Masofaviy ta'lim kafedrasi

“Masofaviy ta’lim” kafedrasi universitet rektorining 2019 yil 22 iyuldagi 813-U-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan bo’lib, kafedrada 11 ta sirtqi va 8 maxsus sirtqi bo’yicha yo’nalishlar faoliyat olib boradi. Kafedra tarkibidagi asosiy 7 ta dotsent, 2 ta kata o’qituvchi va 21 ta o’qituvchilar
1. Biologiya o’qitish metodikasi
2. Tarix o’qitish metodikasi
3. Informatika o’qitish metodikasi
4. Texnologik ta’lim
5. Musiqa o’qitish metodikasi
6. Boshlang’ich ta’lim
7. Pedagogika va psixologiya
8. Maktabgacha ta’lim
9. Jismoniy tarbiya
10. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
11. Defektologiya yo’nalishlari bo’yicha ish olib boradilar.
“Masofaviy ta’lim” kafedrasida PhD, dotsent D.N.Mamatov rahbarlik qiladi.

Ma’sofaviy ta’lim kafedrasida o’quv jarayoni sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi uchun o‘qishga qabul qilingan o‘quv yili boshida (odatda, sentyabr-oktyabr oylarida) bevosita oliy ta’lim muassasasida 10 kunlik o‘quv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha qisqacha (ishchi o‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Talabalarga mavzular bo‘yicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar beriladi.
O‘quv sessiyasigacha bo‘lgan muddatda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘qish mustaqil, jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi.
Bunda talaba metodik ko‘rsatmalardan foydalangan holda ishchi o‘quv rejada semestr uchun rejalashtirilgan fanlarning dasturlarida belgilangan mavzularni mustaqil o‘zlashtiradi.
Talaba fan bo‘yicha topshiriqlarni bajargandan so‘ng, uni fan o‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Talaba.tdpu.uz sayti orqali) yuboradi hamda qayddan o‘tkazadi. Fan o‘qituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan o‘qituvchisi mavzular bo‘yicha navbatdagi topshiriqlar va ko‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin.
Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga o‘quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda o’quv platformasi orqali nazorat topshiriqlarini topshirgan bo’lishlari lozim.

Nizomiy nomidagi TDPU "Masofaviy ta'lim" kafedrasi 2019 yil sentyabr oyida tashkil etilgan. Kafedrada 30 nafar o'qituvchilar ishlaydi. O'qituvchilar pedagogik va ilmiy-uslubiy ishlarda katta tajribaga ega.
   O'tgan davr mobaynida kafedra o'qituvchilari tomonidan xalqaro jurnallarda 5 ta maqola nashr qilindi. Ulardan biri Scopus ma'lumotlar bazasiga kiritilgan xalqaro sinov muhandisligi va menejment jurnalida chop etilgan. Nashriyot mamlakati - Amerika Qo'shma Shtatlari.
Bundan tashqari, kafedra o'qituvchilari masofaviy o'qitish bo'yicha xalqaro va respublika konferentsiyalarida muntazam ishtirok etib kelmoqdalar. Anjumanlarda qatnashish natijasida o'qituvchilar tomonidan 14 ta maqola nashr etildi.
Kafedra yangi o'quv qo'llanmalarini, pedagogik faoliyatning interfaol shakllarini va masofaviy o'qitish usullarini ishlab chiqmoqda.
 Kafedra muntazam ravishda ilmiy va uslubiy seminarlarni o'tkazib turadi, ularda Scopus (Scopus) jurnallarida maqolalar dizayniga qo'yiladigan talablar kabi masalalar muhokama qilinadi; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyevning Farmoni Sh.M. 8.10.2019 yildagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi"; kredit-modulli o'qitish tizimining samaradorligi.
  Kafedrada fan doktori, doktorlik dissertatsiyasini o'rganish mavzulari, ilmiy fanlar doktori doktori, doktorlik dissertatsiyasini muhokama qilish jadvali bo'lgan kafedra o'qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari monitoringi tuzilgan.

