya”: o‘quv qo‘llanma (2003) kabilar pedagog kadrlarni psixologik tayyorgarligini ta’minlashda katta yordam bermoqda. Professor M.G.Davletshin rahbarligida 50 nafar tadqiqotchi o‘zining nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ustoz olimning faoliyati hukumatimiz tomonidan yuksak baholangan, professor M.G.Davletshin davlatimizning qator mukofotlari (“SHavkatli mehnati uchun” medali, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi faxriy unvoni”, “Mehnat faxriysi medali”, “Qori Niyoziy nomidagi medal”, “SHuhrat” medali, “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni”) bilan taqdirlangan.
Psixologiya fanlari nomzodi Anvar Zinatovich Gafarov kafedra mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatgan 2001-2002 yillarda kafedraning asosiy vazifasi qilib psixologiya fanining eng qadimdan to hozirgacha bo‘lgan tarixini o‘rganish va o‘qitish deb belgilandi. Mana shu maqsadni amalga oshirish yo‘lida A.Z.Gafarov ko‘plab o‘quv-metodik qo‘llanmalar, uslubiy ishlanmalar tayyorladi va qator ilmiy maqolalar chop etdi.

2002 yildan 2005 yilgacha kafedraga psixologiya fanlari doktori N.S.Safaev mudirlik qilgan. N.S.Safaevning ilmiy qarashlari ijtimoiy va etnopsixologiya sohasida bo‘lib, uning rahbarligida 6 ta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlanib, himoyaga olib chiqilgan. Bundan tashqari, 2008-2012 yillarda psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini beradigan ixtisoslashgan kengashga rahbarlik qilgan. N.S.Safaev tomonidan ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, monografiya va metodik qo‘llanmalar tayyorlandi.

2006-2008 yillarda psixologiya fanlari doktori, professor R.I.Sunnatova kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan. R.I.Sunnatovaning ilmiy qarashlari yosh va pedagogik psixologiya sohasida bo‘lib, uning rahbarligida 10 ta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlanib, himoyaga olib chiqilgan. Bundan tashqari, Ra’no Izzatovna Sunnatova 2001 yilda «Индивидуалные особенности мыслителной деятелности» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlashga muvofiq bo‘ldi. R.I. Sunnatova tomonidan ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, monografiya va metodik qo‘llanmalar tayyorlandi.

2008-2010 yillari psixologiya fanlari doktori, professor Z.T.Nishanova kafedrani boshqardi. Z.T.Nishonova 2005 yilda “Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Z.T.Nishonova rahbarligida hozirgi kunda 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Z.T.Nishonova mustaqil ijodiy fikrlashning psixologik asoslariga oid ilmiy izlanishlarini ilmiy maqola, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar ko‘rinishida chop ettirgan.

2010-2011 yillarda psixologiya fanlari nomzodi, dotsent SH.A.Dusmuxamedova kafedrani boshqargan. Ularning rahbarligida 1ta nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlandi. Kafedra mudiri sifatida faoliyati davomida “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” nomli darslik, “Pedagogik psixologiya” o‘quv qo‘llanmasi kafedra a’zolari bilan birgalikda boshqa ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar va metodik qo‘llanmalar tayyorlandi. 1959 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1976-1980 yillarda TDPU “Pedagogika va psixologiya” fakultetida ta’lim olib, bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1984-1987 yillarda TDPU aspiranturasida 19.00.07 – Yosh va pedagogik psixologiya ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olgan. 1988 yil psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan nomzodlik dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1988 yilda psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasida, 1994 yil dotsent ilmiy unvonida tasdiqlangan. 1988 yildan 2007yil aprel oyigacha Toshkent viloyati pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Pedagogika va psixologiya “ kafedrasi va 2010-2011 yillar davomida Nizomiy nomli TDPU “ Umumiy psixologiya “ kafedrasi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda “Umumiy psixologiya” kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
SH.A.Dusmuxamedova qator darslik, o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy maqolalar muallifi. Uning 70 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari nashr etilgan. Uning rahbarligida 1ta fan nomzodi tayyorlanilgan. Ilmiy qiziqishlari – yoshga xos psixologik xususiyatlar, ta’lim jarayonining o‘quvchi shaxsi rivojiga ta’siri, shaxs hissiy-emotsional sohasining xususiyatlari, psixologiya fanlarini o‘qitishning ilmiy-uslubiy asoslari, psixologik bilimlarni ommalashtirish imkoniyatlarini o‘rganish bilan bog‘liqdir.O‘qitishning yangicha innovatsion usullarini oliy ta’lim jarayoniga joriy etish uchun faol harakat qiladi. Talabalarni olgan nazariy bilimlarini o‘z sohalariga ko‘ra amaliyotga joriy etish texnologiyalari bilan tanishtirishga alohida ahamiyat beradi. Talabalar bilan ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida psixologik tadbirlar o‘tkazishga keng o‘rin beradi. Pedagogik faoliyatiga ijodiy yondashadi.

