Qurolli kuchlarimizning jangovar an’analari. Harbiy qasamyod.

Mustaqillik sharofati hamda, shaxsan Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashkil etildi, milliy gvardiya, respublika Mudofaa qo‘shinlari vujudga keltirildi. Endilikda ofitser va askar yigitlarimiz O‘zbekistonga va uning xalqiga sadoqat bilan xizmat qilamiz, deb tantanali ravishda qasamyod etmoqdalar.

Tafsilot

Qisqacha

Mustaqillik sharofati hamda, shaxsan Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashkil etildi, milliy gvardiya, respublika Mudofaa qo‘shinlari vujudga keltirildi. Endilikda ofitser va askar yigitlarimiz O‘zbekistonga va uning xalqiga sadoqat bilan xizmat qilamiz, deb tantanali ravishda qasamyod etmoqdalar.

Batafsil

Tarixdan ma’lumki turkiy xalqlarda o‘z vaqtida butun dunë bo‘yicha eng kuchli, qudratli qo‘shinlari bo‘lgan, soxibqiron Amir Temurdek buyuk lashkarboshilar yetishib chiqqan. Harbiy strategiya va taktikalar puxta ishlab chiqilgan. Buyuk sarkarda soxibqiron Amir Temurning o‘sha davrdagi jaxon xarbiy san’ati rivojiga qo‘shgan xissasi, u tuzgan armiyaning tarkibiy tuzilishi, taktikasi va strategiyasiga xozirda ko‘pchilik lol qolib turibdi. Buyuk ajdodimiz Amir Temur o‘z sipoxlarining doimiy jangovar shayligiga aloxida ahamiyat bergan. U tanlab olgan sarkardalaridan o‘zlarining xarbiy mahoratlarini nafaqat urush kezlarida, balki tinch mehnat chog‘ida xam namoyish etishni talab qilgan A. Temur doimiy harbiy tayyorgarlik va harbiy san’atni rivojlantirish tufayli jaxon xarbiy san’ati tarixida birinchi bo‘lib qo‘shinni jang maydonida yetti qo‘lga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu kabi taktik yo‘l-yo‘riqlarni o‘ta sinchkovlik bilan ishlab chiqilishi va ularni joriy etishdagi qat’iylik va mahorat g‘alaba manbai bo‘lib xizmat qilgan. Bizning hozirgi davrimizda ham dunyodagi shu jumladan, mintaqamizdagi harbiy siyosiy vaziyat,mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada mustaxmlash, armiyada doimiy jangovar shaylikni oshirish, shaxsiy tarkibni mustahkamlash harbiy saboq va san’ati, zamonaviy texnikalarni puxta o‘rganishni, ma’naviy ruhiy jihatdan xar tomonlama tayyorlangan bo‘lishini talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun malakali ofitser kadrlar tayyorlash Mudofaa doktrinasi, “Mudofaa to‘g‘risida”, “Umumiy harbiy majburiyat va xarbiy hizmat to‘g‘risida”gi qonunlar, buyruqlarning qabul qilinishi, harbiy bilim yurtlari, oliy o‘quv yurtlarining professor o‘qituvchilari oldiga davr talabiga javob bera oladigan ta’lim mazmunini, o‘qitishning yangi metodlarini ishlab chiqish, hamda uzluksiz ta’lim tizimi bo‘g‘inlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash va Qurolli Kuchlarga milliy ofitser kadrlarni tayyorlash vazifalarini qo‘ydi. Mazkur qonun va dasturlarda oliy ta’lim hamda oliy harbiy talim tizimi oldiga qo‘yilgan qator muhim vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasining asosli mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda mustaqil va amaliy mashg‘ulotlar ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish, o‘zlashtirish, yangi pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. O‘zbekiston Republikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmat qilishga chaqirilgan har bir fuqaro harbiy qasamyodni qabul qiladi. O‘zining komandirlari va safdosh o‘rtoqlari oldida qo‘lida qurol ushlagan holda yosh jangchi Vataniga, xalqiga va Prezidentiga sodiq bo‘lishga ont ichadi. Harbiy qasamyod davlat ahamiyatiga molik hujjatdir. 1992 yil 3-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XIIchaqiriq X sessiyasida Harbiy qasamyodning yangi matni va Harbiy qasamyodni qabul qilish tartibi to‘g‘risida qaror chiqarildi. Harbiy kafedra talabalari ham harbiy tayyorgarlikning so‘ngi3 bosqichida mustaqil Vatanga va Prezidentga sodiqlik onti harbiy qasamyod qiladilar. Harbiy qasamyodning matni quyidagicha: “Men (familiyasi, ismi, otasining ismi), O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar yekanman, xalqimga Prezidentimga sodiq bo‘lishga tantanali ravishda qasamyod qilaman. Men O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va qonunlarini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy nizomlarni, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so‘zsiz bajarishga, harbiy intizomga qa’tiy rioya qilishga, halol, jasur va sergak jangchi bo‘lishga qasamyod qilaman. So‘nggi nafasim qolguncha ona Vatanimning sadoqatli farzandi bo‘lib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqat va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman. Jonajon O‘zbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo‘lishga qasamyod qilaman. Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam, qonunlarda belgilangan jazoga va xalqning nafratiga mubtalo bo‘lay”. Harbiy qasamyod - har bir jangchining harbiy hayot mezoni bo‘lib, u Vatan himoyachisiga har qanday vaziyatda, doimo dasturilamal sifatida xizmat qiladi. Qasamyod qabul qilish - yuqori ma’naviy vatanparvarlik aktidir. Vatan oldida qasam ichayotib, O‘zbekiston fuqorosi o‘z zimmasiga oliy va sharafli majburiyatni uning sharafini, ozodligini va mustaqilligini himoya qilish va mustaqillikning xalqparvar va nurli g‘oyalariga sodiq qolishni oladi. Hali qasamyodni qabul qilmagan yosh askarga jangovar topshiriq berish, unga jangovar texnika va qurol biriktirish, unga bandi qilishi orqali intizomiy ta’zir choralari qo‘llash mumkin yemas. Harbiy qasamyodda O‘zbekiston hukumatining, xalqimizning o‘z himoyachilariga bo‘lgan talablari ifoda etilgan, ularda Qurolli Kuchlardagi xizmat qo‘llaydigan asosiy majburiyatlar va jangchi ega bo‘lishi kerak bo‘lgan asosiy sifatlar bayon qilib berilgan. Qisqacha tarzda jangchilarimiz ega bo‘lishimiz kerak bo‘lgan sifatlarga talablarni ko‘rib chiqamiz. Halol jangchi bo‘lish. Bu avvalo beg‘arazlik, sodiqlik bilan o‘zining xalqiga xizmat qilishlik, mehnatga va jamiyat oldidagi burchlariga vijdonan yondashishdir. Halol jangchi deb yana shunday jangchini aytadiki, o‘zining asosiy ishlaridan xizmat burchlarini yuqori qo‘yadi, jang paytida dushmandan g‘olib chiqish uchun har qanday xavf xatarga ikkilanmay mardona bora oladigan bo‘lishi kerak, o‘zining va o‘rtoqlarining xatolarini komandirlardan yashirmay chin ko‘ngildan tan olib, uni bartaraf eta oladigan bo‘lishi kerak. Qurolli kuchlarimizning jangovar an’analarini davom ettirish fakultemiz uchun sharafli burchlardan hisoblanadi. Bizning harbiy kafedramiz talabalari ham harbiy tayyorgarlikning so‘ngi bosqichida o‘zlarining ustoz murabbiylari va kursdosh o‘rtoqlari hamda ota- onalarining oldida qo‘lida qurol ushlagan holda Vataniga, xalqiga va Prezidentiga sodiq bo‘lishga ont ichadilar.

Qurolli kuchlarimizning jangovar an’analarida Universitet rektori Sh. S. Sharipov albatta ishtirok etadi.
Harbiy kafedra talabalari mustaqil Vatanga va Prezidentga sodiqlik onti harbiy qasamyod qilganligi munosabati bilan tabriklar qabul qilishadilar Shuningdek, har yili mamalakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana Vatan himoyachilar kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligi munosabati bilan universitetimiz miqyosida katta bayram tadbirlari o‘tkaziladi. Bunda harbiy kafedra pedagog ofitser o‘qituvchilari Qurolli Kuchlarimizning kurilishida qo‘shgan hissalari uchun munosib taqdirlanadilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenitining 2011 yil 31 oktyabrdagi № 4375 sonli Qaroriga asosan mamlakatimizning mudofaa qudratining mustaxkamlanishida va Qurolli Kuchlarimizning kurilishida qo‘shgan hissalari uchun quydagi harbiy kafedra ofitserlari «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil» munosabati bilan esdalik nishonlari bilan taqdirlandilar: Bular:podpolkovnik Yarashev I.I; podpolkovnik Baybusov N.T; podpolkovnik Xudoyarov A.Sh; mayor Raimov S.S. lardir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan va Vatan himoyachilari kuni universitetimizda ko‘tarinki ruhda nishonlanadi
Vatan himoyachilar kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligi munosabati bilan harbiy kafedra ofitserlarini mamlakatimizning mudofaa qudratining mustahkamlanishida va Qurolli Kuchlarimizning kurilishida qo‘shgan hissalari uchun taqdirlash marosimlari