Fakultet yangiliklari

M.Boymetov o‘z so‘zida Milliy armiyamiz-yoshlarimiz qalbida sadokat, jasorat, matonat, tuyg‘ularini mustaxkamlovchi xayot maktabidir, “Vatanni ximoya qilish-sharafli, oliyjanob va ma’suliyatli burchdir, mamlakatimiz qudratli armiyasi yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzidir shunday ekan biz ularni bugungi sana bilan tabriklaymiz deb o‘z so‘zini yakunladi.

Tafsilot

Qisqacha

M.Boymetov o‘z so‘zida Milliy armiyamiz-yoshlarimiz qalbida sadokat, jasorat, matonat, tuyg‘ularini mustaxkamlovchi xayot maktabidir, “Vatanni ximoya qilish-sharafli, oliyjanob va ma’suliyatli burchdir, mamlakatimiz qudratli armiyasi yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzidir shunday ekan biz ularni bugungi sana bilan tabriklaymiz deb o‘z so‘zini yakunladi.

Batafsil

2017 yil 13 yanvar kuni “Kasb ta’limi” fakulteti anjumanlar zalida “Axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan 14 yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida mexmonlarni fakultet talaba qizlari gul bilan kutib olishdi. Hamda fakultet foyesida tashkil etilgan talabalar ijodidagi banner va devoriy gazetalarni ko‘rib juda ham qiziqarli chizilganini aytib o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. Tadbirga quyidagilar ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 75107-sonli Harbiy qism harbiy xizmatchilari katta leytenant S.Yusupov va serjant M.Valiev hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent shahar IIBB Yakkasaroy tumani IIB “Tepa” maxalla militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori, leytenant O.Nazarov, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetidan podpolkovnik M.Boymetovlar tashrif buyurishdi. Tadbirni “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Alibekov tabrik so‘zi bilan ochib mexmonlarni va yig‘ilganlarni tabriklab so‘z navbatini universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori O.A.Qo‘ysinovga berdi. O.A.Qo‘ysinov o‘z tabrik so‘zida fakultet o‘quv binosi va talabalar turar joylarida “Vatan ximoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining tashkil topganligini 25 yilligi munosabati bilan tadbirlar, davra suhbatlari hamda sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilganligi hamda ular yuqori saviyada o‘tkazilayotganini va qolaversa universitet tomonidan Mudofaa vazirligi tizimidagi xarbiy qismlarda tadbirlar tashkil etilganligini aytib barcha shu soxa vakillarini va professor-o‘qituvchilarni, talabalarni ushbu bayram bilan tabrikladi. Keyingi so‘z navbati 75107-sonli Harbiy qism harbiy xizmatchisi katta leytenant S.Yusupovga berildi. S.Yusupov o‘z so‘zida xozirgi kunda Qurolli Kuchlardagi bo‘layotgan islohotlar xaqida va Vatan himoyachisi bo‘lish bu naqadar sharafli ekanligini aytib yana bir bor barchani ushbu bayram bilan harbiy qism nomidan tabrikladi. So‘z navbati Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetidan kelgan podpolkovnik M.Boymetovga berildi. M.Boymetov o‘z so‘zida Milliy armiyamiz-yoshlarimiz qalbida sadokat, jasorat, matonat, tuyg‘ularini mustaxkamlovchi xayot maktabidir, “Vatanni ximoya qilish-sharafli, oliyjanob va ma’suliyatli burchdir, mamlakatimiz qudratli armiyasi yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzidir shunday ekan biz ularni bugungi sana bilan tabriklaymiz deb o‘z so‘zini yakunladi. So‘z navbati militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori, leytenant O.Nazarovga berildi. U o‘z tabrik so‘zida Respublikamizdagi barcha harbiy xizmachilarni va qolaversa harbiy xizmatdan keyin taqsil olayotgan talabalarni aloxida e’tirof etib O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi bilan muborakbod etdi. Keyingi so‘z navbati avval harbiy xizmatni o‘tab xozirgi kunda talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan talabalarga berildi. Ular davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyalar xaqida aytib shaxsan ular shu imkoniyatdan foydalanib imtiyozli ravishda qabul qilinganligini aytib o‘tishdi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilarga fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar tomonidan o‘z qiziqtirgan savollarni berishdi. So‘ngra “Tinchlik uchun kurashmoq kerak”, “Xarbiy armiya-mening faxrim”, “Vatan ximoyasi muqaddas burch”, “Ona yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riklaydi”, “O‘zbek yigiti - mustaqillik posboni” mavzularda ko‘rgazmali materiallar va slaydlar, armiya xaqidagi xujjatli film, video rolik namoyish qilindi. Tadbir so‘ngida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini R.Jabborov so‘zga chiqib Vatanimiz sarxadlarida jonini fido qilayotgan Ofitser harbiy xizmatchilar va o‘z xizmat burchini o‘tayotgan askarlarimizni O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi bilan tabriklab hamda biz uchun o‘z vaqtlarini ayamay tashrif buyurgan 75107-sonli Harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda profilaktika inspektoriga va Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakultetiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.