Musiqiy ta’lim kafedrasi

“Musiqiy ta’lim” kafedrasi tarixiga bir nazar

Tafsilot

Qisqacha

“Musiqiy ta’lim” kafedrasi tarixiga bir nazar

Batafsil

Musiqa ta’limi sohasida malakali kadrlar tayyorlash Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1960-1961 o’quv yili “Musiqa va ashula” kafedrasining tashkil etilishi bilan boshlangan. O’sha davrda kafedrada X.Alieva, I.A.Akbarov A.X.Leviev va S.Abramovalar faoliyat olib borganlar. Respublikamizdagi musiqa ta’limi sohasida kadrlarga bo’lgan talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda 1973 yilga kelib, “Musiqa tarixi va nazariyasi” hamda “Vokal” kafedralari faoliyati ham yo’lga qo’yildi. Unda professor X.R.Raximov, P.X.Xaliqov, p.f.n. G.A.Xaliqova, V.T.Ter-Steponyants, M.A.Ahrarova, xizmat ko’rsatgan artist R.Kuchlikova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist M.J.Jalilov va boshqalar samarali mehnat qildilar. 1977-1978 o’quv yilga kelib esa “Musiqa fanlarini o’qitish metodikasi” va “Musiqa nazariyasi va tarixi” kafedralari ham tashkil etildi. Unda L.Qo’ldoshev, Sh.Sultonov, I. Feldman, V. Shomaxmudova, Xaliqova, D.Omonullaev, S.Fattoxova, N.G.Edelkina va L.A.Urmanovalar qizg’in faoliyat olib bordilar. 2004 yilda “Musiqa o’qitish metodikasi” va “Vokal” kafedralari birlashtirilib “Vokal va musiqa o’qitish metodikasi” kafedrasi deb nomlandi. 1998 yildan musiqa ta’limi sohasida magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. “Musiqiy ta’lim” kafedrasi bugungi kunda “Musiqa ta’limi” kafedrasi Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulьteti (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. U faoliyati davomida “5111100-Musiqa ta’limi” ta’lim yo’nalishi va mutaxassisligi bo’yicha talabalarni o’qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini tashkil qiladi. “Musiqa ta’limi” kafedrasi universitetda tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim 5111100-Musiqa ta’limi yo’nalishi bo’yicha quyidagi: - “Musiqa o’qitish nazariyasi, metodikasi va maktab repertuari”; - “Musiqa tarixi”; - “Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqa asarlar tahlili)”; - “An’anaviy honandalik”; - “Xor va xorshunoslik”; - “Cholg’u ijrochiligi va ansambli”; - “Bolalar musiqa adabiyoti”; - “Musiqa o’qitish texnologiyalari va loyihalash”; - “Vokal va zamonaviy musiqa”; - “Musiqa to’garaklarini tashkil etish”; - “O’zbek xalq musiqa ijodi”; - “Solfedjio”; - “Dirijyorlik”; - “Cholg’ushunoslik”. Magistratura mutaxassisliklari 5A111101-Musiqa ta’limi va san’at mutaxassisligi bo’yicha; - “Musiqa san’ati pedagogikasining tarixi”; - “Musiqa ta’limi va san’at nazariyasi va metodologiyasi” - “Nazariy musiqashunoslik” - “Musiqiy san’at asarlarining tahlil muammolari” - “Zamonaviy o’zbek va xorijiy musiqa san’ati rivojlanishining asosiy yo’nalishlari” kabi musiqiy fanlar o’qitiladi. “Musiqa ta’limi” kafedrasi o’quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi yetakchi va pedagogika sohasi bo’yicha Respublikada tayanch kafedra hisoblanadi.