Toshkent davlat pedagogika universitetida “XXI asr – intellektual avlod asri” mavzusida о‘tkaziladigan xududiy ilmiy-amaliy anjumanning AXBOROT XATI

2013 yil 12-13 iyun kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida (Toshkent viloyati va Toshkent shahri OTM talabalari va yosh olimlari uchun) “XXI asr – intellektual avlod asri” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etiladi.

Tafsilot

Qisqacha

2013 yil 12-13 iyun kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida (Toshkent viloyati va Toshkent shahri OTM talabalari va yosh olimlari uchun) “XXI asr – intellektual avlod asri” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etiladi.

Batafsil

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 martdagi 57-sonli bayoni bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi va uning bajarilishini ta’minlash yuzasidan ijro mexanizmi”ning “Iqtidorli yoshlarni qо‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini rо‘yobga chiqarish”ga qaratilgan 32-bandida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qо‘mitasi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi, О‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining 2013 yil 10 apreldagi 16-sonli Qо‘shma qarori maqsadida 2013 yil 12-13 iyun kunlari Toshkent davlat pedagogika universitetida (Toshkent viloyati va Toshkent shahri OTM talabalari va yosh olimlari uchun) “XXI asr – intellektual avlod asri” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etiladi.

A njuman da quyidagi seksiyalar b о ‘yicha ish olib boriladi:

1- seksiya : Ijtimoiy-gumanitar fanlar;

2 - seksiya : Tabiiy fanlar;

3-sepksiya : Aniq fanlar;

Anjuman materiallari tо‘plamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:

- ilmiy maqolalar anjuman yо‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;

- taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bо‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi;

- muallif haqidagi ma’lumotnoma (obyektivka) va muallifning pasport nusxasi taqdim etiladi;

- anjumanda qatnashish bо‘yicha muallifning familiya, ismi va sharifi, maqola nomi, anjuman yо‘nalishi (seksiya), tashkilot nomi, lavozimi, xizmat manzili, telefon, faks hamda elektron pochta manzillari kо‘rsatilgan Talabnoma bо‘lishi zarur;

- anjuman materiallari о ‘zbek, ingliz va rus tillarida taqdim etilishi mumkin;

- ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A-4 kattalikdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., о‘ngdan 1 sm. joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi, 1,5 intervaldan sо‘ng muallifning ismi va otasining ismi hamda familiyasi bosh harflarda yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi kо‘rsatiladi. Sо‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 12 kegel kattaligida bо‘lishi va 4 betdan oshmasligi lozim. Elektron nusxasi disk yoki fleshkaga yozilgan holda yuboriladi yoki elektron pochtadan jо‘natiladi.

Anjumanda qatnashish uchun ilmiy maqolalar 2013 yil 8 apreldan 2013 yil 23 maygacha qabul qilinadi.

Maxsus ekspertlar tomonidan anjumanga nomunosib deb topilgan maqolalar dasturga va materiallar tо‘plamiga kiritilmaydi. Yuborilgan maqola mualliflarga qaytarilmaydi.

Tashkiliy qо‘mita manzili: Toshkent davlat pedagogika universiteti - Toshkent shahri, Yusuf Xos Xojib kо‘chasi 103-uy (indeks 100100). Tel.: (998-71) 255 – 50- 95, 252 – 68 - 56 faks: (998-71) 215 – 54 - 18. Elektron pochta: tdpu_anjuman@inbox.uz

Mas’ullar: Taxirov Jozil Ostonovich – Tel.: 252–68–56, Abdazimov Azizjon Abdusabirovich – Tel.: 255 – 50 – 95, Kusherbayeva Shoira Alenovna - Tel.: 255 – 50 – 95

T A L A B N O M A

Familiyasi

Ismi

Otasining

ismi

Maqola nomi

Anmujan seksiyasi

Asosiy ish

joyi

Lavozimi

Xizmat manzili

Xizmat telefoni

Uyali telefoni

Elektron pochtasi

Mavzuga oid