Universitet murabbiylar kengashi

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ta’lim sohasidagi islohotlarning samarali bo‘lishi ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning salohiyatiga bog‘liq. Ayni shu kunlarda tashkil etilganligining 80 yilligini munosib kutib olgan ko‘p ming kishilik jonajon universitetimiz jamoasi ta’lim islohotlarini hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Tafsilot

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ta’lim sohasidagi islohotlarning samarali bo‘lishi ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning salohiyatiga bog‘liq. Ayni shu kunlarda tashkil etilganligining 80 yilligini munosib kutib olgan ko‘p ming kishilik jonajon universitetimiz jamoasi ta’lim islohotlarini hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Batafsil

Ta’lim tizimiga tayyorlanayotgan bo‘lajak pedagog-xodimlarning salohiyati ularning zamon talabi darajasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlariga bog‘liq. Bunday mutaxassislarni tayyorlashda universitet auditoriyalari va amaliyot jarayonida olingan nazariy hamda amaliy bilimlardan tashqari talabalarning faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiluvchi omil bo‘lgan murabbiylarning ham roli beqiyosdir. Shu masala bilan bog‘liq ayrim statistik ma’lumotlarga murojaat qilsak: bugungi kunda universitetimizda 786 nafar professor-o‘qituvchilar talabaga ta’lim-tarbiya berishmoqda. Ulardan 347 nafari akadem guruh murabbiylaridir. Akadem guruh murabbiylarining 70% ga yaqinini xotin-qizlar tashkil etadi. Akadem guruh murabbiylari  professor-o‘qituvchilar orasidan o‘z salohiyati, ilmiy va pedogogik tajribasi hamda jamoadagi nufuziga qarab tanlab olingan. Akadem guruh murabbiylari zimmalaridagi dars soati yuklamalarini, boshqa jamoat ishlarini bajarish bilan murabbiylik faoliyatini uyg‘unlashgan holatda olib boradilar. Universitetimizda murabbiylar faoliyatini tashkil etishda oliy ta’lim muassasalari huquqiy me’yoriy xujjatlari asosida Akadem gurux murabbiysi Nizomi ishlab chiqilgan. Universitet va fakultetlar miqyosida faoliyat ko‘rsatuvchi murabbiylik kengashlari, kengash faoliyatini amalga oshirish rejalari tuzilgan. Murabbiylar uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilib, bu seminarlarda ilg‘or tajribalar targ‘ib etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Murabbiylar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xujjatlar ro‘yxati mavjud, bu xujjatlarning to‘g‘ri va talab darajasida bajarilishi murabbiylar kengashi tomonidan nazorat qilib boriladi. Haftaning har seshanba kuni o‘tkaziladigan murabbiylik soatlari materiallarini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha tizim mustahkamlanib bormoqda. Faol murabbiylarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Universitet Murabbiylar kengashi strukturasi

Murabbiylar kengashi tarkibi a’zolarining faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ish mazmuni

 

Faoliyat yo‘nalishlari nomlanishi

Bajariladigan ish mazmuni

Kengash raisi

-       Kengash nizomi asosida universitet murabbiylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rejalarning bajarilishini ta’minlash, murabbiylarning zarur tajribalar va hujjatlar bilan ta’minlash faoliyati bo‘yicha tanlovlar, tahlillar tashkil etish

Kengash raisi muovini

-       Qabul qilingan rejalarning, kengash yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish, fakultetlar “Murabbiylar kengashi” bilan muntazam ish olib borish

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

-       Akademguruh murabbiylarining, fakultet murabbiylar kengashining ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini shakllantirish, bajarilishini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish, Universitet murabbiylar kengashi faoliyatidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning bajarilishini ta’minlash

Murabbiylik soatlarini tashkil etish

-       Murabbiylik soatlarining mazmunini shakllantirishga, murabbiylik soatlarini o‘z vaqtida reja asosida o‘tkazilishini ta’minlashga, bu jarayonning borishini tahlil qilib borish va monitaringni olib borish

Axborot soatlarini tashkil etish

-       Axborot soatlarining mazmunini shakllantirish, axborot soatlarini o‘z vaqtida reja asosida o‘tkazilishini ta’minlash, bu jarayonning borishini tahlil qilib borish va monitaringini olib borish

Tashkiliy ishlar

-       “Murabbiylar kengashi” materiallarini muhokamaga tayyorlash, murabbiylarga o‘quv seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish, fakultet murabbiylar kengashiga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatib borish

Madaniy va targ‘ibot ishlari

-       Murabbiylar kengashi rejalashtirgan madaniyat va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, fakultetlar kengashlari va marabbiylarga bu yo‘nalishda amaliy – uslubiy yordam berish

