Zoologiya va anatomiya kafedrasi

Kafedra 2015-yil sentyabr oyidan boshlab “Zoologiya va anatomiya” nomi bilan yuritila boshlandi.

Tafsilot

Qisqacha

Kafedra 2015-yil sentyabr oyidan boshlab “Zoologiya va anatomiya” nomi bilan yuritila boshlandi.

Batafsil

Hozirgi nomdagi kafedra 2015-yil tashkil etilgan bo‘lsada, lekin kafedra Zoologiya, anatomiya va fiziologiya, yosh fiziologiya va gigiena yo‘nalishlarida ta’lim tarbiya jarayonlari hamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, pedagog kadrlar tayyorlash ishlari o‘z tarixiga ega. Xususan, zoologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar 1937-yildan zoologiya kafedrasi tashkil etilgandan boshlangan. zoologiya kafedrasiga dastlabki yillarda prof. A.M.Zavadskiy (1937-1941), keyinchalik dos. A.B. Soyukov (1942-1943), prof. V.I.Plotnikov (1944-1947), dos.F.X. Yakubova (1943-1953) rahbarlik qilganlar. 1954-yilda zoologiya va odam anatomiyasi kafedrasi bilan birlashtirilib «Zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi» kafedrasi deb nomlangan. Zoologiya kafedrasi tashkil etilgandan boshlab zoologiya yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan: «O‘zbekistonda uchraydigan mollyuskalar faunasi, biologiyasi, ularning foyda va zararini o‘rganish», «O‘zbekiston ortifaunasi», «O‘zbekistonda uchrovchi kemiruvchilar faunasi, biologiyasi va ekologiyasi», «O‘zbekistonda uchrovchi sudralib yuruvchilar faunasi, biologiyasi», «Asalarilarining biologiyasi, ekologiyasi va ahamiyati», «O‘zbekistonda umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda uchrovchi gelmintlarning faunasi, biologiyasi, ekologiyasi va ularga qarshi kurash choralari» va xakazolar. 2012-yil fevraldan boshlab “Zoologiya, anatomiya va fiziologiya” kafedrasi mudirligiga dotsent D.A.Mamatqulov tayinlandi. U mudirlik davomida o‘ta talabchanlik va tirishqoqlik bilan kafedrani boshqarib bordi. D.Mamatqulov mudirlik davrida kafedra tomonidan o‘qitiladigan o‘quv soatlari anchaga ortdi. Bundan tashqari “Oliy nerv faoliyati (ONF), “Markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi (MNS)” fanlari tashkil etilib, Ped.psixologiya, Psixologiya ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. 2017-2018 o‘quv yilida kafedrada 11,25 shtat birligi asosida professorlar b.f.d. O.M.Mavlonov, p.f.d. D.J.Sharipova, b.f.d. Q.A.Saparov, dotsentlar D.A.Mamatqulov, P.B.Xaydarova, N.J.Toshmanov, D.R.Abdullayeva, N.Sh.Mannapovalar, katta o‘qituvchi N.A.Pulatova va o‘qituvchilar R.M.Madatov, M.B.Ongarov, Z.Sh.Uchqurovalar o‘zlarining ilmiy-pedagogik faoliyatlarini olib borishmoqda.

Zoologiya va anatomiya kafedrasi 2017-2018 o'quv yilida O'zRFA O'simlik va hayvonot olami genofondi instituti bilan innovatsion korporativ hamkorlik shartnomasi asosida katta tadqiqotchi izlanuvchilar U.Shakarboyev, F.Safarova, S.Umurqulovalar biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun olib borgan tadqiqot natijalarining muhokamasi o'tkazildi va dissertatsiyasini himoya qilishdi. Bundan tashqari O'zMU "Zoologiya" kafedrasi dotsenti X.Eshova kafedramiz professori O.Mavlonov ilmiy rahbarligida "Tuproq nematodalari biologiyasi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasining muhokamasi o'tkazildi va X.Eshova bilogiya fanlari doktori (DcS) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini yoqladi.

Shu bilan birgalikda Zoologiya va anatomiya kafedrasi professor-oqituvchilari tomonidan 2017-2018 o'quv yili davomida bir qancha darslik hamda o'quv qo'llanmalar chop etildi. Jumladan kafedra mudiri biologiya fanlari nomzodi, dotsent D.Mamatqulov tomonidan "Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari" darsligi 2017 yil, "Anatomiya" darsligi 2017 yil, "Yosh fiziologiyasi, anatomiyasi va gigiyenasi" nomli o'quv qo'llanmasi nashr ettirildi. 

Kafedra dotsenti N.Toshmanov tomonidan yakka va hammualliflikda darslik va o'quv qo'llanmalarni chop ettirdi. "Rivojlanish biologiyasi" darslik 2018 yil, O.Mavlonov va K.Saparovlar bilan hammualliflikda "Zoologiya" (umurtqasiz hayvonlar) darsligini 2018 yil nashr ettirdi.