Chet tillar

Til millatlararo ko`prikdir!

Tarixga nazar tashlasak, Rus filologiyasi fakulteti  (1940-1950 yillarda) alohida  fakultet bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu fakultetda Rus tilshunosligi (1940 y.), Rus va chet el adabiyoti (1940 y.), Rus tili va uni o‘qitish metodikasi (1947 y.), Koreys tili va adabiyoti (1956 y.) va bir necha yil tatar  tili kafedralari faoliyat ko‘rsatishgan. 1985-yildan Rus va tatar filologiyasi fakulteti  tashkil qilinib (fakultet dekani J.L. Azizov), keyinchalik rus va koreys filologiyasi (fakultet dekani I.G.Yugay) fakulteti deb 1992-yildan nomlandi. 

Chet tillar fakulteti 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bunda Ingliz va nemis tillari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Ingliz tili”, “Nemis  tili” kafedralari faoliyat ko‘rsatishgan. Keyinchalik 2002-yilda “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi tashkil topgan . 

2005-2006-o‘quv yilida xorijiy tillar sifatida bu fakultetlar birlashtirilib yagona Chet tillar fakulteti deb yuritila boshladi.

Hozirgi kunda fakultetda 6ta ta’lim yo‘nalish bo‘yicha talabalar tahsil olishadi. Bular “Ingliz tili va adabiyoti”, “Nemis tili va adabiyoti”, “Rus tili va adabiyoti”, “Koreys tili va adabiyoti”, “Rus tili va adabiyoti (o‘zga tilli guruhlarda)” va Qozoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlaridir.

Hozirgi kunda fakultetda 900ga yaqin talaba “Ingliz tili va adabiyoti ”, “Nemis tili va adabiyoti ”, “Rus tili va adabiyoti”, “Koreys tili va adabiyoti”, “Rus tili va adabiyoti (o‘zga tilli guruhlarda)” va Qozoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishadi.

Fakultetda 4ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda:

Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi:

Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi: 

 Rus tili o‘qitish metodika kafedrasi:

 Rus adabiyoti o‘qitish metodika kafedrasi:

 Fakultet dekani v.b.: Abdumajit Mamasoliyevich Mamadaliyev 

 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini: Gulbaxor Kinjayeva

 O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini: Mo‘ydinov Qodirjon Abdurasulovich

 Fakultet murabbiylar kengashi raisi: O‘tkir Nurillaevich Murodov 

 Хotin-qizlar qo‘mitasi raisi: Dildora Qosimovna

 Fakultet kasaba qo‘mitasi raisi: Korzun Aleksandr