Ta’lim – uslubiy ishlar

-       Akademguruh murabbiylariga talaba-yoshlarni samarali ta’lim olishga yo‘naltirilgan tajribalar, uslublar bilan qurollantirish, ta’lim saohasidagi ijobiy tajribalarni, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash reyting Nizomi  bo‘yicha ishlar olib borish

Sog‘lomlashtirish va sport ishlari

-       Akademguruh murabbiylariga talabalarni sog‘lomlashtirish, sport to‘garaklarida ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berish, shu jarayon bilan bog‘liq ish rejalarning bajarilishini ta’minlash

Maishiy va ijtimoiy ximoya ishlari

-       Murabbiylarga talabalarning maishiy va ijtimoiy himoyasiga oid tavsiyalar berish, ushbu masalaga oid rejalashtirilgan masalalarning bajarilishini ta’minlash

Murabbiylar monitoringi ishlari

-       Fakultet murabbiylari kengashi bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatayotgan murabbiylarning o‘z xizmat vazifalarini bajarilishini ta’minlashdagi ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish, ko‘rik tanlovga nomzodlar tavsiya etish

Ijarada yashovchi talabalar bilan ishlash

-       Guruh murabbiylarining ijarada yashayotgan talabalar bilan olib borgan ishlari, ular orttirgan tajribalar, uslublarni muntazam tahlil qilib borish va ilg‘or uslublarni universitet murabbiylari uchun ommalashtirish

         

