Kimyo va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi

Kimyo va uni o’qitish metodikasi bakalavriyat ta’lim yo’nalishida o’zbek va rus guruhlari hamda magistratura yo’nalishida Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisligida talabalar tahsil olmoqda.

Kimyo va uni o’qitish metodikasi bakalavriyat ta’lim yo’nalishida o’zbek va rus guruhlari hamda magistratura yo’nalishida Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisligida talabalar tahsil olmoqda.

2017-2018 o’quv yilida Kimyo va uni o’qitish metodikasi kafedrasida 10 shtat ajratilgan. Kafedrada 1nafar professor: Sh.M.Mirkamilov, 6 nafar dotsent: Z.Maxmatkulova, N.Bozorov, M.Ibodullayeva, F.Alimova, O.Iskandarov, K.Kultayev, 5 nafar katta o’qituvchi: Sh.Shomurotova, A.Mamadaliyeva, N.Mamadaliyeva, D.Usmonova, S.Ismoilov va 4 nafar o’qituvchilar: Sh.Saidaxmedova, X.Xismatova, N.Temirov, Sh.Farmonova jami 16ta professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Kimyo va uni o’qitish metodikasi bakalavriyat ta’lim yo’nalishida o’zbek va rus guruhlari hamda magistratura yo’nalishida Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisligida talabalar tahsil olishmoqda.

Kafedrada quyidagi fanlar o’qitiladi:

Anorganik kimyo,

Analitik kimyo,

Organik kimyo,

Polimerlar kimyosi,

Kimyo tarixi,

Fizik va kolloid kimyo,

Kimyo o’qitish metodikasi,

Kimyodan masalalar yechish metodikasi,

Kimyoni o`qitishda texnologiya va loyixalashtirish,

Ekologik kimyo,

Moddalar tuzilishi,

Elektrokimyo va b.

Bundan tashqari, bitiruvchi kurs talabalari pedagogik, quyi kurs talabari esa o’quv amaliyotini o’taydi. Professor-o’qituvchilar tomonidan kafedrada “Tabiiy va sintetik tolalarni kimyoviy modifikatsiyalash” hamda “O’rta-maxsus va oliy o’quv yutrlarida innovatsion hamda informatsion texnologiyalardan foydalanib kimyo o’qitish metodikasi” yo’nalishlarida ilmiy-tadqiqod hamda ilmiy-metodik izlanishlar olib borilmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kolleji talabalari uchun “Kimyo” elektron darsligi, Kimyo o’qitish metodikasi yo’nalishi bakalavrlari uchun “Umumiy kimyo” darsligi, “Organik kimyodan laboratoriya mashg’ulotlari”, “Mehnat ta’limi” yo’nalishi talabalari uchun “Kimyo asoslari” o’quv qo’llanmalari va “Elektrokimyo”, “Kompleks birikmalar kimyosi”, “Polimerlar kimyosi” kabi bir qancha metodik qo’llanmalari chop etilgan. Bundan tahqari, xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiya materiallari to’plamlarida, ilmiy jurnallarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 40 taga yaqin ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.