Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi 2005 yil 8-noyabrda tashkil etilgan.

Tafsilot

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi 2005 yil 8-noyabrda tashkil etilgan.

Batafsil

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasiga yuridik fanlar nomzodi Jamalov Nodir Kasimxanovich rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 55 % ni, o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi esa 45 yoshni tashkil etadi. Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida f.f.n., dots. M.A. Sobirova, Y.f.n. N. Jamalov, p.f.n., dots. N. F. Saydalixodjayeva, s.f.n. X.S.Jumaniyozov fan doktori, katta o‘qituvchilar A.Norboyev, o‘qituvchilar U.Nigmanova, A.Rasulova falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bо‘lish uchun harakat qilmoqda.

Kafedrada 5111600 - Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi: Milliy g‘oya va ma’naviyatning pedagogik asoslari, Etnomadaniyat, Globallashuv asoslari, Geosiyosat asoslari, Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi, Dinshunoslik, Ma’naviyatshunoslik, Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari, Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etisht metodikasi, Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini о‘qitish metodikasi, Davlat va huquq tarixi va nazariyasi, Konstitusiyaviy huquq, Huquq sohalari.

Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 4-bosqichlarida Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, 1-bosqichlarida Milliy g‘oya: О‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fani o‘qitiladi.

5A111601 – Ma’naviyat asoslari mutaxassisligida quyidagi fanlar o‘qitiladi: Ma’naviyatning ilmiy metodologiyasi, Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, Ma’naviyat va din, G‘arb va Sharq ma’naviyati, Oila ma’naviyati, Shaxs ma’naviyatini rivojlantirish omillari. Milliy g‘oya, manaviyat asoslari va huquq talimi yo‘nalishi ishchi o‘quv rejasiga asosan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘iboti jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun yo‘nalishning 2–bosqich talabalari fevral oyida o‘quv jarayonidan ajralgan holda bir haftalik o‘quv amaliyotiga jalb qilinadi. O‘quv amaliyotiga jalb qilingan talabalarga kafedraning tajribali va o‘z ustida ishlaydigan yosh, izlanuvchan professor o‘qituvchilari biriktiriladi. Talabalar o‘quv amaliyotini Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazida, Toshkent shahar “Mahalla” jamg‘armasi Yakkasaroy tumani bo‘limida, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Yoshlar Ittifoqida o‘taydilar. Mazkur tashkilotlar bilan kafedraning shartnomalari mavjud.

Shuningdek, 3-bosqich talabalari mart oyida huquq sohalari bо‘yicha amaliyotdan ajralgan holda umumta’lim maktablariga ikki haftalik o‘quv amaliyotiga jalb qilinadi. Amaliyot oldindan tuzilgan maxsus ish reja asosida olib boriladi. Amaliyot davrida talabalarga turli mavzularda tadbirlar, seminar-treninglar tashkil etish, targ‘ibotchilar guruhini shakllantirish, tadbirlar dasturini tuzish, press-reliz tayyorlash, hujjatlar bilan ishlash, hisobotlar, maruza matnlari tayyorlash kabi amaliy faoliyat turlari o‘rgatiladi. Kafedra professor o‘qituvchilari: N.K. Jamalov, M.A. Sobirova, N.F. Saydalixodjayeva, N.M. Akayeva, S.S. Tilaboyev, B.S. Turdiyev tomonidan 2016-2017 yillarda referatlanadigan xorijiy jurnallarda maqolalar chop etildi. Shuningdek kafedraning о‘qituvchilari I.Xoliqov, X. Jumaniyozov, M.Sobirova, N. Saydalixodjayeva, N. Akayeva, N. Jamalov, A. Norboyev tomonidan 2016-2017 yillarda monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etildi.

2017 yil 6 dekabr kuni Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi tomonidan О‘zbekiston respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya – inson manfaatlari garovi” mavzusida iilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilib, uning materiallari tо‘plam holida nashr qilindi. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasida ilmiy nazariy va ilmiy-uslubiy seminarlar o‘z faoliyatini olib boradi. Ilmiy nazariy va ilmiy uslubiy seminarlar bo‘yicha 2017-2018 o‘quv yili uchun rejalar tuzilgan. Ilmiy nazariy seminarlar har oyning ikkinchi haftasi, ilmiy uslubiy seminarlar esa har oyning uchinchi haftasida muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. 2017-2018 o‘quv yilida “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi ilmiy-nazariy seminarida “Milliy g‘oya” fanini o‘qitishdagi yutuq va muammolar” mavzusida kafedra dotsenti M. Sobirova, “Barkamol avlodni tarbiyalashda ekstremistik g‘oyalarga qarshi kurashning metodologik asoslari” mavzusi bo‘yicha kafedra professori I.Xoliqov, “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” kursining ilmiy -nazariy asoslari bo‘yicha kafedra dotsenti X. Jumaniyozov ma’ruza qilib, ular tahlil qilindi. Shuningdek, kafedraning 2017-2030 yillarda rivojlantirish dasturi” qabul qilingan bо‘lib, ushbu dasturda belgilangan vazifalar bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. Kafedra innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy texnika dasturi loyihasida 2016-2017 yillarda “Favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishning davlatlararo ahamiyat kasb etishi va uning ta’lim muassasalarida о‘qitilishi” bо‘yicha о‘quv qо‘llanma tayyorlash” mavzusidagi IOT-2015-1-34 raqamli innovatsion grant loyihasida ishtirok etdi. Kafedrada iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash, ularni maqsadli o‘qitish va turli tanlovlarga tayyorlash maqsadida “Yosh targ‘ibotchi”, “Yosh huquqshunos”, “Oila maktabi”, “Xalqimiz ma’naviy merosini о‘rganamiz”, “Geosiyosat va mafkura” nomli to‘garaklar tashkil etilgan. To‘garakka fakultetning ko‘plab iqtidorli talabalari jalb etilgan bо‘lib, tо‘garak a’zolari ishtirokida bir vator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Kafedra majlisining qarori bilan istedodli professor o‘qituvchilar to‘garak rahbarlari etib tayinlanganlar. Kafedrada akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik samarali tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, o‘quv-metodik ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar o‘tkazishni tashkil qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Nizomiy nomidagi TDPU va TDYUI qoshidagi akademik litseylarda kafedraning filiallari tashkil etilgan. Yakkasaroy yengil sanoat kasb-hunar kolleji bilan kafedraning hamkorlik shartnomasi mavjud. Tayanch kafedra sifatida respublikadagi turdosh OTM larning tegishli kafedralari bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 26 ta fandan о‘quv fan dasturlarini tuzish, malaka talablari, о‘quv reja va ishchi fan dasturlarini takomillashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonlariga oid innovatsion loyihalar tayyorlash, oliy ta’limda ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan meyoriy-uslubiy hujjatlarni birgalikda tahlil etish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib boriladi.