1 kurs talabalari bilan davra suhbatlari tashkil etildi

“Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go’zal O’zbekistonim!” Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining Hay`at yig’ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida 2 sentyabr kuni birinchi kurs talabalari bilan “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go’zal O’zbekistonim!” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

Unda universitet rektori SH. Sharipov hamda sohalar bo’yicha prorektorlar salkam 20000 abituriyentdan universitetimiz talabasi bo’lish sharafiga muyassar bo’lgan bo’lgan 1700 nafar 1-kurs talabalarini tabriklab, O’zbekistonda mustaqillik yillarida ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, universitetimiz nufuzi, ta`lim va tarbiya sohasida erishilayotgan yutuqlar haqida ma`lumotlar taqdim etishdi. Davra suhbatlarida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi qoshidagi Bosh ilmiy metodik markaz raxbari U.SH.Begimqulov ishtirok etdi va “Buyuk ajdodlarimiz hayoti, ular erishgan va bugungi kunda butun ma`rifatli insoniyatni xayratga solib kelayotgan yutuqlari” mavzusida ma`ruza qildi. Ma`ruzalar elektron taqdimot slaydlari asosida tashkil qilindi. Sentyabr oyida universitetda “Mustaqillik darslari” va “Birinchi kurs maktabi” doirasida olib boriladigan ma`naviy-ma`rifiy, tashkiliy tadbirlarda talabalar kasaba uyushmasi, muzeylar majmuasi, xodimlar bo’limi kabi bir qator bo’limlar taqdimotlari bilan birga taniqli fan va madaniyat xodimlari, san`atkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish ham rejalashtirilgan. Nargiza RASULMUHAMEDOVA