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil kilinishi. 5ta tashabbus buyicha amalga oshirilayotgan ishlar.
1. Kafedrada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘rsatilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha 5 ta tashabbus yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi tuzilgan va tasdiqlangan. Shu borada Masofaviy ta’lim kafedrasida turli mavzularda kafedra guruh murabbiylari hamda “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha o‘qituvchilar tomonidan muntazam ravishda suhbatlar va tadbirlar o‘tkazilib turiladi. Jumladan:
Ustoz-shogird tizimi bo‘yicha kafedra mudiri D.Mamatov va maktabgacha ta’lim yunalishidagi talabamiz D.Tulaeva 16-sentyabr’ – xalkaro ozon katlamini ximoya kilish kuniga bagishlangan “Ozon katlami va men”mavzusida utkazilgan tanlovda ishtirok etishdi . Shu bilan birga kafedra o‘qituvchilari rahbarligida bir qator iqtidorli talabalar respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi. 101-amaliy psixologiya talabasi Fayzieva G.U va Sattorova Sh lar respublika mikesida va xalkaro mikesida utkazilgan konferensiyalarda makola bilan ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yeshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bush vaktini mazmunli tashkil kilish buyicha 5 ta tashabbusi yuzasidan kafedra professor-ukituvchilari va talabalar turli tadbir va musobakalarda ishtirok etdi.
2019 yil 15-16-okyabr kunlari Nizomiy nomidagi TDPU professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim “Masofaviy ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol qatnashishdi va faxrli o‘rinlarni egallashdi:
Sportning shashka turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni - Z.Urazova, shashka turi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni- B.Saidova, stol tennisi turi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni – N.Muxitdinova, stol tennisi turi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni- A.Sadikovalar egallashdi. G‘oliblar kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq, sovg‘a va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.


Masofaviy ta’lim kafedrasi tomonidan yuksak ma’naviyatli qat’iy hayotiy pozitsiyaga va keng dunyoqarashga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda kafedra guruh murabbiylari tomonidan suhbatlar uyushtiriladi. Kafedra murabbiylari muntazam ravishda talaba-yoshlarni teatr va muzeylarga tashrifini tashkil qiladi. Murabbiy-o‘qituvchilar Voxidova N BT-201 gurux talabalar bilan 2019 yil 1-oyabr’ kuni A.Temur muzeyiga tashrif uyushtirdi. Muzey talabalarda katta tassurot koldirdi




.“Masofaviy ta’lim” kafedrasining urta ta’lim, urta maxsus kasb-xunar ta’limi va akademik litseylar bilan xamkorligi buyicha olib borilayotgan ishlar.
Mazkur o‘quv yilida kafedra hamkorlik ishlari bo‘yicha mas’ul, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N.X.Voxidova tomonidan Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga qarashli 114 maktabi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan.
Hamkorlik shartnomasi asosida maktab direktori D.Sodiqova bilan o‘quv yili mobaynida amalga oshiriladigan ish rejasi tuzilib, tasdiqlangan0.

Kafedra professor-o‘qituvchilari “1-Oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni” maktabda tashkil etilgan tadbirda o‘z fikr mulohazalari bilan qatnashdilar.






Shuningdek, N.X.Voxidova tomonidan 16.10.2019 kuni 114 maktab o‘qituvchilari uchun “Muloqotning oltin qoidalari” mavzusida ma’ruza qilindi. Ma’ruzada o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotning sir asrorlari haqida fikr yuritildi. Ushbu mahorat darsi kafedrada muhokama qilinib, bayonnoma rasmiylashtirildi.

Bugungi kunda reja asosida hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.

Maktabgacha ta’lim vazirligida joriy 2019 yilning 21-sentyabr’ kuni ”Korrupsiya –jamiyat rivojining kushandasi”mavzusida bulib utgan seminarga bagishlangan tadbir bulib utdi. Kafedramiz ukituvchisi M.Xasanova va mt-208-gurux talabalari “Korrupsiyaga karshimiz”deb nomlangan tadbir utkazishdi.
Yesh avlodni jismonan soglom, ma’naviy yetuk bulib yetishishlari uchun talabalar sportni afzalliklaribsoglik uchun foydali tomonlari xakida gurux murabbiylari M.Xasanova va R.Daminovalar TS-201 va Mex-203-gurux talabalari 260-maktabda utkazilgan “Soglom xaet ”musobakasida ishtirok etdi.