2011 yildan hozirgi kungacha kafedrani psixologiya fanlari doktori N.S.Safayev boshqarmoqda.

1989 yilda “Bolalar psixologiyasi” kafedrasi tashkil etilib, 4 kishi psixologiya fanlari nomzodi va 3 kishi o‘qituvchi lavozimida ishlaganlar. Bolalar psixologiyasi kafedrasining mudiri bo‘lib, psixologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar Sanobar Abdushukurovna Axundjanova va Anvar Shojalilovich Shojalilovlar faoliyat ko‘rsatdilar. 1995 yil “Bolalar psixologiyasi” kafedrasi “Umumiy psixologiya” kafedrasiga birlashtirildi.
1996 yil kafedrada doktorantura ochildi. Unda doktorantlar (T.A.Azizova, YO.Alimqulov, SH.A.Do‘stmuxamedova, N.S.Safaev N.A.Sog‘inov E.Usmonov Z.Nishanova S.M.To‘ychieva) 19.00.01 – umumiy psixologiya, psixologiya tarixi, 19.00.05 ijtimoiy psixologiya etnopsixologiya va 19.00.07 pedagogik va yosh psixologiyasi mutaxasisligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. N.S.Safaev va Z.T.Nishonovalar doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Kafedra a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari asosan pedagogik psixologiya va yosh psixologiyasiga oid muammolarni o‘rganishga qaratildi. Xususan, professor P.I.Ivanov ilmiy tadqiqot ishlarini asosan tafakkur psixologiyasi, mehnat ta’limining psixologik asoslari muammosiga qaratgan. Texnik qiziqishlar, so‘ngra texnik qobiliyatlar va uning diagnostikasi professor M.G.Davletshin tomonidan o‘rganildi. O‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish muammolari dotsent X.M. G‘ofurova tomonidan o‘rganildi. O‘quvchilarning aqliy taraqqiyotida qayta xotiraga tushirishning ahamiyati to‘g‘risida dotsent V.P.Ivanova ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. O‘qish faoliyatida o‘smirlarda o‘z-o‘ziga baho berishning namoyon bo‘lishi va uning rivojlanish xususiyatlari dotsent S.M.YUldasheva tadqiqotlarida o‘rganilgan. Mehnat psixologiyasi va muxandislik psixologiyasi muammolari bo‘yicha ham muhim tadqiqotlar olib borilgan. Paxta terish mashinasining mexanik haydovchilik faoliyati xususiyatlari xaqidagi psixologik tadqiqotlar dotsent J.Sotiboldiev tomonidan olib borilgan. Keskin vaziyatlarda ma’lum qarorga kelish muammolari dotsent A.Z.Gafarov tomonidan o‘rganilgan. Ko‘p stanokli mashinalarda ishlaydigan to‘quvchi ayollar mehnatining psixologik tahlili nomli o‘ta qiziqarli tadqiqot ishlari dotsent Q.Turg‘unov tomonidan amalga oshirilgan. Bolalar psixik taraqiyotining differensial psixodiagnostikasi muammolari bo‘yicha dotsent G‘.B.SHoumarov ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Sport mahoratining yuksalish jarayonida talabalarning psixik holati masalalari dotsent Rifkat Gaynutdinov tomonidan o‘rganilgan. Keyinchalik Rifkat Gaynutdinov o‘qituvchi psixologiyasi muammosi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Qishloq sharoitida maxsus kasb-hunar texnika bilim yurtlari o‘quvchilarida kasbga tayorlanish jarayoni va texnik qiziqishlarini shakllantirish dotsent E.N.Sattorov tomonidan o‘rganilgan. O‘smirlarda suxandonlik qiziqishlari dotsent M.P.Boboxonova tomonidan o‘rganildi. Maxsus kasb hunar texnika bilim yurtlarining o‘quvchilari faoliyatida ishlab chiqarish ta’limi kasbga qiziqish va unga moyillikni shakllantirish bo‘yicha muhim ilmiy tadqiqotni dotsent F.S.Ismagilova amalga oshirgan. 2001- yilda F.S.Ismagilova psixologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.Hozirgi kunda u Ekaterinburg universitetida ishlamoqda. O‘smirlarda o‘qish va ta’lim tizimining eng muhim tomonlari va motivlari masalasini psixologiya fanlari nomzodi A.Saitova o‘rgangan. O‘quvchilarda (1-8 sinflarda) umumlashtirish funksiyasi dinamikasi mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishini dotsent N.N.Nigmatov olib borgan.
O‘quvchilar diqqatining barqarorligi muammosi dotsent M.Raxmonova tomonidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha dotsent R.SH.Karimova tomonidan o‘rganilgan. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida mehnat ta’limiga ijobiy munosabatda bo‘lishni shakllantirish muammosini dotsent I.Yaxyoyev o‘rgangan. Ma’naviy motivatsiya sohalari bo‘yicha xulq atvori izdan chiqqan katta sinf o‘quvchilari psixologik xususiyatlarini psixologiya fanlari nomzodi Z.F.Kamaletdinova o‘rgangan. Yuqori sinf o‘quvchilarining aqliy faoliyat usullarini egallash xususiyatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini psixologiya fanlari nomzodi Z.T.Nishonova olib bordi.
“Bola-bola ” tizimida faoliyatning individual uslubini shakllanishi xususiyatlarini psixologiya fanlari nomzodi L.A.Normatova tadqiq etgan. YOshlar ichida kasb hunar ishlarining aksidental qobiliyatlari diagnostikasini dotsent A.X.Ubaydullayev o‘rgangan. Pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalarini kasbga tayyorlashning psixologik xususiyatlari dotsent S.X.Jalilova tomonidan tadqiq qilingan. Maktabgacha ta’lim muassasalari kasbga tayyorlash jarayonida tarbiyachining kasbiy sifatlarini shakllanishi fan nomzodi E.V.Gladkova tomonidan o‘rganilgan.
