Musiqiy ta’lim kafedrasi

Musiqiy ta’lim kafedrasi tarixiga bir nazar

Musiqiy ta’lim kafedrasi tarixiga bir nazar

Musiqa ta’limi sohasida malakali kadrlar tayyorlash Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1960-1961-o’quv yili Musiqa va ashula kafedrasining tashkil etilishi bilan boshlangan. O’sha davrda kafedrada X.Alieva, I.A.Akbarov A.X.Leviev va S.Abramovalar faoliyat olib borganlar. Respublikamizdagi musiqa ta’limi sohasida kadrlarga bo’lgan talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda 1973-yilga kelib, Musiqa tarixi va nazariyasi hamda Vokal kafedralari faoliyati ham yo’lga qo’yildi. Unda professor X.R.Rahimov, P.X.Xaliqov, p.f.n. G.A.Xaliqova, V.T.Ter-Steponyants, M.A.Ahrarova, xizmat ko’rsatgan artist R.Kuchlikova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist M.J.Jalilov va boshqalar samarali mehnat qildilar.

1977-1978-o’quv yilga kelib esa Musiqa fanlarini o’qitish metodikasi va Musiqa nazariyasi va tarixi kafedralari ham tashkil etildi. Unda L.Qo’ldoshev, Sh.Sultonov, I. Feldman, V. Shomaxmudova, Xaliqova, D.Omonullaev, S.Fattoxova, N.G.Edelkina va L.A.Urmanovalar qizg’in faoliyat olib bordilar.

2004-yilda Musiqa o’qitish metodikasi va Vokal kafedralari birlashtirilib Vokal va musiqa o’qitish metodikasi kafedrasi deb nomlandi.

1998-yildan kafedrada musiqa ta’limi sohasida magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Musiqiy ta’lim kafedrasi bugungi kunda Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

Kafedrada 5111100-Musiqa ta’limi, ta’lim yo’nalishi va mutaxassisligi bo’yicha talabalarni o’qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlari amalga oshiriladi.

Musiqa ta’limi kafedrasi universitetda tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim 5111100-Musiqa ta’limi yo’nalishi bo’yicha o'qitiladigan fanlar:

Musiqa o’qitish nazariyasi, metodikasi va maktab repertuari;

Musiqa tarixi;

Musiqa nazariyasi (solfedjio, garmoniya, musiqa asarlar tahlili);

An’anaviy honandalik;

Xor va xorshunoslik;

Cholg’u ijrochiligi va ansambli;

Bolalar musiqa adabiyoti;

Musiqa o’qitish texnologiyalari va loyihalash;

Vokal va zamonaviy musiqa;

Musiqa to’garaklarini tashkil etish;

O’zbek xalq musiqa ijodi;

Solfedjio;

Dirijyorlik.

Cholg’ushunoslik .

Magistratura mutaxassisliklari 5A111101-Musiqa ta’limi va san’at mutaxassisligi bo’yicha o'qitiladigan fanlar:

Musiqa san’ati pedagogikasining tarixi;

Musiqa ta’limi va san’at nazariyasi va metodologiyasi;

Nazariy musiqashunoslik;

Musiqiy san’at asarlarining tahlil muammolari;

Zamonaviy o’zbek va xorijiy musiqa san’ati rivojlanishining asosiy yo’nalishlari.

Musiqa ta’limi kafedrasi o’quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi yetakchi va pedagogika sohasi bo’yicha Respublikada tayanch kafedra hisoblanadi.