Pedagog kadrlarni QT va MO markazi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori hamda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug‘i asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etilgan.

Tafsilot

Qisqacha

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori hamda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug‘i asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etilgan.

Batafsil

NIZOMIY NOMIDAGI TDPU Huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi Universitet huzuridagi oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi 2016-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4732-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-sonli “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan faoliyat olib bordi. Tarmoq markazida: Pedagogika va psixologiya; Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat; Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi; Defektologiya; Mehnat ta’limi; Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi; Musiqa ta’limi; Tarix o‘qitish metodikasi; Maktabgacha ta’lim; Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi; Ona tili va adabiyoti (Qozoq tili) yo‘nalishlarida 2 oylik (288 soatli) qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2016 yil 2 fevraldagi (№07/1-73, 05.02.2016 y.) topshirigi hamda “Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish buyicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari” dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan universitet huzuridagi tarmoq markazida yuqorida qayd etilgan barcha qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha xalkaro tajribalar asosida o‘quv reja va modul dasturlari ishlab chiqilib o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 apreldagi 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi. Barcha yo‘nalishlar o‘quv rejalariga yangi kiritilgan fan modullari bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Tarmoq markazida pedagogik faoliyat olib borish uchun O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi va oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilaridan iborat jami 28 nafar mutaxassislar (3 nafar fan doktori, 17 nafar fan nomzodi, 8 nafar katta o‘qituvchilar) tarkibi shakllantirilgan. Shulardan 20 nafarini universitet professor-o‘qituvchilari tashkil etadi (markaz bo‘yicha ilmiy salohiyat 72%). Tarmoq markazida pedagogik faoliyat olib borishga Bosh ilmiy-metodik markazi tomonidan tashkil etilgan “Trenerlar tayyorlash kursi” ni muvaffaqiyatli yakunlagan professor-o‘qituvchilar jalb qilingan. Tarmoq markazi uchun 14 ta xona ajratilgan. Shundan: ma’muriy xonalar soni 5 ta, o‘quv auditoriyalar soni 9 ta. Jihozlangan 2 ta kompyuter xonasi, 1 ta lingofon xonasi, internetga ulangan 67 ta kompyuterlar, 2 ta elektron doskalar va 6 ta videoproektor ta’limni sifatli tashkil etishga xizmat qiladi. Tarmoq markaziga viloyatlar oliy ta’lim muassasalaridan kelgan barcha tinglovchilar uchun universitetning 9-talabalar turar joyidan 130 ta o‘rinlar ajratilgan. Turar joyga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq (100%) qamrab olingan. Tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil ta’lim olishi, joriy va oraliq nazoratlarga tayyorgarlik ko‘rishlari, bitiruv ishini bajarishlari uchun tarmoq markazi professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan tmetod.uz. sayti yaratilgan. Ushbu saytdan tinglovchilar o‘z o‘quv faoliyatida foydalanishlari uchun elektron o‘quv resurslari (darslik, qo‘llanma, ensiklopediya, metodik ishlanmalar, maqola) joylashtirilgan. Tinglovchilarning pedagogik amaliyoti universitet rektorining buyrug‘i asosida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha universitetning profil kafedralarida tashkil etiladi va o‘tkaziladi. O‘tgan davr maboynida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari ta’lim jarayoniga 11 nafar yuqori malakali xorijlik mutaxassislar taklif etilgan va ular tomonidan tinglovchilar uchun master-klass, seminar-trening va davra suhbatlari tashkil etilgan. Tarmoq markazida oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlari (QT va MO kursi tinglovchilari)ni attestatsiyadan o‘tkazish va baholash uchun 13 nafar Attestatsiya komissiyasi tarkibi shakllantirilgan. Attestatsiya komissiyasining 6 nafarini universitet professor-o‘qituvchilari tashkil etadi. 2017 yil yanvar-dekabr oylari uchun tarmoq markazida yillik reja grafik bo‘yicha 11 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 681 nafar pedagog kadrlarning malaka oshirishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 642 nafar (95 %) ga bajarilgan. 2018 yilda tarmoq markazida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi 913-sonli buyrug‘iga binoan oliy ta’lim muassasalarining 510 nafar professor-o‘qituvchilari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qishi rejalashtirilgan.