. Kafedrada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘ratilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha 5 ta tashabbus yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi tuzilgan va tasdiqlangan. Shu borada Masofaviy ta’lim kafedrasida yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish mavzusida kafedra guruh murabbiylari hamda “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha o‘qituvchilar tomonidan muntazam ravishda suhbatlar va tadbirlar o‘tkazilib turiladi. Jumladan:
Ustoz-shogird tizimi bo‘yicha “Masofaviy ta’lim” kafedrasi professor-ukituvchilari talabalar bilan birgalikda faol ishlar olib borilmoqda. Kafedra o‘qituvchilari rahbarligida bir qator iqtidorli talabalar respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi.
Masofaviy ta’lim kafedrasi tomonidan yuksak ma’naviyatli qat’iy hayotiy pozitsiyaga va keng dunyoqarashga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda kafedra guruh murabbiylari tomonidan suhbatlar uyushtiriladi. Kafedra murabbiylari muntazam ravishda talaba-yoshlarni teatr va muzeylarga tashrifini tashkil qiladi. Murabbiy-o‘qituvchilar Sh.Bigmetova O‘zFA qoshidagi F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘iga, Sh.Bekchanova Aloqa muzeyiga talabalar bilan 2019 yil 5 noyabr va 11 noyabr kunlari tashrif uyushtirdi. Muzey talabalarda katta tassurot qoldirdi.







Masofaviy ta’lim kafedrasi tomonidan demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar faolligini oshirish hamda huquqiy savodxonligini oshirish mavzularida muntazam ravishda davra suhbatlari va tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda
Kafedra o‘qituvchilari, guruh murabbiylari talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish maqsadida teatr va e’tiborga molik yerlarga tashriflar uyushtirgan. Shu bilan birga talabalar bilan birgalikda voleybol sport musobaqalarida bellashuvda ishtirok etgan:




Masofaviy ta’lim kafedrasida yoshlar o‘rtasida huqubuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib turiladi.
2019 yil 5-noyabr kuni talabalarni kasbga yӯnaltirish maqsadida Informatika 203 –gurux talabalari bilan Uzbekiston Respublikasi Aloqa muzeyiga saëxat uyushtirildi.Talabalar mutaxassislik fani bӯyicha olgan nazariy ma’lumotlarini amaliëtda kӯrishdi.


2019 yil kuni BUM-201-gurux talabalari “Oltin kuz tarovati”nomli tadbir ӯtkazdilar.Kӯrgazma shaklida ӯtkazilgan bu tadbir boshqa gurux talabalarida katta taassurot qoldirdi.



2019 yil 16 noyabr kuni MT- 207-gurux talabalari bilan poytaxtimizda qad kӯtargan Toshkent sitysiga saëxat uyushtirildi.Ular u yerdagi guzallikni kӯrib yurtimizdagi ӯzgarishlarga qoyil qolishdi .Maydonning bezatilishi ularda katta taassurot uyg‘otdi.
















21-noyabr kuni Musiqa yӯnalishi 101-guruxida Uzbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 28 yilligiga bag‘ishlangan “Bayrog‘im-faxrim mening”nomli tadbir ӯtkazildi.Tadbirni ëshlar bilan ishlash bӯyicha prorektor O.Kӯysinov ochib berdilar.










2019 yil 25-noyabr kuni TS-101 gurux talabalari A.Mamajonov kӯrgazmasida ishtirok etishdi va ӯzlari uchun kerakli ma’lumotlarga ega bӯlishdi.













Musiqa yӯnalishida 23-noyabr kuni Uzbekiston davlat Konservatoriyasi Rusak Mark Borisovich tashrif buyurib master klass ӯtkazdi.Bu uchrashuv talabalarda kasbga bӯlgan qiziqishlarini oshirdi.






2019-yil 26-noyabr kuni Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim “Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” yo‘nalishi 101/5-guruh talabalari guruh murabbiyi “Masofaviy ta’lim” kafedrasi o’qituvchisi B.N.Saidova rahbarligida “Temuriylar tarixiy davlat muzeyi” muzeyiga borildi. Unda vatanimizning buyuk tarixi, O’zbekiston tarixi bilan bog’liq barcha davrlar haqida suhbat o‘tkazildi, tarixiy obidalar va eksponatlar bilan tanishtirildi. Temuriylar davriga oid ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Tadbir qiziqarli va jonli tarzda o‘tdi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.









