Qozoq tili va adabiyotinini о‘qitish metodikasi kafedrasi

Tafsilot

Batafsil

«Qozoq tili va adabiyoti» kafedrasi

«Qozoq tili va adabiyoti» kafedrasi ilk bor 1953 yilning sentyabr oyida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining tarix va filologiya fakulteti zaminida qozoq tilida til va adabiyot bo‘limi degan nom bilan ochildi. 1972 yilning may oyida filologiya fakulteti tarkibida «Qozoq filologiyasi» kafedrasi tashkil qilindi.
Kafedraning birinchi mudiri bo‘lib fan nomzodi, dotsent, tajribali ustoz N.Bazarboev tayinlandi. 1986-1994 yillar mobaynida filologiya fanlari doktori, professor T.Aydarov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Q.Seydanov,  1994-2004 yillarda filologiya fanlari nomzodi, prof. T.Qaldiboevlar kafedra mudiri lavozimida ishladilar. 2005 yildan kafedrani p.f.n., dotsent E.Abduvalitov boshqarib kelmoqda.
70-80 yillar kafedraning tiklanish va rivojlanish davri bo‘ldi: bu yillarda fan nomzodlari, dotsentlar M.Bekbergenov, T.Aydarov, M.Orazov va Q.Sattorovlar doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 90-yillarning boshlarida kafedrada  f.f.d.,  prof. T.Aydarov,  f.f.d.,  prof. M.Bekbergenov,  f.f.d., prof. M.Orazov, f.f.d., prof.Q.Sattorov, p.f.d., prof. A.Isaboev, f.f.n. dos.T.Qoldiboev, f.f.n., dos.Q.Seydanov, f.f.n., dos. Q.Jidebaevlar ishladi. Qozoq tili va adabiyoti bo‘limida o‘qigan sobiq talabalar orasidan T.Aybergenov, A.Isabaev, Z.Asabaev, A.Ayqabilov, M.Orazov, Q.Sattarov, Q.Seydanov, Q.Jidebaev, T.Qoldiboev, A.Ramazanova, A.Qaldыbekova, M.Omarov, A.Sobirov, N.Omarova, E.Abduvalitov kabi olimlar, shoir va yozuvchilar etishib chiqqan.
Hozirgi kunda kafedra a’zolaridan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kolleji, oliy maktabning bakalavriat bosqichlari uchun tuzilayotgan dastur va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda dotsentlar E.Abduvalitov, N.Sizdiqbaev, katta o‘qituvchilar O‘.Bayqobilov, D.Duysebaeva va o‘qituvchi N.Abduvalitovlar faollik ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan prof-o‘qituvchilar tomonidan  o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy majmualar va elektron majmualar yaratilmoqda. Kafedraning prof-o‘qituvchilari «Qozoq tilining strukturasi masalalari va o‘ni o‘qitishni takomillashtirish», «Qozoq adabiyotining boshqa xalqlar adabiyoti bilan aloqalari va uni o‘qitish metodikasi» yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Kafedra a’zolarining metodik qo‘llanmalari, kafedra ilmiy to‘plamlardagi maqolalar, ilmiy-metodik konferensiyalarda qilinayotgan ma’ruzalar  buning dalilidir. Kafedra mudiri, dotsent E.Abduvalitov 2008 yilda, katta o‘qituvchi O‘.Boyqobilov 2014 yilda  «Xalq maorif a’lochisi» unvoniga sazovor bo‘ldi. Kafedra Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti, Guliston Davlat universiteti, Nukus Davlat pedagogika instituti va Navoiy Davlat pedagogika institutlarining qozoq tili va adabiyoti bo‘limlarini ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta’minlashda uzluksiz g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, Qozoq tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Forobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti, Abay nomidagi Milliy pedagogika universiteti va N.Kelimbetov nomidagi “Tyurkoligiya” markazi  bilan aloqa o‘rnatgan. Kafedra qoshida A.Baytursinov nomidagi “Til ta’limoti” va  Tulagan Aybergenov nomidagi “Shug‘ila” ilmiy tugaraklari ishlab kelmoqda. Talabalar ijodi «Nurli yo‘l» ro‘znomasi bilan “Izlanish” ilmiy to‘plamida chop etilib kelmoqda. Bitiruvchilarning bitiruv malakaviy ishlariga kafedraning professor-dotsentlari ilmiy rahbarlik qilib, ularning muvaffaqiyatli himoya qilinishini ta’minlaydi. 