Chet tillar

Til millatlararo ko`prikdir!

Tafsilot

Til millatlararo ko`prikdir!

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakulteti va uning tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan kafedralar: Mamadaliev A. - fakultet dekani; Kinjaeva G.S. – yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini; Baymanova Nodira - o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini; Nazarov S. - Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri v.b.; Yusupov O.N. - Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi mudiri; Matenova Yu.U. – Rus adabiyoti va uni o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri; Latipov O.J. -  Rus tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri. Bundan tashqari Korzun A.V. - Fakultet kasaba uyushmasi raisi; Murodov O’.N. - Fakultet ustoz-murabbiylar kengashi raisi; Saidazimova D. - Fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

 




Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Chet tillar fakulteti mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimi uchun chet til o‘qituvchilarini yetishtirib beruvchi yetakchi muassasalardan sanaladi. “Til millatlararo ko‘prikdir” iborasi fakultetning shiori qilib olingan. Fakultet jamoasi bugun ta’lim va tarbiya jarayonlarini zamon talablari darajasida amalga oshirish uchun tinimsiz mehnat va izlanishda. 2017 yil 8-fevraldan boshlab fakultet dekani vazifasini A.M.Mamadaliev bajarib kelmoqda. Chet tillarni mukammal egallagan A. Mamadaliev fakultetda ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshilash, malakali kadrlar sifatini oshirishga katta e’tibor qaratgan holda munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Shu bilan birga, ularning kasb mahoratlarini oshirish ustida doimiy qayg‘uradi. Chet tillar fakultetida faoliyat ko‘rsatayotgan 4 ta kafedralar Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Qozog’iston hamda Xitoyning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jumladan, Germaniya Federativ Respublikasi Frayburg va Haydelberg pedagogika universitetlari o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnoma asosida har yili bir nafar talaba bir semestr, professor-o‘qituvchilarimiz esa bir oy davomida malaka oshirib qaytmoqdalar. 

Chet tillar fakultetida xorijlik yetuk mutaxassislar, fan arboblari bilan birga ilmiy-nazariy konferensiyalar tashkil etilib ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelinmoqda. 

Fakultetda o‘quv-metodik ishlarga asosiy e’tibor qaratilgan. Ta’limni tashkil etish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar ustida ishlash, ular asosida o‘quv-tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yish, talabalarni zarur o‘quv va metodik adabiyotlar bilan ta’minlash hamma vaqt fakultet jamoasining diqqat markazida. Fakultet jamoasi tomonidan ta’lim tizimining turli bo‘g‘inlari uchun o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilmoqda. Hozirgi kunda fakultetda to‘rtta kafedra: Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi, Ingliz tili amaliy kursi, Rus adabiyoti va uni o’qitish metodikasi, Rus tili va uni o‘qitish metodikasi kafedralari mavjud bo‘lib, fakultetda 47 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 2 nafari fan doktori-professor, 1 nafari PhD doktori, 11 nafar fan nomzodi-dotsentlar, 2 nafar dotsent vazifasini bajaruvchilar, 14 nafar katta o‘qituvchi va 17 nafar o‘qituvchi va 3 nafar stajyor o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqdalar. Fakultetda 900 ga yaqin talaba tahsil oladi. Fakultetda chet tillarni o‘qitish uchun maxsus lingofon auditoriyalari mavjud, jumladan darslar zamonaviy multimedia texnologiyalari asosida tashkil etilgan. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga turli ilmiy, ijodiy va kasbiy to‘garaklar tashkil qilinib, talabalarga darsdan tashqari paytlarda chet tildan qo‘shimcha bilimlar berib kelinmoqda. Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi professori J.J.Jalolov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-1875 Qarori ijrosini ta’minlash uchun har oyning oxirgi chorshanba kuni Ilmiy-seminar tashkil qilinib, seminarda fakultetning barcha professor-o‘qituvchilari turli ilmiy mavzularda ma’ruzalar olib borishmoqda. Fakultetda yuqori malakali va ayni vaqtda yuksak ma’naviyatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mukammal biladigan va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘la oladigan, erkin fikrlaydigan, ijodkor mutaxassislar tayyorlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga katta e’tibor qaratiladi. 

Fakultetning 2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli muvofiqlashtirishga doir tashkiliy masalalar, jamoada umumiy va pedagogik madaniyatni oshirishga qaratilgagn ma’naviy-ma’rifiy ishlar, O‘zbekiston Respublikasi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish borasida ta’lim muassasalari, ota-onalar, mahallalar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning metodik ta’minoti, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning o‘quv-uslubiy asosini takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar malakasini oshirish va ularning faoliyatini takomillashtirish, milliy qadriyatlar va an’analar, ajdodlarimizning boy madaniy merosini targ‘ib etish, milliy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlar tavalludini nishonlash, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ijtimoiy himoya tadbirlari o‘z aksini topgan. 

Fakultet jamoasi doimo ilmiy izlanishda. 2017-2018 yilda fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 6ta monografiya , 4ta o‘quv qo‘llanma, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 12ta ilmiy maqolalar va xalqaro jurnallarda esa 18 ta ilmiy maqolalar chop etildi. Fakultet jamoasi tinimsiz izlanishdalar. Fakultet jamoasi tomonidan ta’lim tizimining turli bo‘g‘inlari uchun o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilmoqda. Fakultetda yuqori malakali va ayni vaqtda yuksak ma’naviyatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mukammal biladigan va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘la oladigan, erkin fikrlaydigan, ijodkor mutaxassislar tayyorlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga katta e’tibor qaratiladi.