Harbiy ta’lim fakulteti

Harbiy ta’lim fakulteti Respublikamizda tayanch yo‘nalish hisoblanadi. Harbiy kafedra – bu Oliy ta’lim muassasalari rezervidagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, tarbiyaviy, ilmiy-metodik ishlarni ta’minlaydigan asosiy o‘quv bo‘linmadir.

Harbiy ta’lim fakulteti Respublikamizda tayanch yo‘nalish hisoblanadi. Harbiy kafedra – bu Oliy ta’lim muassasalari rezervidagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, tarbiyaviy, ilmiy-metodik ishlarni ta’minlaydigan asosiy o‘quv bo‘linmadir.

Nizomiy nomidagi TDPI rektorining 1991-yilning 31-martidagi 210-sonli buyrug‘iga ko‘ra TDPI (TDPU) tizimida Boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Mudofaa vazirligining 2008-yil 5-avgustdagi12/230-sonli qo‘shma qaroriga hamda universitet rektorning 2008-yil 21-oktyabrdagi 328-U sonli buyrug‘iga binoan harbiy kafedra negizida Jismoniy madaniyat va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti tashkil etilib, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim, Jismoniy madaniyat va bolalar sporti yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan.

Fakultetda yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston uzluksiz ta’limi davlat standartlari tizimi va o‘quv rejalari tasdiqlanib, amalda tadbiq etilgan. Fakultetning Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi respublikada tayanch yo‘nalish hisoblanib, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim hamda Jismoniy madaniyat va bolalar sporti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha respublikamizdagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablariga -Jismoniy tarbiya va sport hamda Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlab kelgan. 2012-2013-o‘quv yilidan boshlab harbiy kafedra Harbiy ta’lim fakuteti maqomi bilan faoliyat yurita boshladi. Hozirgi vaqtda Harbiy kafedrada 19 ta fan o‘qitilib kelinmoqda hamda harbiy tayyorgarlik fanlari bo‘yicha Mudofaa vazirligining harbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan kerakli adabiyotlar bilan ta’minlanmoqda. Fakultetda faoliyat yuritayotgan 10 nafar podpolkovnik, 5 nafar mayor va 4 nafar zahiradagi ofitser-o‘qituvchilar talaba-yoshlarga harbiy soha sir-asrorlarini o‘rgatib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Talabalar bilan o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va olib borish uchun o‘quv-metodik baza va moddiy ta’minot harbiy kafedra boshlig‘ining buyurtmasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ta’minlanmoqda.