“Yoshlar bugunimiz va ertamizning hal qiluvchi kuchi” mavzusida Konferentsiya o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan,ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi tomonidan 2014 yilning 29 avgust kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 23 yilligiga bag’ishlangan “Yoshlar bugunimiz va ertamizning hal qiluvchi kuchi” mavzusida Konferentsiya o’tkazildi.

Konferentsiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi A.Mamatov, Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi o’rinbosari A.Qirg’izboyev, Respublika Ma`naviyat targ’ibot markazi rahbari Q.Quronboyev, Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o’qituvchilari, talaba yoshlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Konferentsiyada mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning bevosita rahnamoligida Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab, kelajagimiz bo’lmish yosh avlodni har tomonlama komil va barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalalariga davlat siyosati darajasida e`tibor qaratib kelinayotganligiga alohida urg’u berildi. Darhaqiqat, Mustaqillik yillarida yoshlarimizni bilim olishlari uchun barcha shart- sharoitlarga ega bo’lgan zamonaviy ta`lim muassasalari barpo etilganini, bugungi kunda ta`lim muassasalarida asosiy e`tibor, ularga chuqur ta`lim-tarbiya berishga, yot g’oyalarga qarshi kurasha oladigan hamda o’zining mustaqil fikriga ega bo’lgan, hech kimdan kam bo’lmagan ma`nan Yetuk va komil inson qilib tarbiyalashga qaratilganligi ta`kidlab o’tildi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 4950 ta maktabgacha ta`lim muassasalarida 600 mingdan ko’proq yoshlarimizning tarbiyalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan bo’lsa, mavjud 9739 ta umumiy o’rta ta`lim maktablarida 4,5 milliondan ortiq o’g’il-qizlarimiz dunyoning rivojlangan mamlakatlari farzandlari xam xavas qilsa arziydigan eng zamonaviy va shinam ta`lim maskanlarida ta`lim va tarbiya olmoqdalar.Jumladan, ularning ixtiyoriga, 483 ta Bolalar va o’smirlar sport maktablari, 211 ta “Barkamol avlod markazlari” davlamiz tomonidan beminnat tuhfa qilindi va mazkur maskanlar bugungi kunda yoshlarimizning eng sevimli go’shalariga aylandi. Milliy dasturda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, respublikamizda mazmunan yangi – o’rta maxsus kasb-xunar ta`limi tizimi shakllantirilganligi va uning ulkan moddiy-texnik bazasiga asos solindi. Bugungi kunda respublikamizdagi 1554 ta akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida tahsil olayotgan 1 million 600 mingdan ko’proq o’quvchi-yoshlarimiz 220 dan ortiq yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha kasb sirlarini o’rganmoqdalar. Ma`ruzachilar tomonidan mavjud o’rta-maxsus kasb-xunar ta`lim muassasalarining deyarli barchasi mustaqillik yillarida yangidan qurilganligi va kapital ta`mirdan chiqarilganligi, eng zamonaviy o’quv-labaratoriya jihozlari hamda darslik va o’quv qo’llanmalari bilan to’liq ta`minlanganligi e`tirof etildi. Shkningdek, konferentsiyada ta`lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali qadrlar tayyorlashda oliy ta`lim muassasalarining o’rni, zamonaviy o’quv jihozlari bilan jihozlanganligi, Yetuk malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashtirilganligi, shu bilan birga mamlakatimizda ta`lim sohasidagi islohotlar uzoqni ko’zlab amalga oshirilayotganligi, bugungi kunda nafaqat vatandoshlarimiz, balki horijiy ekspertlar tomonidan ham yuksak e`tirof etilayotganligi haqida ta`kidlandi.