Universitet Xodimlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

“1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayram tadbirini hamda universitetning 80 yillik yubileyi munosabati bilan universitet hovlisida 500 kishilik osh dasturxoni yozildi. Bu tadbirga kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisobidan 5.000.000 so‘m sarflandi. 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan universitet mehnat muxofazasi bo‘yicha 1-toifali muxanddisi R.Shonazarovga «Turon» sihatgohiga, shuningdek kasaba uyushmasi byujetidan “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi O.Terexovaning otasiga “Xumson” sihatgohiga 45% lik chegirma bilan yo‘llanmalar ajratildi.

Tafsilot

Qisqacha

Batafsil

Yosh iqtidorli xonanda Malika Egamberdieva 30 oktyabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini uyushtirdi. Universitet professor-o‘qituvchilarining madaniy xordiq olishlari uchun konsert dasturiga chiptalar xarid qilindi va bepul tarqatildi. Bu tadbirga kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisobidan 1.100.000 so‘m sarflandi. Paxta yig‘im terimida faol qatnashayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga sochiqlar taqdim etildi. Bu tadbirga 525.000 so‘m safrlandi. Universitetimiz faxriy professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan 70 nafarining Samarqand shahriga ziyorati “Afrosiyob” tezyurar poezdida uyushtirildi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi xomiyligi ostida. Ehtiyojmand, kam ta’minlangan professor-o‘qituvchi hamda xodimlardan 13 nafariga 940 000 so‘m moddiy yordam ko‘rsatildi.