Kasb ta’limi fakulteti “Ishlab chiqarish texnologiyalari” kafedrasi о‘qituvchilari tomonidan TDPU qoshidagi akademik litseyda tadbir о‘tkazildi

asb ta’limi fakulteti “Ishlab chiqarish texnologiyalari” kafedrasi о‘qituvchilari tomonidan TDPU qoshidagi akademik litseyda tadbir о‘tkazildi

asb ta’limi fakulteti “Ishlab chiqarish texnologiyalari” kafedrasi о‘qituvchilari tomonidan TDPU qoshidagi akademik litseyda tadbir о‘tkazildi

TDPU qoshidagi akademik litsey faoliyatini «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» tamoyillari asosida ta’minlash hamda litsey о‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichlarida uzluksiz maqsadli tayorlash ishlarini samarali tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda oliy va о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari о‘rtasidagi о‘zaro hamkorlik va integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirish haqida universitet rektorining 2014 yil 3 martdagi 119-u sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Ishlab chiqarish texnologiyalari” kafedrasi о‘qituvchilari 07.04.2014y. sanasida TDPU qoshidagi akademik litseyda tadbir о‘tkazishdi.
Tadbirda kafedra mudiri A.E.Parmonov boshchiligida quyidagi bir guruh о‘qituvchilar faol qatnashishdi. Karimova.N Norbutayeva.D Xamidov.J Dadayev.G‘ Zuparova.D Umirova.B Samikova.Z. Tо‘lqinova.X. Shirmatova.G Umarova.F Sharipova.G
Tadbirda akademik litsey о‘quvchilariga Kasb ta’limi fakulteti “Ishlab chiqarish texnologiyalari” kafedrasi tarixi, bugungi kuni, yutuqlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kafedrada tayyorlanadigan mutaxassislik yо‘nalishlari haqida tо‘liq ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar olib borildi va kо‘rgazma tashkil etildi. Tashkil qilingan kо‘rgazmada litsey о‘quvchilari о‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga tо‘liq javob olishdi va kо‘rgazma ularda katta taassurot qoldirdi.