1993 yildan bo‘lim talabalari Respublika Olimpiyadalariga qatnashib keladi. Ulardan D.Aytbaev (1993), A.Tasbulatov (1995), N.Baymuratova (1997), R.Muraxmedova (1998),  D.Duyseboeva (2002) va Z.Qubashevalar (2004), J.Qarjauova (2006), L.Bug‘ibaeva (2007), M.Atabaeva (2008), G.Narinbetova (2009), M.Persheeva (2010), N.Tuyaxov (2011), A.Abdullaev (2012), Sh.Qobilova (2013), A.Sabitova (2014)  sovrinli birinchi o‘rinni egalladilar.
Bo‘limning iqtidorli talabalari uchun “Turap Aydarov” nomida stipendiya ta’sis etilgan bo‘lib, har o‘quv yilida 3-bosqich talabalari orasidan tanlov asosida g‘oliblar aniqlanib, stipendiyat bo‘lib kelmoqda. 2003 yil 10 dekabrda  Qozoq tili va adabiyoti bo‘limining tashkil topganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan «Qozoq tili va adabiyoti bo‘limiga 50 yil» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Janubiy Qozog‘iston viloyati Oliy o‘quv muassasalari tomonidan xomiylik natijasida kompyuter xonasi tashkil qilindi.
2007 yil 28 sentyabr kuni “Markaziy” mexmonxonasida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi, O‘zFA  A.Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti va qozoq filologiyasi kafedrasi buyuk qozoq yozuvchisi, akademik M.Avezovning tugilganiga 110 yil to‘lishi munosabati bilan “M.Avezov va o‘zbek-qozoq xalqlarining adabiy-madaniy aloqalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazgan. Konferensiya materiallari «Asr donishmandi»  nomi bilan kafedra tomonidan chop etilgan. Shuningdek 2008-2009 o‘quv yilida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi tashabbusi bilan “M.Avezov nomidagi darsxona” hamda zamonaviy uskunalar bilan ta’minlangan kutubxona tashkil topdi.
2013 yil 23 noyabr kuni Qozoq tili va adabiyoti bo‘limining 60 yilligiga bag‘ishlangan “Til. Adabiyot. Metodika.” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Anjuman materiallari qozoq tilshunosligi va adabiyotshunosligining nazariy masalalari, ta’lim va uslubiyat muammolari bo‘yicha ilmiy to‘plam (hajmi 10 b.t.) sifatida chop etildi.
Hozirgi kunda kafedrada prof.E.Abduvalitov boshchiligida prof-o‘qituvchilar ta’lim va tarbiya jarayonida ham faol mehnat qilayotgan pedagoglardir. “Qozoq tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasining «Ma’naviyat va ma’rifat» ishlari bo‘yicha ham birqancha tarbiyaviy ahamayatga ega ishlar tashkil etilib kelinmoqda. Respublikamizda e’tirof etilgan barcha bayramlarda bo‘lim talabalri tomonidan ma’naviy-marifiy, tarbiyaviy tadbirlar tashkil etiladi.  “8-Mart Xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan bo‘limda “Qazaq arui” mavzusida balli qizlar tanlovi, OO‘Yu-lari va universitetimizning fakultetlari orasida KVZ tanlovlari o‘tkazilib, “Navro‘z” bayramlarida bo‘lim talabalari faol ishtirok etib kelmoqda.