Murabbiylar kengashi faoliyati

Universitet Murabbiylar kengashi “Nizomiy nomidagi TDPU Murabbiylar kengashi Nizomi” asosida universitetda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish maqsadida faoliyat olib bormoqda. Kengash universitet “Axborot guruhi”, kafedra mudirlari, dekanlar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ustoz-murabbiylar faoliyatini boshqaradi, metodik yo‘llanmalar beradi va nazorat qiladi. Shuningdek, akadem guruh murabbiylarining talabalar bilan olib boradigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy, o‘quv va o‘quv-uslubiy, ilm-fan va tadqiqotlar sohalaridagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib, ilg‘or guruh murabbiylari faoliyati va tajribalarini ommalashtiradi hamda ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishga tavsiya etadi. Murabbiylar Kengashining o‘quv yillari davomidagi faoliyati quyidagilardan iborat: 1. 2010-11 o‘quv yili 2010-11 o‘quv yili davomida 372 ta akadem guruh mavjud bo‘lib, ularga tajribali professor-o‘qituvchilar murabbiylik ishiga jalb etilgan. Ularning faoliyati “Murabbiylar kengashi” tomonidan  muvofiqlashtirilib, metodik jihatdan amaliy yordam bergan holda nazorat qilib borildi. Ilg‘or guruh murabbiylari faoliyati va tajribalari ommalashtirildi hamda ma’naviy va moddiy rag‘batlantirildi. Haftaning seshanba kunlari o‘tkaziladigan “Axborot soati”da talabalarga yurtimiz va xalqaro hayot bilan bog‘liq yangi ma’lumot va xabarlar yetkazildi. “Murabbiylik soati”da talabalar bilan yuksak axloqiy fazilatlar, kiyinish madaniyati, shaxsiy gigiena, mutolaa madaniyati kabi ma’rifiy mavzulardagi, shuningdek, talabalar davomati, o‘zlashtirishi, talabalar turar joylari va ijarada yashash tartib qoidalari kabi kundalik mavzularda suhbatlar o‘tkazildi. 2. 2011-12 o‘quv yili Universitet “Murabbiylar Kengashi” va akadem guruh murabbiylari o‘quv yiliga mo‘ljallangan reja asosida faoliyat ko‘rsatishdi. Murabbiylar universitet professor-o‘qituvchilari orasidan faol, tajribali, zamon bilan hamnafas bo‘lgan, talaba yoshlarni o‘z orqasidan ergashtira oladigan ma’naviy yetuk ustozlar ichidan tanlab olingan. Murabbiylar faoliyatini yanada takomillashtirish va ularni rag‘batlantirish maqsadida universitetda “Yil eng yaxshi murabbiyisi” tanlovi o‘tkazildi va 22 nafar murabbiylar tanlov g‘olibi bo‘lishdi. 2012 yil 5-6 yanvar kuni murabbiylarga respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi qoshidagi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari professor M.Quronov ishtirokida Akadem guruh murabbiylar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida talabalarning qishki ta’til davrida barcha murabbiylar ishtirokida “Murabbiylik faoliyatining dolzarb masalalari” mavzusida seminar-trening o‘tkazilgan. Ushbu seminar-treningda  344 ta  akademguruh murabbiylari ishtirok etdi. Bu o‘quv yilida kunda universitet bo‘yicha jami 3094 nafar talabalar  ijarada turishadi, ulardan 1448 nafari qiz va 1646 nafarini o‘g‘il bolalar tashkil etadi. Ijarada yashovchi har bir talaba haqida ma’lumotlar banki yaratilgan bo‘lib, ularga guruh murabbiylari mas’ul etib belgilangan. Har bir murabbiyda alohida daftar yuritilgan bo‘lib, unda talabadan xabar olingan sana, yaratilgan sharoitlar bilan tanishish va suhbat natijasi, mavjud muammolar, odob-ahloqi, tarbiyaviy suhbatlar qayd etib borishi amaliyotga kiritilgan. Murabbiylar bu ishlarni tashkil etishda MFY oqsoqollari, uchastka nozirlari va mahalla posponlari bilan hamkorlik olib borishadi. Ijrada yashovchi talabalarning yashash sharoiti o‘rganilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga muntazam ravishda moddiy yordam berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Universitet rektorining buyrug‘i bilan har oyning oxirgi jumasi “Ma’naviyat kuni” deb belgilangan. Haftaning seshanba kuni 2-juftlikda “Axborot soati” va “Murabbiylik soatlari” o‘tkaziladi. Mazkur tadbirlarga barcha akademguruh talabalari to‘liq qamrab olingan. Ularning samaradorligini oshirish maqsadida teatr, muzey, ijodiy uyushmalar, madaniyat markazlari, mahalla, hokimiyat boshqaruv idoralari, hayriya fondlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlik  yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, o‘quv yili davomida “Ma’naviyat kuni” doirasida  universiteitning deyarli barcha talabalarining shahrimizdagi teatr, muzey, muqaddas qadamjolar, turli ko‘rgazmalarda ishtiroki ta’minlandi. Faqatgina “Birinchi kurs maktabi” doirasida ushbu joylarga 1700 nafardan ortiq talabaning ishtiroki ta’minlandi. Bundan tashqari universitet miqyosida qonunchilik sohasidagi yangiliklarga oid Oliy majlis deputatlari bilan 6 ta uchrashuv, turli siyosiy partiya va nodavlat, notijorat tashkilotlar bilan 8 ta, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va missionerlikni oldini olishga qaratilgan huquq-tartibot idoralari, diniy tashkilot vakillari ishtirokida 11ta,  shoir va yozuvchilar bilan 3 ta ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Har bir tadbirlarda mavzuga mos ravishda videofilmlar, slaydlar, stendlar va boshqa axborot-targ‘ibot vositalaridan foydalanildi. Bunga qo‘shimcha tarzda universitetning barcha akademik guruhlarida shu yo‘nalishda ko‘plab alohida tadbirlari o‘tkazilgan. Bundan tashqari universitet rektorining 2011 yil 20 apreldagi  218-U-sonli buyrug‘iga asosida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining  20 yilligiga bayramiga bag‘ishlab quyidagi  “Buyuk va  muqaddassan, mustaqil  Vatan!”, “Prezident asarlari bilimdoni”, “Vatanimiz