Toshkent moliya institutida Erasmus+ Axborot kuni o‘tkazildi

Joriy yilning 26-27 noyabr kunlari Toshkent moliya institutida Erasmus+ Axborot kuni o‘tkazildi. Tadbir YeIning Ta’lim, audiovizual vositalar va madaniyat ijroiya agentligi, O‘zR OO‘MTV, O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, O‘zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi tomonidan tashkil etildi. Axborot kunida yuqorida nomi keltirilgan agentlik vakili – dastur menejeri, loyihalarni tanlab olish bo‘limi boshlig‘i Dorina Angelesku xonim ishtirok etdi.

Tafsilot

Batafsil

Axborot kunida Erasmus+ dasturi doirasida O‘zbekiston OTMlari uchun mavjud barcha hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘zbekistonda Tempus loyihalari doirasida erishilgan yutuqlar hamda Erasmus+ loyihalarining birinchi tanlov natijalari taqdim etildi. Shuningdek talaba va o‘qituvchilarga institutsional hamkorlik va individual stipendiyalar borasida maslahatlar berishda Xalqaro aloqalar bo‘limlarining salohiyatini mustahkamlash va loyiha takliflarini ishlab chiqish va yaxshi loyiha menejmenti borasida amaliy tavsiyalar berildi. Erasmus+ loyihalarida ishtirok etishni xohlaganlar to‘liq ma’lumotni neo@erasmusplus.uz, www.erasmusplus.uz saytlariga kirib olishlari mumkin.
Xalqaro aloqalar bo‘limi