Umumiy tilshunoslik kafedrasi

  • Открытая лекция профессора Р.Расулова
  • Boshqa rasmlar

Tafsilot

Batafsil

“Umumiy tilshunoslik” kafedrasi 1965 yilda tashkil topgan. Uni turli yillar professorlar Saidzoda Usmonov, A’zam Shermatov, Ravshanxo‘ja Rasulov, dotsent O‘.Sharipova boshqardilar. 2011 yildan beri kafedrani filologiya fanlari doktori Saodat Muhamedova boshqarib kelmoqda. “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi tashkil topganidan buyon shu kungacha kafedrada quyidagi professor – o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishdi: Saidsoda Usmonov, A’zam Shermatov, Xosiyat Nazarova, Latifxon Xalilov, Abdusalom Umarov, Turob Aydarov, Saida Alieva, Abdug‘ofur Buvamuhammedov, Mahfuza Orifjonova, Samixon Ashirboev, Nizomiddin Mahmudov, Shuhrat Muhamedov, Narimon Abdullaev, Ziyodillo Hamidov, Zulfira Nurullaeva, Xislat Mahamadaliev, Abdusalom Husanov, Dilorom Mirazizova, Munira Siddikova, Muborak Abzalova va b. Kafedra tarixida prof. N.Mahmudov va Y.Yo‘ldoshevlar faoliyatining alohida o‘rni bor. Hozirda kafedraning a’zolari 20 kishidan iborat: prof.R.Rasulov, prof. I.Yo‘ldoshev, prof. S.Muhamedova, dots.O‘. Sharipova, dots. S.Adilova, dots. I.Umirov, dots.N.Sulaymonova, f.f.n.G.Norimova, katta o‘qituvchilar: I.Quvandiqova, Q.Mo‘ydinov, A.Mirazizov, o‘qituvchilar: D.Saidova, A.G‘oziev, Sh.Yunusova, Yu.Xodjiev, R.Mirsamiqova, R.Ahmedova, A.Zokirov. “Umumiy tilshunoslik” kafedrasida quyidagi fanlardan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi: “Umumiy tilshunoslik”, “Tilshunoslik asoslari”, “O‘qituvchi nutqi madaniyati”, “O‘zbek tili”, “Sharq tillari”, “Sharq filologiyasi”, “Kompyuter lingvistikasi”. Kafedra tashkil topgandan buyon shu kungacha o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari bo‘yicha 8 ta doktorlik va 17 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi O‘zFAning Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, O‘zMU, BuxoroDU, O‘zDJTU, TDMI, NukusDPI “Umumiy tilshunoslik”, “O‘zbek tilshunosligi”, “O‘zbek tili” kafedralari bilan yaqindan aloqa o‘rnatib, hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Tadqiqot natijalari monografiya, darslik, qo‘llanma, lug‘at sifatida nashr qilinmoqda. Bu yo‘nalishda, ayniqsa, prof.R.Rasulov, prof.I.Yo‘ldoshev, prof. S.Muhamedova, dos. O‘.Sharipova, dos. S.Adilova, katta o‘qituvchilar A.Mirazizov, Q.Mo‘ydinovlar faollik ko‘rsatishmoqda. Bu hamkorlik natijasida 2013 yilda Respublikada birinchi va yagona “Tilshunoslik asoslari” darsligi nashr qilindi. 2014 yilda tilshunoslik bo‘yicha Respublikamizda birinchi va yagona - «Tilshunoslik asoslari» fani bo‘yicha elektron darslik yaratildi. Xullas, “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi a’zolari respublikamizning eng yirik bilim maskanlaridan birida namunali kafedra sifatida astoydil mehnat qilib, universitet va fakultet hayotida, uning ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy – ma’rifiy jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda. Kafedra faoliyati aks etgan rasmlar:
Открытая лекция профессора Р.Расулова
Kafedra o‘qituvchilari S.Adilova, D.Saidova, A.G‘oziev, Sh.Yunusova 10-TTJ talabalar bilan tadbirda
Kafedra o‘qituvchisi A.Zokirov 10-TTJ talabalar bilan tadbirda
Kafedra o‘qituvchisi G.Norimova Toshkent Bank kollejida tadbirda
Kafedra professor- o‘qituvchilari Toshkent Bank kolleji o‘qituvchilari uchun ilmiy-metodik seminar o‘tkazishmoqda
Kafedra tomonidan Oliy majlis Senati raisi o‘rinbosari S.B.Ortiqova bilan tashkil qilingan uchrashuv.
Kafedra mudiri S.Muhamedova Ozarbayjon Respublikasida akademik diplomini olish jarayonida