2014 yil 30-31 may kunlari “Oilalarda sog‘lom muhitni kuchaytirish, ularning ma‘naviy asoslarini mustahkamlashning dolzarb metodologik-uslubiy va amaliy masalalari” mavzusida ilmiy konferentsiya o‘tkaziladi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi “Oila” va “Milliy g‘oya va mafkura” ilmiy-amaliy markazlari, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent iqtisodiyot universiteti bilan hamkorligida 2014 yil 30-31 may kunlari “Oilalarda sog‘lom muhitni kuchaytirish, ularning ma‘naviy asoslarini mustahkamlashning dolzarb metodologik-uslubiy va amaliy masalalari” mavzusida ilmiy konferentsiya o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan konferentsiya materiallari to‘plami nashr etish rejalashtirilmoqda.

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi “Oila” va “Milliy g‘oya va mafkura” ilmiy-amaliy markazlari, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent iqtisodiyot universiteti bilan hamkorligida 2014 yil 30-31 may kunlari “Oilalarda sog‘lom muhitni kuchaytirish, ularning ma‘naviy asoslarini mustahkamlashning dolzarb metodologik-uslubiy va amaliy masalalari” mavzusida ilmiy konferentsiya o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan konferentsiya materiallari to‘plami nashr etish rejalashtirilmoqda.

Batafsil

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi “Oila” va “Milliy g‘oya va mafkura” ilmiy-amaliy markazlari, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent iqtisodiyot universiteti bilan hamkorligida 2014 yil 30-31 may kunlari “Oilalarda sog‘lom muhitni kuchaytirish, ularning ma‘naviy asoslarini mustahkamlashning dolzarb metodologik-uslubiy va amaliy masalalari” mavzusida ilmiy konferentsiya o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan konferentsiya materiallari to‘plami nashr etish rejalashtirilmoqda. Konferentsiya materiallari to‘plamida Respublikada mavjud oliy o‘quv yurtlar olimlari, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilar o‘z maqolalari bilan qatnashishlari mumkin. Konferentsiya materiallari to‘plamini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: - ilmiy maqolalar anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim; - taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi; - anjumanda qatnashish bo‘yicha muallifning familiya, ismi va sharifi, maqola nomi, tashkilot nomi, lavozimi, xizmat manzili, telefon, faks hamda elektron pochta manzillari ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur; - anjuman materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin; - ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm. Joy qoldirib, 2 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi va otasining ismi hamda familiyasi bosh harflarda yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida Times New Roman shriftida, 12 kegel kattaligida bo‘lishi va 4 betdan oshmasligi lozim. Elektron nusxasi disk yoki fleshkaga yozilgan holda yuboriladi yoki elektron pochtadan jo‘natiladi. Anjumanda qatnashish uchun ilmiy maqolalar 2014 yil 30 aprelgacha qabul qilinadi. Maxsus ekspertlar tomonidan anjumanga nomunosib deb topilgan maqolalar dasturga va materiallar to‘plamiga kiritilmaydi. Yuborilgan maqola mualliflarga qaytarilmaydi. Nashr xarajatlari uchun maqolaning har bir sahifasiga oldindan 10.000 so‘mdan to‘lanadi. Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent davlat pedagogika universiteti - Toshkent shahri, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi 103-uy (pochta indeksi 100100).Telefonlar: (998-71)255-79-51; 255-50-95; faks: (998-71)215-54-18. Elektron pochta: bek-17-67@mail.ru yoki matlyuba71@mail.ru Mas‘ullar: Jamiyev Bekzod Akramovich – Tel:255-79-51;

Mavzuga oid