Amir Temur tavalludining 678-yilligiga bag`ishlangan “Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz” mavzusidagi ochiq dars bo’lib o’tdi

O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida 2014 yil,8-aprel kuni Amir Temur tavalludining 678-yilligiga bag`ishlangan “Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz” mavzusidagi ochiq dars bo’lib o’tdi.

Tafsilot

O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida 2014 yil,8-aprel kuni Amir Temur tavalludining 678-yilligiga bag`ishlangan “Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz” mavzusidagi ochiq dars bo’lib o’tdi.

Batafsil

Bugun mamlakatimizda buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 678 yilligi keng nishonlanmoqda. Joylarda turli anjuman, ma’naviy-ma’rifiy tadbir va uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda. Nizomiy nomidagi TDPU O’zbek tili va adabiyoti fakultetida namunaviy ochiq murabbiylik darslarini o’tkazish an’anaga aylangan.
Amir Temur tavalludining 678 yilligiga bag’ishlangan ochiq axborot va murabbiylik darsi 102- guruh tashabbusi bilan o’tkazildi. Guruh murabbiyi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Gulbahor Ashurova Amir Temurning dunyo tamaddunida tutgan o’rni, hayoti va faoliyati haqida gapirib darsni ochib berdi. Shundan so’ng noana’naviy sahnalashtirilgan kompozitsiya talabalar tomonidan ijro etildi. Sahna ko’rinishi ozarbayjon yozuvchisi Yunus O’g’izning “Amir Temur” romani asosida sahnalashtirildi. Unda Amir Temur va ustozi Sayid Baraka obrazilari yorqin yoritib berildi. Amir Temurga bag’ishlangan she’r, qo’shiq, deklamatsiyalar talabalar tomonidan jonli ijro etildi.
Tadbir O’zbek tili va adabiyoti fakulteti binosining “O’zbekiston-Ozarbayjon” do’stlik xonasida bo’lib o’tdi. Tadbirda ozarbayjonlik mehmonlardan “Oltin qalam” mukofoti sovrindori Gulu Kengerli, Kifoyatxonim Pirmamedova, Salamaxonim Fatalievalar ishtirok etishdi. Shuningdek, “Ozarbayjon-O’zbekiston” do’stlik jamiyati ijrochi direktori E.Nuriddinov, universitet xalqaro bo’lim rahbari I. Shamsmuxammedov, fakultet dekani I.Azimov, dekan muovini G. Jo’raeva, kafedra mudirlari K.Mullaxo’jaeva, M.Saparniyozova, S.Muhammedova, R.Niyozmetova va E.Abduvaliev,guruh murabbiylari va talabalar ishtirok etishdi.Ushbu ochiq dars nihoyatda qiziqarli va mulohazalarga boy tarzda o’tdi. U barcha ishtirokchilarda katta taa’ssurot qoldirdi. Dekan va kafedra mudirlari darsni tashkil etilishi, yutuqlari haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi. “O’zbekiston-ozarbayjon” do’stlik xonasida o’tkazilayotgan bu kabi tadbirlar G. Ashurovaning tashabbusi ekanligi e’tirof etildi.

Mavzuga oid