Tabiiy fanlar fakultetida

21-oktyabr kuni Tabiiy fanlar fakultetining konferensiyalar zalida “Kamolot” YoIX ning fakultet yetakchiligiga saylov o‘tkazildi. Hisobot-saylov yig‘ilishida fakutetdan 50 nafar saylovchidan 48 nafari ishtirok etdi. Yig‘ilishning belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tishini nazorat qilish maqsadida 3 kishidan iborat tarkibda yig‘ilish hay’ati shakllantirildi.

Uning tarkibiga fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan muovini Sh.Saidmuratov, universitet “Kamolot” YoIH BT yetakchisi R.Raxmanov, “Biologiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 303-guruh sardori X.Ismailovalar saylandi. Saylovda fakultet “Kamolot” YoIXning yetakchisi J.Sadinov hisoboti tinglandi. Fakultetdan yetakchiligiga “Biologiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 302-guruh talabasi B.B.Ishmo‘minov, “Geografiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabasi M.Hakimov, “Kimyo o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi 301-guruh talabasi N.Hakimovlar nomzodi taklif etildi. Nomzodlarning saylovoldi dasturi eshitildi. So‘ng uning nomzodi ovozga qo‘yilib, 82 foiz ovoz bilan B.B.Ishmo‘minov fakultet boshlang‘ich