O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

Hozirgi kunda ham universitet miqyosidagi ijtimoiy siyosiy fanlarni o‘qitilishi bilan o‘ziga hos tarixiy tajribaga ega bo‘lgan mazkur kafedraga endilikda falsafa fanlari doktori M.Qahhorova rahbarlik qilib kelmoqda.

Tafsilot

Qisqacha

Hozirgi kunda ham universitet miqyosidagi ijtimoiy siyosiy fanlarni o‘qitilishi bilan o‘ziga hos tarixiy tajribaga ega bo‘lgan mazkur kafedraga endilikda falsafa fanlari doktori M.Qahhorova rahbarlik qilib kelmoqda.

Batafsil

“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi 1998-yilning sentyabr oyida tashkil etilgan. Professor M.Zaripov kafedraga mudirilik qilgan. M.Zaripovning rahbarligida kafedra ma’naviy muhiti butun universitet jamoasi uchun namuna darajasiga ko‘tarilgan. Kafedrada zahira kadrlar tayyorlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib, 2000-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan falsafa fanlari nomzodi M.M.Qahhorova 2007-yildan boshlab, kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirda kafedrada jami 12.25 shtat birligida (11.25 sh.b. asosiy va 1 sh.b o‘rindoshlik) 17 nafar professor-o‘qituvchidan 14 tasi asosiy shtatda (3 ta fan doktori, 1 ta fan nomzodi, dotsent, 3 ta fan nomzodi, 3 ta katta o‘qituvchi, 3 ta o‘qituvchi), 3 tasi o‘rindoshlik asosida (1 ta fan doktori, professor, 1 ta katta o‘qituvchi, 1 ta o‘qituvchi) faoliyat olib borishmoqda. Talaba yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibida asosiy shtatda 3 ta fan doktorlari: falsafa fanlari doktori, prof. v.b. M.Qahharova, falsafa fanlari doktori professor, N. Mamatov, tarix fanlari doktori I. Ostonaqulovlar, 3 ta fan nomzodlari: falsafa fanlari nomzodi O‘.Yusupov, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent X.Xolmirzayev, tarix fanlari nomzodi A.T.Sobirov, falsafa fanlari nomzodi G.Eshanova va dotsent N.Qolqanovlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedrada 3 nafar katta o‘qituvchilar: E.Yusupova, X.Qodirova, R.Xalimmetova hamda yosh o‘qituvchilar Sh.Otaqulov, X.Xaknazarov va D.Bobojonovlar faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra tarkibi: • Qahhorova Matlyuba Manofavna – falsafa fanlari doktori, dotsent, kafedra mudiri. • Mamatov Normurod - falsafa fanlari doktori professor. • Ostonaqulov Ikromiddin – tarix fanlari doktori, dotsent, kafedra AL va KHK bilan hamkorlik ishlariga mas’ul. • Yusupov O‘tkir Erkinovich - falsafa fanlari nomzodi, dotsent, kafedraning innovatsion hamkorlik ishlariga mas’ul. • Xolmizayev Xayitali Dadaxonovich san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent - kafedrada ochiq darslarni olib borilishiga mas’ul. • Qodirova Xalima Buvabayevna – katta o‘qituvchi, kafedraning “Elparvar” to‘garagiga mas’ul. • Yusupova Eleonara Ferdenandovna – katta o‘qituvchi, kafedraning direktiv hujjatlari bilan ishlashga mas’ul. • Halimmetova Roxatoy Davlatboyevna – katta o‘qituvchi, kafedra yig‘ilishlari kotibasi. • Qolqanov Nuriddin Toshpo‘latovich – dotsent, kafedra uslubiy kengashi rahbari, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul. • Otaqulov Shuxrat Murodullayevich – o‘qituvchi, kafedrada ilmiy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul. • Xaknazarov Xudoyberdi Dilmurodovich – o‘qituvchi, kafedrada electron hujjatlar bilan ishlashga mas’ul. • Bobojonov Doston G‘ofurovich – o‘qituvchi, kafedra hujjatlari bilan ishlashga mas’ul. • Sabirov Alisher Tursunovich – kafedra doktaranti. • Madaminova Nargiza Zuxriddinovna – kefedra tayanch doktaranti. Kafedradagi o‘quv-uslubiy ishlar: Kafedrada bakalavr yo‘nalishida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “Sotsiologiya”, “Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik”, “Madaniyatshunoslik” fanlari o‘qitiladi. Kafedra fanlari yuzasidan o‘quv uslubiy majmua, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari nashrdan chiqarilgan. Fanlar yuzasidan tarqatma materiallar va elektron darsliklar tayyorlangan. Mashg‘ulotlar – ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik va innovatsion axborot texnologiyalari asosida olib borilmoqda. Deyarli barcha dars mashg‘ulotlari AKT yordamida samarali tashkil etilmoqda. Mustaqillik yillarida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 5 ta darslik, 20 dan ortiq o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi. So‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan turli darslik, o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. Jumladan, 2007-yilda S.X.Nosirxo‘jaev, M.Zaripov muallifligida «Ma’naviyat asoslari», «Politologiya», «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» nomli darsliklar, 2006-yilda R.Xalimmetovaning «Politologiya», 2007-yil M.Qahhorova, L.M.Arutyunova «Etika», M.Qahhorovaning “Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, 2012-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Tarixiy xotira va inson omili-buyuk kelajagimizning garovidir” risolasini o‘rganish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma (M.Qahhorova, G.Isaboeva, N.Qalqonov), 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Mustaqillik - barcha ezgu reja va marralarimizning mustahkam mezonidir” risolasi – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zini o‘rganish bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanmalar (M.Qahhorova, I.Ostonaqulov) shular jumlasidandir. Ilmiy-uslubiy ishlar bo‘yicha: Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedrada o‘qiladigan fanlar bo‘yicha namunaviy dastur, ishchi dastur, darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan so‘ngi yillar mobaynida OAK tasarrufidagi respublika ilmiy jurnallari - “Tafakkur”, “O‘zMU xabarlari”, “Jamiyat va boshqaruv”, “Pedagog ta’lim”, “Falsafa va huquq”, “Ta’lim tizimida ijtimoiy gumanitar fanlar”, “Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari”, “Demokratlashtirish va inson huquqlari”, “Imom al Buxoriy saboqlari”, “TIU ilmiy-tahliliy axborotnomasi”, “FarDU xabarnomasi”, “BuxDU xabarlari” kabilarda, Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 500 dan ortiq maqolalar chop ettirildi. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan xorijiy jurnallarda hamda xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib ilmiy maqolalar nashr qilingan va hozirgi kunda ushbu ilmiy hamkorliklar davom etmoqda. Xususan 2017 yil kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 12 ta xorijiy ilmiy jurnallarda ilmiy maqola va xorijiy konferensiyalarda 40dan ziyod tezislar chop etildi. Jumladan European Applid Sciences”, Вестник Магистратуры, Проблемы современной науки и образования, Современные гуманитарные исследования, The USA Journal of Applied Sciences, Yong Scientist USA Social science Lulu kabi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etildi.

