O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbollari mavzusidagi talabalar ilmiy-nazariy konferensiyasi

Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakul‘teti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi tomonidan 2014 yil 13 iyun kuni “Sog‘lom bola yili” munosabati bilan “Ustoz-shogird” tamoyiliga asoslangan “O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbollari” mavzusidagi talabalar ilmiy-nazariy konferensiyasi rektorat binosining anjumanlar zalida tashkil etildi.

Konferensiyani “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent Ismailov Omilxon Shukurillayevich olib bordi. Nizomiy nomidagi TDPU rektori, p.f.d. Sharipov Shavkat Safarovich konferentsiyani tabrik so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakatimizda mustaqillik yillari juda katta yutuqlar, shu jumladan, ta‘lim sohasida katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berganini alohida ta‘kidlab o‘tdi. Ayni vaqtda, Shavkat Safarovich talabalarning mamlakatimiz rivojlanishiga o‘z xissalarini yanada ko‘proq qo‘shishlari kerakligini e‘tirof etdi. Bugungi anjuman shu yo‘nalishdagi bir qadam ekanligini qayd etdi. Konferensiya “San‘at” fakul‘teti 301-guruh talabasi Xikmatova Durdonaning “Iqtisodiyot va ma‘naviyatning uyg‘unligi jamiyat taraqqiyotining negizi” mavzusidagi ma‘ruzasi bilan boshlandi. Talabalarda “Chet tillari” fakul‘teti 303-guruh talabasi Raximova Sitora va “Sa‘nat” fakul‘teti 302-guruh talabasi Davlatova Azizaning hamkorlikdagi “The Development of small business and quotient enterprise in Uzbekistan” hamda “Pedagogika va psixologiya” fakul‘teti 305-guruh talabasi Xusainova Malikaning “Vanking system of the republic of Uzbekistan” ingliz tilidagi va “Pedagogika va psixologiya” fakul‘teti 305-guruh talabasi Babadjanova Kamilaning rus tilidagi “Investitsionnaya politika Uzbekistana v usloviyax ekonomicheskix reform” mavzusidagi chiqishlari katta taasurot qoldirdi. Ayniqsa ma‘ruzachilarning savollarga puxta javob berishganlari esda qoladigan bo‘ldi. Konferensiya oxirida anjumanning faol ishtirokchilariga Universitet “Ma‘naviy-axloqiy tarbiya” ishlari bo‘yicha prorektori Jamoldinova Odinaxon Rasulovna Universitet rahbariyati nomidan faxriy yorliqlar topshirdi.