Fizika-matematika fakultetida universitetning 80 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

2015 yil 18 fevral kuni universitetning 5-anjumanlar zalida fizika-matematika fakultetida universitetning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Hozirgi zamon matematikasining dolzarb muammolari” mavzusidagi ijodiy uchrashuvda fizika-matematika fakultetining tashkil etilishi, unda ishlagan ustozlar, ularning yaratgan maktablari haqida sо‘z yuritildi.

Tadbirda О‘zbekiston va jahonda matematika faniga salmoqli hissa qо‘shib kelayotgan yetuk matematik olimlar qatnashdilar. Tadbirda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Sh.A.Ayupov “О‘zbekistonda matematkaning zamonaviy yо‘nalishlari rivojlanishi va ilmiy maktablari” mavzusida ma’ruza qildi. Keyingi ma’ruzachi AQSH ning Kaliforniya universiteti professori Z.Ibragimov bо‘lib, u “AQSH dagi oliy ta’lim tizimi haqida” nomli ma’ruzasi bilan tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Oxirgi ma’ruzachi “Matematik analiz” kafedrasi professori M.Madirimov “Fizika-matematika fakultetining tashkil qilinishi va rivojlanishi” mavzusida ma’ruza qilib, fakultet tarixi, unda ishlagan ulug‘ ustozlar haqida, ularning ibratli hayoti, qoldirgan boy ilmiy merosi haqida gapirdi. Ustoz о‘z ma’ruzasida talabalarni ustozlarga mos shogird bо‘lishga, universitetning 80 yillik tо‘yiga о‘zlarining oz bо‘lsada hissalarini qо‘shishga chaqirdi. Tadbir sо‘ngida mazmunli kuy va qо‘shiqlar yig‘ilganlar kо‘nglini xushnud etdi.