YUNESKOning mintaqaviy vakolatxonasi direktori universitet mehmoni

2014 yil 24 may kuni universitetimizga YUNESKOning mintaqaviy vakolatxonasi direktori Gvang Jo Kim tashrif buyurdi.

Tafsilot

2014 yil 24 may kuni universitetimizga YUNESKOning mintaqaviy vakolatxonasi direktori Gvang Jo Kim tashrif buyurdi.

Batafsil

2014 yil 24 may kuni universitetimizga YUNESKOning mintaqaviy vakolatxonasi direktori Gvang Jo Kim tashrif buyurdi.
Nufuzli mehmonga YUNESKO ishlari bо‘yicha О‘zbekiston Milliy komissiyasi mas’ul kotibi A.Ikramov hamrohliq qildi.
YUNESKOning mintaqaviy vakolatxonasi direktori Gvang Jo Kim universitetdagi “Qadriyatlar va fuqarolik ta’limi” nomli YUNESKO kafedrasi professor-о‘qituvchilari va talabalar bilan uchrashuvida Global citizenship” (“Jahon fuqaroligi”) mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada Sharq va G‘arb ta’lim tizimidagi islohotlar, ularning istiqbol rejalari, ta’lim kо‘rsatkichlari, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi islohotlar va erishilgan natijalar haqida tahliliy ma’lumotlar berildi.
Ta’lim-tarbiya tizimi orqali mamlakatlararo va millatlararo tinchlik va dо‘stlik aloqalarinini yanada mustahkamlash, har bir mamlakatning tarixi, urf-odatlari, qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni о‘rganish, insoniylik, tinchlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdirish masalalari ilgari surildi.
Uchrashuvda ishtirok etgan professor-о‘qituvchilar va talabalar ingliz tilida tо‘liq muloqot olib bordilar. Ma’ruza yuzasidan berilgan savollarga mehmonning chuqur ilmiy-nazariy, tahililiy javoblari olindi. Uchrashuv talabalar va professor-о‘qituvchilar uchun muhim ijtimoiy, pedagogik ahamiyatga ega bо‘ldi.