2019-yil 2-dekabr kuni Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim “Tarix o’qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 101/5-guruh talabalari guruh murabbiyi “Masofaviy ta’lim” kafedrasi tarix fani o’qituvchisi A.Z.Mo’minov rahbarligida “O’zbekiston tarixi davlat muzeyi” muzeyiga borildi. Unda vatanimizning buyuk tarixi, O’zbekiston tarixi bilan bog’liq barcha davrlar haqida suhbat o‘tkazildi, tarixiy obidalar va eksponatlar bilan tanishtirildi. Tadbir qiziqarli va jonli tarzda o‘tdi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga utaxassislardan javoblar olishdi.




2019-yil 1-dekabr kuni Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim BT-101/5-guruh, talabalari guruh murabbiyi “Masofaviy ta’lim” kafedrasi o’qituvchisi B.N.Saidova , TO’M 101/5 guruh murabbiyi A.Mo’minov, Mus-101/5 guruh murabbiyi S.Rahmonberdiyeva guruh talabalari bilan 2019-yil 1-dekabr kuni Butun jahon OITS ga qarshi kurashish kuniga bag’ishlab,”Men, OIV profilaktikasi tarafdoriman” shiori ostida tadbir o’tkazildi.







2019 yil 6-dekabr kuni Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi professor-o’qituvchilari va guruh talabalari bilan 6-dekabr 2019 yil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.Tadbirda BT-101/5,102/5, MT-103/5-104/5-107/5, Mus101/5, TO’M101/5,IO’M101/5, Tas 101/5,PS101/5-guruh talabalari faol ishtirok etishdi.Tadbirda “Yosh pedagoglar” va “Kichkintoylar-shirintoylar” guruhi o’zaro bellashdilar.Ular o’zlarining chiroyli chiqishlari bilan barcha o’tirganlarni xushnud qilishdi, do’stlik g’alaba qozondi.















2019-yil 28-noyabr kuni Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim “Tarix o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 102/5-guruh talabalari guruh murabbiyi “Masofaviy ta’lim” kafedrasi tarix fani o‘qituvchisi A.Z.Mo‘minov rahbarligida TDPU elektron kutubxonasiga borildi va “Kutubxonadan foydalanish odobi” mavzusida tadbirda qatnashildi. Tadbirda ARM xodimi Z.Raximova talabalar bilan kitoblar dunyosi, kitobxonlik madaniyati haqida jonli muloqot o‘tkazdi. Tadbir qiziqarli o‘tdi, talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.


2019-yil 27-noyabr kuni Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi 101/5-guruh talabalari guruh murabbiyi “Masofaviy ta’lim” kafedrasi B.N.Saidova rahbarligida TDPU elektron kutubxonasiga borildi va “Kutubxonadan foydalanish odobi” mavzusida tadbirda qatnashildi. Tadbirda ARM xodimi Z.Raximova talabalar bilan kitoblar dunyosi, kitobxonlik madaniyati haqida jonli muloqot o‘tkazdi. Tadbir qiziqarli o‘tdi, talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.


2019 yil 3 dekabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim “Masofaviy ta’lim” kafedrasi dotsentlari N.Voxidova, Z.Urazova va B.Saidovalar rahbarligida “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari Toshkent shahridagi № 100-sonli maktab-internatga borildi va u yerda tarbiyalanuvchi bolalar bilan yaqindan tanishilib, suhbat o‘tkazildi. Tadbir oxirida maktab-internat o‘quvchilariga sovg‘alar berildi.





Masofaviy ta’lim kafedrasi “Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi” MT 107/5 guruhi 30.11.2019 o‘quv yilida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Axborot Resurs markazida bo‘lib o‘tgan tadbiri





Masofaviy ta’lim kafedrasi "Pedagogika va psixologiya" ta’lim yo‘nalishi 201/5 guruhi 25.10. 2019-2020 o‘quv yilida “Jismoniy faollik – psixik salomatlik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbiri utkazildi.