Pedagogika oliy o‘kuv yurtlari talabalari shaxsida kasbga xos xususiyatlarini shakllanishiga jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining ta’siri fan nomzodi Ramil Gaynutdinov tomonidan o‘rganilgan. Pedagogika oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilarni munosib kasb tanlashning psixologik muammolarini fan nomzodi L.A.Popova o‘rgangan. Qishloq maktablari o‘quvchilarida o‘qish motivlarini shakllantirish muammosini dotsent F.I.Haydarov tadqiq etgan.
Kafedra aspiranturasida tahsil olgan va mustaqil tadqiqotchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan ilmiy izlanuvchilardan K.G.Raxmatulina “Психологические особенности развития лидерских качеств у офицеров” mavzusida 19.00.05-ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha, Sh.Sherimbetova “Boshlang‘ich sinflardagi o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari” 19.00.07-pedagogik psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha o‘z nomzodlik ishlarini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldilar.
Kafedra a’zolari ilmiy ishlardan tashqari pedagogika oliy o‘quv yurtlarida psixologiya fanlarini o‘qitishning metodik masalalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanganlar (SH.X.Raxmonova, V.P.Ivanova, M.I.Musaeva, J.Sotiboldiyev, S.X.Jalilova, M.X.Xotamov, U.M.Umarov va boshqalar.) Hozirgi vaqtda kafedra a’zolari 3 yo‘nalish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
1.Psixologiya fani nazariy-metodologik muammolari, psixologiyani oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning uslubiy muammolarini tadqiq etish.
2.Pedagogik faoliyat, ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etilayotgan o‘qitish hamda tarbiyalashning innovatsion usul va vositalari psixologik ta’minotini aniqlashtirish sohasida tadqiqot o‘tkazish.
3.Ta’lim jarayoni ishtirokchilariga psixologik xizmat ko‘rsatishning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy muammolarini tadqiq qilish.
SHu paytgacha kafedra a’zolaridan quyidagi olimlar doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganlar: M.G.Davletshin (1971), G‘.B.SHoumarov (1990), R.Gaynutdinov(1992), R.I.Sunnatova(2001), Z.T.Nishonova (2005), N.S.Safayev (2005), 21 nafar kafedra a’zosi psixologiya fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlaganlar. M.Vohidovga professorlik ilmiy unvoni berilgan. Kafedrada professor P.I.Ivanov tahririda 3 ta to‘plam va professor M.G.Davletshin tahriri bilan 19 ta to‘plam nashr qilindi.
Kafedra a’zolarining faol ishtirokida 12 ta respublika ilmiy anjumanlari, simpoziumlar o‘tkazildi. Kafedra a’zolari P.I.Ivanov, M.G.Davletshin, G‘.B.Shoumarov, V.P.Ivanova, X.M.G‘ofurova, F.Ismagilova, A.X. Yugay, N.S.Safayev, Z.E.Bozorova, N.Mirashirova, N.Irgasheva va boshqalar Xalqaro Butunittifoq ilmiy anjumanlarda ishtirok etdilar: Leypsig, Madrid, SHtutgart, Kiev, Moskva, Leningrad, Tula, Novosibirsk, Ryazan, Osh, Tbilisi, Almata, Dushanbe, Poltava, Ufa, Sыktыkvar, Voronej, Xojond,Chimkent va boshqalar.
Kafedra a’zolari tomonidan muhim yirik ilmiy-uslubiy ishlar bajarildi.
1.Professor P.I.Ivanov “Psixologiya” (Pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun o‘zbek va rus tilida darslik). Ta’limning psixologik asoslari (o‘zbek va rus tilida o‘quv qo‘llanma).
2.Professor M.G.Davletshin “5-7sinf o‘quvchilarida texnikaga qiziqishni shakllantirish”. “Qobiliyatlarning rivojlanishi”.”Yosh va pedagogik psixologiya”. Pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. “Birinchi kurs talabalariga metodik maslahatlar”. (o‘zbek va rus tilida).”Qobiliyatlar va uning diagnostikasi” monografiya. “O‘kuvchilarni kasbga yo‘llash” o‘quv qo‘llanma. “Maktabni boshqarish psixologiyasi” (o‘quv qo‘llanma).
3.Professor M.Vohidov tomonidan “Bolalar psixologiyasi”(O‘quv qo‘lanma)”Oilada, ishda, odamlar orasida”mavzusidagi qo‘llanmalar chop etildi.
4.Professor G‘.B.SHoumarov “Oila va muhabbat”,”Oilaviy turmushning etikasi va psixologiyasi” o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi.
5.SH.Bayburova “Psixologiya”fani bo‘yicha o‘zbek tilida birinchi psixologiya o‘quv qo‘llanmasini yaratdi.
6.Dotsent SH.X.Raxmonova “Psixologiya kursida ko‘rsatmalilik”.
7.Dotsent S.Orinboev “O‘qituvchining o‘z-o‘zini axloqiy tarbiya qilishi”.
8.Dotsent V.P.Ivanova “Qanday dars tayyorlash kerak?”.
9.U.Umarov “Mehnat baxt manbai”.
10.Dotsent A.Shojalilov “1-sinflar uchun o‘qish kitobi va unga metodik tavsiyalar” mavzularidagi qo‘llanmalarni nashr ettirdilar.