tarixi bilimdoni”, “Bugun biznes egasi-yurtimiz ertasi”, “Falsafiy meros-barkamollik asosi”, “Eng yaxshi biznes – reja”, “Badiiy ijod”, “Tasviriy ijod” , Fakultetlararo voleybol, futbol bo‘yicha “Mustaqillik kubogi”, sport turlari bo‘yicha insho, ko‘rik – tanlov  va musobaqalar o‘tkazilgan  va  g‘oliblar taqdirlangan. Konstitutsiya moddalarida mustahkamlangan yoshlar huquqlari va burchlari, ularni amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish bo‘yicha talabalarning bilimlarini yanada chuqurlashtirish maqsadida universitet rektorining 2011 yil 18 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun – 8 dekabr umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 546-U-sonli buyrug‘i asosida universitet talaba-yoshlari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazilgan va g‘oliblar taqdirlangan.   3. 2012-13 o‘quv yili Universitetda  “Ustoz-shogird” tizimi universitet faoliyat ko‘rsatgan kundan boshlab tashkil etilgan. Uzoq yillar davomida bu sohada boy tajriba to‘plangan. Shakllangan an’ana va tajribalar asosida bugungi kunda respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar murabbiylik faoliyati bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanmoqda. Mazkur o‘quv yilida  universitetda 342 ta akademik guruhga malakali professor-o‘qituvchilar  murabbiylik ishiga jalb etilgan. Universitet murabbiylari faoliyati “Murabbiy kengashi” tomonidan muntazam muvofiqlashtirilib boriladi. “Murabbiylar Kengashi” faoliyatini takomillashtirish maqsadida 2013 yilning mart oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Murabbiylar kengashi” faoliyatini yanada jonlantirishga doir  umumiy yig‘ilish o‘tkazildi va murabbiylarning oldida turgan vazifalar belgilab berildi. “Murabbiylik kengashi”ga rahbarlik qilish uchun  universitetning tajribali pedagogi, dotsent B.Nurullaev saylandi. “Murabbiylar kengashi” va akademguruh murabbiylari o‘quv yiliga mo‘ljallangan reja asosida faoliyat ko‘rsatdi. Murabbiylar faol, tajribali, zamon bilan hamnafas bo‘lgan, talaba yoshlarni o‘z orqasidan ergashtira oladigan ma’naviy yetuk ustozlar ichidan tanlab olindi. Murabbiylar faoliyatini yanada takomillashtirish va ularni rag‘batlantirish maqsadida universitetda o‘tkazilgan “Yil eng yaxshi murabbiysi” ko‘rik-tanlovi  g‘olibi bo‘lgan 22 nafar murabbiylar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. O‘quv yili davomida “Murabbiylik soatlari” qat’iy reja va jadval asosida muntazam o‘tkazilib borildi. Bu to‘g‘risida guruh jurnaliga tegishli yozuvlar kiritiladi. Murabbiylik soatlarining samarali o‘tishini ta’minlash maqsadida rang-barang uslublardan foydalaniladi. Masalan, taniqli pedagoglar, olimlar, huquqni ximoya qilish xodimlari va boshqalarning ishtirokida murabbiylik soatlarini o‘tkazish an’anaga aylangan. Murabbiylik soatlarining ta’sirchanligini oshirish maqsadida universitet mavjud tarbiyaviy ahamiyatga ega turli mavzudagi ma’naviy-ma’rifiy filmlar ko‘chirilgan video tasmalar, elektron disklardan oqilona foydalanib kelinmoqda.  Murabbiylar faoliyatida talabaning ota-onasi, ta’lim olgan muassasasi bilan aloqalar o‘rnatish bo‘yicha muayyan tajriba orttirilgan.  2016-2017 o'quv yili 1. Universitetda o‘tkazilgan “Eng yaxshi guruh murabbiysi” ko‘rik- tanlovining 3 – bosqichi natijalari haqida Eshitildi: universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.A.Qo‘ysinov universitet rektorining 2016 yil 19 dekabrdagi 640-U sonli buyrug‘i asosida universitetda “Eng yaxshi guruh murabbiysi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilganligi, hozirda mazkur tanlovning 3-bosqichi yakuni bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan murabbiylarni tanlov Nizomi asosida rag‘batlantirish haqida ma’lumot berib o‘tdi. Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita raisi v.v.b. L.O‘rinboeva bu tanlovning 1-bosqichi 24-30 dekabr kunlari kafedralarda, 2-bosqichi 3-9 fevral kunlari barcha fakultetlar kesimida guruh murabbiylari o‘rtasida o‘tkazilganligi haqida ma’lumot berib, ko‘rik-tanlovning 2-bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 7 nafar murabbiylarning hujjatlari Nizom talablariga muvofiq 3-bosqich uchun qabul qilinganligi hamda bu bosqich 20-21 fevral kunlari o‘tkazilganligini bildirdi. Unga ko‘ra: 20 fevral kuni Nizomda ko‘rsatilgan 7 ta band asosida ishtirokchilarning xujjatlari ko‘rib chiqildi va har bir bandga ajratilgan balllar bo‘yicha baholandi. 21 fevral kuni tanlov ishtirokchilarining ko‘rik-tanlov Nizomida ko‘rsatilgan 8-band bo‘yicha “Zamonaviy guruh murabbiysini qanday tasavvur qilishi bo‘yicha ish mazmunini bayon qilib berish” haqidagi taqdimotlari tinglandi va savol-javoblar asosida mazkur bandga ajratilgan ballar hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Natijada ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan quyidagicha ballar asosida baholandilar:  1. Universitetida o‘tkazilgan “Eng yaxshi guruh murabbiysi” ko‘rik- tanlovining 3 – bosqichi qoniqarli o‘tkazilganligi ma’qullansin. 2. Ko‘rik-tanlovning 3 – bosqichida yuqori ballarni qo‘lga kiritgan quyidagi ishtirokchilar1- 2- 3- o‘rinlarga munosib deb topilsin: 1) Ashirboev A’zam (81,6 ball) - 1 o‘rin 2) Jo‘raeva Feruza (80,6 ball) - 2 o‘rin 3) Radjapov Usmonboy (77 ball) - 3 o‘rin 3. Ko‘rik-tanlovda muvoffaqiyatli ishtirok etgan, lekin o‘rinlarga sazovor bo‘lmagan quyidagi ishtirokchilarni ham munosib rag‘batlantirish universitet rahbariyatidan so‘ralsin: 1) Rasulova Aziza 2) Sarimsakova Gulchehra 3) Mutalipova M. 4) Ataeva Mohigul