Masofaviy ta’lim kafedrasi "Pedagogika va psixologiya" ta’lim yo‘nalishi 101/5 guruhi 2.10. 2019-2020 o‘quv yilida 1-Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tgan tadbiri











Masofaviy ta’lim kafedrasi "Pedagogika va psixologiya" ta’lim yo‘nalishi 101/5 guruhi 9.10. 2019-2020 o‘quv yilida Nizomiy nomidagi TDPU ARMda bo‘lib o‘tgan tadbiri

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 2019 yil 4 va 6 dekabr kunlari Masofaviy ta’lim kafedrasi dotsent v/b Odilova N.G. tomonidan Psixologiya (umumiy psixologiya) ta’lim yo‘nalishi 101/5-guruh talabalari hamda Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 102/5-guruh talabalari bilan o‘tkazgan psixologik treningi




Masofaviy ta’lim kafedrasi "Musiqa ta’limi" ta’lim yo‘nalishi MUS 101/5 guruhi 21. 11. 2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi bayroq qabul qilingan kunga bag‘ishlab “Hilpira bayrog‘im-hilpira mag‘rur” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbiri












To`garaklar

Sirtqi (Maxsus sirtqi) bo‘lim “Masofaviy ta’lim” kafedrasida bugungi kunda 29 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Talabalarni darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida to‘garaklar tashkil etilgan. Barcha to‘garaklarning yillik ish rejalari ishlab chiqilgan va tegishli prorektorlar tomonidan tasdiqlangan reja asosida ishlar olib borilmoqda
1.Ilmiy to‘garak 1ta “Школа молодого педагога”
2.Ijodiy to‘garak 2ta “Mohir ijrochi”, Masofaviy ta’limda musiqa ta’limi
3. Kasbiy to‘garaklar 21 ta Kasb mahorati, Yosh pedagog, Занимателная математика, Qiziqarli matematika, Yosh metodist, Kasbiy еtuklik, Umumkasbiy fanlarni o‘quv-uslubiy ta’minoti, Psixologik xizmat, Tasviriy san’at, Materialshunoslik va konstruksion materiallar, Pedagogik mahorat, Kichik akademiya, Botaniklar, Yorqin tasvirlar, Mo‘yqalam, Kasbiy mahorat, Masofaviy ta’limda filologlar, Masofaviy ta’limda notiqlik san’ati, Mahoratli pedagog, Занимателная граматика.
Barcha to‘garaklar masofadan olib boriladi. Talabalar kasbiy, ijodiy va ilmiy bo‘yicha reja asosida vazifalar berib boriladi, ko‘rsatmalar onlayn orqali berib boriladi. Talabalarning bajargan ishlari masofadan tekshirib maslahatlar berib boriladi.

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

1. Algoritmlar
2. Amaliy perspektiva va soyalar nazariyasi
3. Arxeologiya.Etnologiya
4. Arxitektura elementlarini loyixalash
5. biologik kimyo va molekulyar biologiya
6. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
7. Bolalarning musiqiy ta'limi
8. Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi
9. Boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyalari
10. Boshlangich ta'lim pedagogikasi innovatsiya va integrasiyasi/
11. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi
12. Dastgohli akademik rangtasvir asoslari va kompozitsiya
13. Elektrotexnika, radiotexnika va elektronika
14. Grafik tasvirlash asoslari
15. Hulqi og'ishgan bolalar psixologiyasi
16. Ijtimoiy pedagogika.
17. Ijtimoiy psixologiya
18. Informatika
19. Iqtidorli bolalar psixologiyasi
20. Jismoniy madaniyatni o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish
21. Kasb psixologiyasi
22. KASBIY KOMPETENTLIK
23. Kompyuter grafikasi
24. Ma'lumotlar bazasi
25. Maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa o`qitish metodikasi
26. Maktabgacha ta'limda ijodiy gaoliyat asoslari
27. Maktabgacha ta'limni tashkil etish va raxbarning tashkilotchilik madaniyati
28. Maktabgacha talimda ijodiy gaoliyat asoslari
29. Markaziy Osiyoning qadimgi yozma yodgorloklari
30. Matematika o'qitish metodikasi
31. Mehnat va uni o'qitish metodikasi
32. O'zbekiston tarixi
33. Oila pedagogikasi
34. Ona tili o`qitish metodikasi
35. Ona tili va bolalar adabiyoti
36. Pedagogik diagnostika va koreksiya
37. Pedagogik konfelektalogiya.
38. Pedagogik texnologiya.
39. Pedagogika nazariyasi va tarixi.
40. Psixologiya nazariyasi va tarixi
41. Qo`shimcha cholg`u
42. Shaxs psixologiyasi. Maxsus psixologiya. Iqtidorli bolalalr psixologiyasi
43. Standartlashtirish, sertifikatsiya va metrologiya
44. Tarbiyaviy ishlar metodikasi

Kafedra a`zolari