(9-May. Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab faxriylar bilan bir piyola choy ustida kafedrada tashkil etilgan uchrashuvdan lavha)

2003 yilda kafedra tomonidan pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun psixologiya fanlari (Umumiy psixologiya, Yosh va pedagogik psixologiya) dasturi chop etildi. SHu bilan birga Respublika oliy o‘quv yurtlarida psixologiyani o‘qitishning yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. (M.G.Davletshin). Ushbu yangi konsepsiya asosida o‘quv qo‘llanmalar tayyorlandi. 2002 yilda M.G.Davletshin va S. To‘ychieva tomonidan “Umumiy psixologiya” o‘quv qo‘llanmasi o‘zbek tilida 9,3 b/t hajmida M.G.Davletshinning “Umumiy psixologiyadan maruzalar matni” 10 b/t rus tilida chop etildi. “Psixologiya” kafedrasi jamoasi (M.G.Davletshin, Do‘stmuxamedova SH, M.Mavlonov, S.To‘ychiyeva tomonidan “Yosh davrlari va pedagogik psixologiyadan” o‘quv qo‘llanma 10 b/t 2004yilda chop etildi.
(2009 yil. Kafedra tomonidan tashkil etilgan “Psixologiya fanining dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy anjumani ochilish marosimidan lavha)

