Geografiya о‘qitish metodikasi kafedrasi

“Geografiya о‘qitish metodikasi” kafedrasi 1935 yilda Toshkent Davlat pedagogika instituti “Geografiya” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan.

Tafsilot

Qisqacha

“Geografiya о‘qitish metodikasi” kafedrasi 1935 yilda Toshkent Davlat pedagogika instituti “Geografiya” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan.

Batafsil

Hozirda professor-o‘qituvchilarningtarkibi 11 shtat birligidaasosiyshtatda 10,0 ta, 1,0 ta o‘rindosh, ilmiysaloxiyati 48% ni tashkil qiladi. Kafedra o‘quv fanlari:“Geografiya o‘qitish metodikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish», «Tabiiy geografik jarayonlar», «Geografiya o‘qitish metodikasi», «Umumiy yer bilimi», «Geologiya», «Tuproqlar geografiyasi», “Topografiya va kartografiya asoslari”, «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi», «O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi», «O‘zbekiston tabiiy geografiyasi», “Landshaftshunoslik”, «Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi», «Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi», «O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi», «Aholi geografiyasi va demografiya asoslari», “Geografiyani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar”, «Umumiy gidrologiya», «Toponimika», «Transport, sanoat va qishloq xo‘jalik geografiyasi», “Jahon va Markaziy Osiyo geografiyasi”, “Turizm va rekreatsion geografiya”, “Amaliy geografiya”, “Geografiyadan masala va mashqlar” va boshqalar. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya) magistratura mutaxassisligida «Geomorfologiya va antropogen landshaftshunoslik», «Konstruktiv geografiya», «Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi», «Geoekologiya asoslari», «Hududiy ishlab chiqarish majmualari», «Zamonaviy geografiyaning asosiy muammolari», «Geografik prognozlashtirish». -yirik muvaffaqiyatlari: - 5110500-“Geografiya o‘qitish metodikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishitalabasi Toshxo‘jaeva Nargiza Raximjonovna 2015-2016 o‘quv yilida "BURUNIY" nomli, 2016-2017 o‘quv yilida “ULUG‘BEK” nomli davlat stipendiyasi sovrindori. - 5110500-“Geografiya o‘qitish metodikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishitalabasi Ismoilova Gulsunoy Abdumo‘min qizi “Geografiya” fanidan NamDUda o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasi 3-o‘rin g‘olibi. Kafedra ilmiy amaliy seminari: 2011 yildan kafedrada ilmiy-amaliy seminar tashkil etilgan va faoliyat olib bormoqda. U tomonidan tashkil etilgan ilmiy seminarlarda respublikaning taniqli olimlaridan O‘zbekiston Geografiya jamiyatining sobiq prezidenti geografiya fanlari doktori prof. A.Soliev, “El-yurt xurmati” ordeni soxibi geografiya fanlari doktori, prof. A.Abulqosimov, geografiya fanlari doktori, prof T.Mirzaliev, prof.P.Baratov va boshqa qator allomalar qatnashib kelmoqdalar. Uning ilmiy raxbari kafedra dotsenti, geografiya fanlari nomzodi I.X.Abdullaev. -ilmiy tadqiqod yo‘nalishlari: - 11.00.01-Tabiiy geografiya, landshaftlar geofizikasi va geokimyosi. - 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. - 11.00.05 - Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. - 13.00.02 – Ta’lim va tarbiyanazariyasi va metodikasi (geografiya). -yetakchi olimlar: g.f.n., professor Baratov Pattox, g-m.f.n., dotsent NizomovAsror, g.f.n., dotsent Xojimatov Alisher Nigmatovich, g.f.n., dotsent Abdullaev Ilxom Xatamovich, g.f.n., dotsent Alimqulov Nusratulla Raxmanqulovich, g.f.n.,dotsent Safarova Nasiba Iranqulovna , g.f.n., dotsent v/b Amanbaeva Ziyoda Abduboisovna, p.f.n., kata o‘qituvchi Safarov Ural Xamraevich. -ilmiy tadqiqodchilar: Saydamatov Farxod Radjabovich, Rasulov Anvar Baxodirovich, Islomov Imong‘ali Nizomidinovich, Sultanova Nodira Burxonovna, Xolmurodov Shakarbek Abdug‘anievich, Qalandarova Mehribon Komilovna. - Kafedrada 11.00.01-Tabiiy geografiya, landshaftlar geofizikasi va geokimyosi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktaranturai faoliyat ko‘rsatadi. -Istiqboldagi maqsadlar:Kafedrani yoshartirish, ilmiy salohiyatini oshirish