Xorijiy tillar 2 kafedrasi

30.08

“Xorijiy tillar 2” kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan nofilologik ta'lim yo'nalishlarida chet til (ingliz, nemis, fransuz, xitoy) fanlari o'qitiladi.
Kafedrada 17 nafar asosiy shtatda professor-o'qituvchilar faoliyat yuritib, shulardan 13 nafari ingliz tilidan, 1 nafari Xitoy tilidan, 2 nafari Nemis tilidan, 1 nafari Fransuz tili fanlaridan saboq beradi.
Kafedraning 13 nafar professor-o‘qituvchilari 288 soatlik malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tdilar.
Kafedraning tasdiqlangan jadvali bo`yicha ochiq darslar o`z vaqtida muntazam o`tkazilib kelinmoqda.
"Xorjiy tillar 2" kafedrasi 2019-2020-o`quv yilida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Akademik litseyi bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirib keldi.
Hamkorlik faoliyati davomida kafedra o`qituvchilari tomonidan ingliz tili, nemis tili fanlaridan ochiq darslar o`tkazildi, o`quv fan dasturlari va taqvim-mavzuiy reja tayyorlashda yordam berildi, kollej o`qituvchilarining darslarida qatnashib uslubiy tahlil qilindi, hamkorlikdagi anjumanlar hamda ilmiy-metodik seminarlar tashkil etildi.

“Xorijiy tillar 2” kafedrasida ilmiy ishlar ham faoliyatga qo`yilgan bo`lib, kafedrada o'qituvchilar PhD N.Yunusova, o'qituvchilar: G.Maqsudova, U.Umirova T.Uralovalarning ilmiy tadqiqot mavzulari tasdiqlangan va mavzu yuzasidan xorijiy va OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilgan.
Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 3 ta o'quv – uslubiy qo'lanma, 15 dan ortiq xorij va OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarida ilmiy maqolalar nashr etilgan.
Mazkur davr davomida 13ta xalqaro, 7 ta respublika ilmiy maqola, 40 ta tezis nashr etilgan.

"Xorijiy tillar 2" kafedrasida 2019-2020 o`quv yili uchun ma`naviy - ma`rifiy ishlar rejasi tasdiqlanib, shu kungacha talaba - yoshlar bilan rejada belgilangan quyidagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda:
1.

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

Kafedra a`zolari