2005-2006 o‘quv yilidan boshlab 1-kurs talabalariga “Psixologiya” 3-kurs talabalariga “Yosh va pedagogik psixologiya” fani o‘qitib kelinmoqda. 2006-2007 o‘quv yillaridan boshlab “O‘zbek tili va adabiyoti” “Tarix” fakultetlari 2-kurs talabalariga yangi fan – “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” fani o‘qitilmoqda.
Kafedrada talabalar o‘zlashtirishlarini nazorat qilish uchun reyting tizimi qabul qilingan bo‘lib joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat mezonlari ishlab chiqilgan. Kafedra a’zolari har yili ta’lim va tarbiya psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, shaxs psixologiyasi. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi, ijtimoiy-psixologik jarayonlar muammolari bo‘yicha OAV o‘nlab ma’ruzalar o‘qiydilar.
Kafedrada tarbiyalangan kadrlar turli davrlarda kunda xalq ta’limi tizimi sohasida mas’ul lavozimlarda faoliyat ko‘rsatganlar va ko‘rsatib kelmoqdalar. Jumladan, psixologiya fanlari doktori, professor G‘.B.SHoumarov Xalq ta’limi vaziri, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent E.N.Sattorov Avloniy nomidagi xalq ta’lim rahbar kadrlar malakasini malaka oshirish institutining rektori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent F.X.Haydarov Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, psixologiya fanlari doktori N.S.Safaev Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatishdi.
So‘nggi yillarda kafedrada o‘qitiladigan fanlarda o‘quv adabiyotlari yangi avlodi yaratildi. Jumladan, 2011 yilda Z.Nishanova, SH.Dustmuxamedova, SH.T.Alimbayevaning “Pedagogik psixologiya” o‘quv qo‘llanma, 2012 yilda A.X.YUgay, N.A.Mirashirovalarning “Общая психология” o‘quv qo‘llanmasi, 2013 yilda SH.A.Dustmuxamedova, Z.T.Nishanova, SH.T.Alimbayeva, S.J.Jalilova, SH.K.Karimovalarning “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” darslik, 2013 yilda N.S.Safaev, N.G.Odilova, N.A.Mirashirovalarning “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanma, 2013 yilda Z.Nishanova, G.YU.Baykunusovalarning “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” qozoq tilidagi o‘quv qo‘llanmalarini keltirish mumkin. Kafedrada so‘nggi yillarda byudjetdan tashqari mablag‘ topish bo‘yicha faol ishlar olib borildi. Jumladan, 2011-13 yillarda “Talabalarda ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning uslubiy asoslarini psixologik texnologiyalar yordamida takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi (rahbar: P.S.Ergashev), 2011-14 yillarda “Kichik maktab yoshidagi bolalarda tortinchoqlik psixokorreksiyasi” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi (rahbar: Sh.A.Dustmuxamedova), 2014-16 yillarda “YOshlarda atrof olamdagi tartib va tarkibiy tuzilish mukammalligini his etish qobiliyatini rivojlantirishning nazariy hamda amaliy imkoniyatlarini tadqiq qilish” ilmiy-tadqiqot loyihasi (rahbar: P.Ergashev) bo‘yicha kafedra a’zolari faoliyat yuritishdi.
So‘nggi yillarda kafedraga iste’dodli yoshlar aspirantura va doktoranturada tahsil olib, nomodlik dissertatsiyalarini yoqlab, kafedraning ilmiy salohiyatining ortishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan yosh olimlarga e’tiboringizni qaratamiz.

BOGDALOVA GULNORA ALIYEVNA
1973 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1991-96 yillarda ToshDU (O‘zMU)da tahsil olgan va universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1997 yilda TDPI “Umumiy psixologiya” kafedrasiga aspiranturaga qabul qilingan va M.G.Davletshin rahbarligida “O‘smirlarda emotsional barqarorlikning shakllanishi mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan”.
G.A. Bogdalova TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasida 2001 yildan beri ishlaydi. 2011 yildan kafedra dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda. Uning 40 dan ortiq ilmiy va ilmiy metodik ishlari mavjud.
G.Bogdalovaning qiziqishlar sohasi o‘qitishdagi yangi pedagogik texnologiyalar bilan hamda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘zaro ta’sir uslubiga bog‘liq. U xorijiy va rus adabiyotlarini o‘rganib o‘qitayotgan fanlarning mazmunini boyitishga harakat qiladi va o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanadi. “Ijtimoiy psixologiya” va boshqa fanlardan seminarlarni ingliz tilida o‘tkazadi.
ERGASHEV PO‘LAT SOBIROVICH
1981 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1997-1999 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan.1999-2003 yillarda TDPU “Pedagogika va psixologiya” fakultetida ta’lim olib, bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2003-2005 yillarda TDPU ning magistratura bo‘limida “Psixologiya” ixtisosligi, 2006-2009 yillarda TDPU aspiranturasida 19.00.01 – umumiy psixologiya, shaxs psixologiyasi va psixologiya tarixi ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olgan. 2007 yilda O‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi “Iste’dod” jamg‘armasi granti asosida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida “Pedagogika va psixologiya” dasturi bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kursini o‘tagan.
Bakalavriat ta’lim bosqichi (2002 yil) da, magistratura bosqichi (2004 yil) da, aspirantura bosqichi (2007 yil) da O‘zbekiston respublikasi Prezidentining talaba, magistrant talaba va aspirantlar uchun ta’sis etgan davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. 2010 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining yosh olimlar uchun stipendiya tanlovida ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida g‘olib deb topilgan.
2008 yil psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan nomzodlik dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2009 yilda psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasida, 2012 yil dotsent ilmiy unvonida tasdiqlangan. 2014 yil yanvar oyigacha “Umumiy psixologiya” kafedrasi bo‘yicha dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatib keldi. Hozirgi vaqtda katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutida faoliyatini davom ettirmoqda.
P.S.Ergashev 100 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi. Ilmiy qiziqishlari – muloqotda odamning odam tomonidan idrok qilinishi, psixologiya tarixi, shaxs hissiy-emotsional sohasining xususiyatlari, psixologiya fanlarini o‘qitishning ilmiy-uslubiy asoslari, psixologik bilimlarni ommalashtirish imkoniyatlarini o‘rganish bilan bog‘liqdir.
O‘qitishning yangicha innovatsion usullarini oliy ta’lim jarayoniga joriy etish uchun faol harakat qiladi. Kasbiy vazifalarni bajarishga ijodiy yondashuvi bilan, o‘quv mashg‘ulotlarida improvizatsiyaga keng o‘rin berishi bilan ajralib turadi. O‘z ustida ishlash, ilmiy bilimni chuqurlashtirish yo‘lida yangilikka tashna, yangi bilimni pedagogik faoliyatga tadbiq etish imkoniyati nuqtai nazaridan o‘zlashtirishga moyil, o‘z kasbi sohasidagi har qanday yangilikka tanqidchanlik bilan munosabatda bo‘lishga odatlangan, o‘z-o‘ziga yuqori darajadagi talabchanligi bilan tavsiflanadi.