Hozirgi kunda kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish borasida so‘nggi uch yilda 1 nafar doktorlik va 2 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Jumladan kafedra mudiri M.Qahhorova doktorlik, G.Eshonova, N.Ibragimovalar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Kafedraning yosh o‘qituvchilari R.Xalimmetova, Sh.Otaqulov, N.Qolqanov, N.Madaminova, X.Xaknazarov, D.Bobojonovlar doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqdalar. So‘ngi yillarda kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan 5 ta monografiya tayyorlanib nashrdan chiqarildi. Bundan tashqari kafedra 2008 yili 28-29 oktyabrda «Demokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy siyosat va adolat» mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazib 22 b.t. hajmdagi ilmiy to‘plamni nashrdan chiqardi. 2011-yil sentyabrda «Ma’naviy-axloqiy immunitet: tahdidlar va ularning manbalari» mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazib 20 b.t. hajmdagi ilmiy to‘plamni nashrdan chiqardi. Ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: Kafedraning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalar markazi bilan ilmiy tadqiqot ishlari davom etmoqda. Bular «Ma’naviyat, madaniyat va yoshlar tarbiyasi», «Diniy ekstremizm, terrorizm tahdidi va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari», «Yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishning ma’naviy, ma’rifiy va madaniy omillari», «Komil inson va shaxs tarbiyasi», «Zamonaviy O‘zbekiston yoshlari kundalik turmush tarsi transformatsiyasi» kabi mavzulardir. Kafedrada nazariy seminar ham mavjud bo‘lib unga kafedra professori A.Sobirov rahbarlik qiladi. Nazariy seminar yig‘ilishlarida O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning nazariy va amaliy asoslari, Siyosatshunoslik, Sotsiologiya va Ma’naviyat masalalariga oid muammolar hamda eng dolzarb masalalar muntazam ravishda muhokama qilib boriladi. Kafedrada chop etilgan o‘quv va ilmiy ishlardan namunalar: