Vebometrika

Vebometrika — Informatikaning axborot resurslarini shakllantirish va foydalanishning miqdoriy jihatlarini o‘rganuvchi qismidir.

Tafsilot

Qisqacha

Vebometrika — Informatikaning axborot resurslarini shakllantirish va foydalanishning miqdoriy jihatlarini o‘rganuvchi qismidir.

Batafsil

OTM larni baholash usullari va prinsiplari YuNESKO ning Oliy ta’lim bo‘yicha Yevropa markazi tomonidan ishlab chiqilgan va Ispaniya milliy tadqiqot kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Dunyo bo‘yicha 20 mingdan ortiq OTM mavjud bo‘lib, ulardan 12 mingtasi vebometrik reyting bazasiga kirgan.   WR (Webometrics Ranking) – OTM internet tarmog‘ida taqdim etilishini tahlil etadi va uning ilmiy tadqiqot yutuqlarini internet-sayt orqali baholaydi. Sayt – OTM ning xalqaro fan va ta’lim hamjamiyatidagi vizit-kartochkasi bo‘lib, uning faolligini aks ettiradi. OTM ning veb-siyosati yangi aloqalarning shakllanishi, olimlarning noformal muloqot qilishi, innovatsion ishlanmalar bo‘yicha tajriba almashish va ijodiy hamkorlikning rivojlanishiga olib keladi. Reytingga kiruvchi OTM lar soni – milliy oliy ta’lim tizimining muhim ko‘rsatkichidir va uning bir butunligini, yangi ta’lim texnologiyalarini qabul qilishga tayyorligini ko‘rsatadi.

WR ko‘rsatkichlari

Ko‘rsatkich Belgilanishi Mazmuni Qidiruv tizimlari
Visibility V (impact) 50% Boshqa saytlardan murojaatlar soni Google, Yahoo, Live Search i Exalead
Size

S (presence) 20%

Sayt umumiy sahifalari soni Yahoo Search, Live Search i Exalead
Rich files R (openness) 15% Mazmunli to‘liq fayllar soni Google
Scholar Sc (excellence) 15% Saytdagi maqolalar soni va ularga murojaatlar Google Scholar
 

Hisoblash algoritmi

Mavzuga oid