ALIMBAyEVA SHAXLO TURSUNOVNA 1986 yil 28 sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2003 yilda Toshkent shahridagi 310-iqtisodiyot maktabini tamomlagan. 2003 yilda Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagogika va psixologiya” fakultetiga o‘qishga kirgan va 2007 yilda bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2007-2009 yillar davomida Toshkent davlat pedagogika universitetining “Psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olgan.
2007-2008 yillar davomida Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin qizlar kollejida pedagogika fani o‘qituvchisi lavozimida ishladi. 2008-2009 yillarda Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 22-o‘rta maktabda psixolog lavozimida faoliyat olib bordi. 2009 yilda “Yil maktab psixologi” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
2009 yildan 2013 yilga qadar Toshkent davlat pedagogika universitetining “Umumiy psixologiya” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan 2012 yil 27 dekabrda psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi. 2013 yil mart oyidan boshlab TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasida dotsent v/b. lavozimida ishlamoqda.
Hozirgi kunga qadar 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta elektron darslik, 1 ta uslubiy qo‘llanma 20dan ortiq maqola va tezislar nashr ettirgan.

KADIROVA XOSIYAT AZAMATOVNA
1983 yil Namangan shahrida tavallud topgan. 1998-2000 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) qoshidagi akademik litseyda tahsil olgan. 2000-2004 yillarda TDPU “Pedagogika va psixologiya” fakultetida ta’lim olib, bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2004-2006 yillarda TDPU ning magistratura bo‘limida “Psixologiya” ixtisosligi, 2006-2009 yillarda TDPU aspiranturasida 19.00.05 – ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olgan.
2010 yil psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan nomzodlik dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan va psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 2010 yil 2 sentyabridan to xozirgi vaqtgacha “umumiy psixologiya” kafedrasida ishlab kelmoqda.
X.A.Kadыrovani 40 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi. Ilmiy qiziqishlari – erkak va ayol raxbarlarning ishda xamda oilada bir birlari bilan bo‘lgan shaxslararo munosabatlarining ijtimoiy psixologik xususiyatlari.
Kasbiy vazifalarni bajarishga ijodiy yondashuvi bilan, o‘quv mashg‘ulotlarida improvizatsiyaga keng o‘rin berishi bilan ajralib turadi. O‘z ustida ishlash, ilmiy bilimni chuqurlashtirish yo‘lida yangilikka tashna, yangi bilimni pedagogik faoliyatga tadbiq etish imkoniyati nuqtai nazaridan o‘zlashtirishga moyil, o‘z kasb sohasidagi har qanday yangilikka tanqidchanlik bilan munosabatda bo‘lishga odatlangan, o‘z-o‘ziga yuqori darajadagi talabchanligi bilan tavsiflanadi.

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan "Pedagogika" fakulteti ta'lim yo'nalishidan tashqari barcha ta'lim yo'nalishi talabalariga quyidagi fanlar bo'yicha o'quv faoliyati olib boriladi:
Umumiy psixologiya (1-kurslar uchun)
Umumiy psixologiya (3-kurslar uchun)
Kasbiy psixologiya
Pedagogika.Psixologiya

Sentyabr-oktyabr oylarida 2 ilmiy maqola chop etildi

“Umumiy psixologiya” kafedrasi tomonidan 24.10.2018 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining №9 TTJ da “Shaxslararo munosabatlardagi ziddiyatlarni bartaraf etish” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi. Treningda universitetning Chaqiriqqacha harbiy ta’lim, Boshlang‘ich ta’lim , Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari faol qatnashishdi. Psixologik trening ishtirokchilarida ijobiy emotsional holat kuzatildi. Shaxslararo nizolarning profilaktikasi va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida tavsiyalar berildi.
Talabalar tomonidan quyidagi takliflar berildi: psixologik treninglar muntazam o‘tkazilishini va treninglar samarasi yaxshi natija berayotganini ta’kidlashdi.

To`garaklar

Umumiy psixologiya kafedrasi qoshidagi “Psixologik yetuklik-yetuk shaxs” nomli ilmiy to‘garagining
NIZOMI
I.To‘garak faoliyatining maqsadi:
1.1.Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasi qoshidagi “Psixologik yetuklik-yetuk shaxs” to‘garagi ixtiyoriy tuzilma bo‘lib, u quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:
- Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibining yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlashga oid sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash;
- Talaba yoshlarni ilmiy-metodik ishlarga tayyorlash;
-Talabalarning ilmiy-metodik hamda murabbiylik faoliyatlarini tashkil etish;
- Ilmiy-metodik sohada talabalar va boshqa jamoat tashkilotlari;
- Ilmiy-metodik mavzularda ilmiy-amaliy seminarlar, anjumanlar, davra suhbatlari, bahs-munozara kechalarini tashkil etish va o‘tkazish;
- Talabalar ijtimoiy hayotiga oid turli masalalarni muhokama etishga doir tashabbuslar bilan chiqish.
1.2. Mazkur to‘garak o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, joriy qonunchilikka, o‘z-o‘zini rektor buyruqlariga, mazkur Nizomga, shuningdek, demokratizm, o‘z-o‘zini boshqarish, qonunchilik prinsiplariga tayanadi.
II. To‘garakka a’zolik.
2.1. To‘garakka mustaqil ravishda ilmiy-metodik ish olib borayotgan, yoki fakultetdagi har qanday kafedraning ilmiy-metodik ishlarida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishni xohlaydigan, shu fakultetda o‘qiyotgan barcha talabalar a’zo bo‘lishi mumkin.
2.2. To‘garak a’zoligiga qabul qilish unga a’zo bo‘luvchining to‘garak rahbari nomiga murojaati asosida amalga oshiriladi.

9.2 Eng yaxshi materiallar asosida tayyorlangan ilmiy, metodik maqolalar matbuotda nashr etish uchun tavsiya etilishi mumkin.
X. To‘garakning ilmiy rahbari
10.1. To‘garakning ilmiy rahbarligida shu to‘garakni tashkil qilgan kafedra professor-o‘qituvchilarigina rahbarlik qilishi mumkin.
10.2. Ilmiy rahbar sardor va to‘garakning faoliyati ustidan umumiy nazoratni tashkil etadi. Uning to‘garak mashg‘ulotlarida shaxsan ishtirok etishga haqlidir.
Yakunlovchi qoidalar.
11.1. Mazkur Nizomga oid o‘zgarish va to‘ldirishlar to‘garak a’zolarining tashabbusi, to‘garaklarga oid muvofiqlashtiruvchi kengash tavsiyasiga ko‘ra to‘garak a’zolarining oddiy ko‘pchiligi ovozi bilan qabul qilinadi.

Ushbu Nizom “Umumiy psixologiya” kafedrasi qoshidagi “Psixologik yetuklik-yetuk shaxs” to‘garagi a’zolarining Umumiy yig‘ilishida qabul qilingan. Toshkent shahri, 2018-yil 2–sonli majlisi bayonnomasidan.(12.09.2018)
TO‘GARAKNING MAQSADI
“Psixologik yetuklik-yetuk shaxs” ilmiy to‘garagi talabalar bilan psixologik o`z-o`zini rivojlantirish, shaxs mas’uliyatini shakllantirish, shaxsiy sifatlari va mas’uliyatini shakllantirish, o`z-o`zini anglash, shaxslararo munosabatni shakllantirish, psixologik yetuklikda o`z –o`zini kamolotga yetkazish borasida tushuntirish ishlari olib borish usul-vositalarini amaliyotda qo`llash ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat.

TO‘GARAKNING VAZIFALARI

- xarakterga ta’sir ko’rsatish va qobiliyatlarni rivojlantirish;
- jamoada o`zaro munosabatga kirishish ko`nikmasini shakllantirish;
- o`z hissiyotlari, fikrlari, xulq-atvorini boshqarish ko‘nikmasini shakllantirish.

Ochiq dars materiallari


1. Шахснинг ижтимоийлашуви ва ижтимоий хулқ-атвор
O`qituvchi : MIRASHIROVA NARGIZA ANVAROVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
маъруза матни.docx
(Ochiq dars materiali)




2. Oila psixologiyasi
O`qituvchi : MIRASHIROVA NARGIZA ANVAROVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
Маъруза матни.docx
(Ochiq dars materiali)

oila psixologiyasi.pptx
(Prezentatsiya)




3. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar
O`qituvchi : MIRASHIROVA NARGIZA ANVAROVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
кичик мактаб ёши тарқатма.docx
(Ochiq dars materiali)

5-мавзу.ppt
(Prezentatsiya)




4. ЕТУКЛИК ДАВРИ ПСИХОЛОГИЯСИ
O`qituvchi : MIRASHIROVA NARGIZA ANVAROVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
psixologiya.pptx
(Prezentatsiya)

Очи_ Дарс Word (3).docx
(Audio)

Screenshot_20181027-150747_Telegram.jpg
(Darsdan lavha)




5. Қарилик даврининг ўзига хос хусусиятлари
O`qituvchi : ZIYAVUTDINOVA GULNORA ZIYAVUTDINOVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
20160303_091936.jpg
(Prezentatsiya)




6. Кичик гуруҳлар психологияси
O`qituvchi : ZIYAVUTDINOVA GULNORA ZIYAVUTDINOVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
ochiq dars Z.G.Z. 2018 НОЯБРЬdocx.docx
(Ochiq dars materiali)

Кичик гуруҳлар психологияси.ppt
(Prezentatsiya)

Кичик гуруҳлар психологияси тарқатма очиқ дарсга.docx
(Audio)

photo_2018-11-15_13-15-03.jpg
(Darsdan lavha)




7. Ёшларни оилавий ҳаётга психологик тайёрлаш муаммоси
O`qituvchi : ZIYAVUTDINOVA GULNORA ZIYAVUTDINOVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
мавзу-16.docx
(Ochiq dars materiali)

Презентация ppt psixologiya.pptx
(Prezentatsiya)

1 cкелет.jpg
(Audio)

photo_2018-12-20_16-11-19.jpg
(Darsdan lavha)

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash.pptx
(Prezentatsiya)




8. Психологические особенности зрелости
O`qituvchi : RAHIMOVA INDIRA IGOREVNA            
O`quv fani : Общая психология

Yuklab olish uchun materiallar :
зрелость доклад.docx
(Ochiq dars materiali)

зрелость.ppt
(Prezentatsiya)

зрелость доклад.docx
(Ochiq dars materiali)

зрелость.ppt
(Prezentatsiya)




9. CОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ СЕМЬИ
O`qituvchi : RAHIMOVA INDIRA IGOREVNA            
O`quv fani : Общая психология

Yuklab olish uchun materiallar :
Асосий _ужжатлар Семья.docx
(Ochiq dars materiali)

ПСИХОЛОГИЯ ОТК УРОК.ppt
(Prezentatsiya)

Блиц опрос.docx
(Audio)

photo_2018-12-14_15-42-29.jpg
(Darsdan lavha)




10. ЎСМИРЛИК ДАВРИДА ПСИХИК РИВОЖЛАНИШ ХУСУСИЯТЛАРИ
O`qituvchi : ODILOVA NAIRA GULYAMOVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
Маъруза матни.docx
(Ochiq dars materiali)

6-мавзу.ppt
(Prezentatsiya)

WP_20181119_004.jpg
(Video)

тарқатма.docx
(Audio)

WP_20181119_001.jpg
(Darsdan lavha)




11. Илк ўспиринлик ёши даврида психик ривожланиш хусусиятлари
O`qituvchi : ODILOVA NAIRA GULYAMOVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
ruza matni.docx
(Ochiq dars materiali)

7-мавзу.ppt
(Prezentatsiya)

photo_2018-12-03_12-52-26.jpg
(Darsdan lavha)




12. Хотира
O`qituvchi : KAMALOVA ZULFIYA XASANOVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
Очи_ Дарс Zulfiya.docx
(Ochiq dars materiali)

4-xotira.pptx
(Prezentatsiya)

20181027_153300.jpg
(Darsdan lavha)




13. Деятельность и мотивация
O`qituvchi : KAMALOVA ZULFIYA XASANOVNA            
O`quv fani : Общая психология

Yuklab olish uchun materiallar :
Тема 4 Деятельность.docx
(Ochiq dars materiali)

4 тема.Деятельность и мотивация.pptx
(Prezentatsiya)

foto.jpg
(Darsdan lavha)




14. Muloqot
O`qituvchi : KADIROVA XOSIYAT AZAMATOVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
16-mavzu.docx
(Ochiq dars materiali)

MULOQOT.pptx
(Prezentatsiya)

глоссарий 16-мавзу.docx
(Audio)

photo_2018-12-03_12-54-31.jpg
(Darsdan lavha)




15. OILA PSIXOLOGIYASI
O`qituvchi : KADIROVA XOSIYAT AZAMATOVNA            
O`quv fani : Umumiy psixologiya

Yuklab olish uchun materiallar :
Оила психология Microsoft Word.docx
(Ochiq dars materiali)

Оила психологияси.ppt
(Prezentatsiya)

Топшири_ Microsoft Word.docx
(Audio)

photo_2018-12-14_16-12-34.jpg
(Darsdan lavha)



Kafedra a`zolari