Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida 20-24 may kunlari o’tkazilgan “Zamonaviy topologiya muammolari va tatbiqlari” xalqaro konferentsiya

Konferentsiyaning maqsadi zamonaviy topologiya sohasida erishilgan so’nggi ilmiy natijalar bilan tanishish, o’zbek olimlarining ilmiy yutuqlarini targ’ib qilish, chet el olimlari bilan mavjud ilmiy muloqotlarni mustaxkamlash va rivojlantirish, yosh olimlarni ilmiy ijodiyotini rag’batlantirishga qaratildi.

Tafsilot

Qisqacha

Konferentsiyaning maqsadi zamonaviy topologiya sohasida erishilgan so’nggi ilmiy natijalar bilan tanishish, o’zbek olimlarining ilmiy yutuqlarini targ’ib qilish, chet el olimlari bilan mavjud ilmiy muloqotlarni mustaxkamlash va rivojlantirish, yosh olimlarni ilmiy ijodiyotini rag’batlantirishga qaratildi.

Batafsil

Konferentsiyaning maqsadi zamonaviy topologiya sohasida erishilgan so’nggi ilmiy natijalar bilan tanishish, o’zbek olimlarining ilmiy yutuqlarini targ’ib qilish, chet el olimlari bilan mavjud ilmiy muloqotlarni mustaxkamlash va rivojlantirish, yosh olimlarni ilmiy ijodiyotini rag’batlantirishga qaratildi. Quyidagi masalalar muhokama qilindi: O’lchamlar nazariyasi, uzluksiz akslantirishlar nazariyasi, topologik gruppalar va algebralar, tekis fazolar nazariyasi, ehtimollik o’lchovi va kovariant funktorlar, kardinal invariantlar, differentsial va algebraik topologiya, ko’pxilliklar geometriyasi va topologiyasi, dinamik sistemalar. Konferentsiyada Shvetsiya, Gretsiya, Janubiy Afrika, Rossiya, Iroq, Qirg’iziston, respublikadagi oliy o’quv yurtlari va qator ilmiy-tekshirish institutlari olimlari, jumladan yosh olimlar ma’ruzalar bilan ishtirok etib, ilmiy munozaralarda faollik namoyish qildilar. Konferentsiya ishida ishtirok etish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchilar hamda ilmiy tekshirish institutlari olimlari va katta ilmiy xodim izlanuvchilaridan, shu jumladan Qirg’iziston Respublikasidan 8 ta, Rossiya Federatsiyasidan 13 ta, Gretsiyadan 1 ta, SHvetsiyadan 1 ta, Janubiy Afrikadan Respublikasidan 2 ta, Ukrainadan 1 ta, Germaniya Federativ Respublikasidan 3 ta, Iroqdan 2 ta, Malayziyadan 1 ta buyurtma tushgan. Konferentsiya ishida SHvetsiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Iroq, Gretsiya kabi chet el mamlakatlari va Rossiya, Qirg’iziston kabi hamdo’stlik mamlakatlaridan matematik olimlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, Chatyrko V.A. (Sweden), Linkoping University, – “A poset of topologies on the set of real numbers”, Barubaev A.A., Qirg’iziston Milliy universiteti - “Ob odnom obobщenii klassov metricheskix, normirovannыx i unitarnыx prostranstv”, Sadovnichiy Yury V. (Russia) – Moscow State University, “Infinite–dimentional spaces of probability measures”, Iliadis Stavros D. (Gretsiya), Moscow State University - “Isometrically universal spaces”, Naidoo Inderasan (South Africa), University of South Africa – “On completion and uniformity in pointfree topology”, Pankov Pavel S., Qirg’iziston Milliy universiteti – “Recognizability and local computer presentation of topological spaces”, Abdullah Kurudirek (Iraq) – Salahaddin Ayyubi College, “Topology of Minkowski metric”, CHekeev A.A. (Kyrgystan) Qirg’iziston Milliy universiteti – “Ravnomernыy analog konstruktsii Aleksandrova bikompaktnogo rasshireniya Stouna – CHexa”, Akca Huseyn (Iraq) – Salahaddin Ayyubi College, “Topology of Minkowski metric”, Nezhinskij V.M. (Russia), Petersburg State University, “Space graphs with framed vertices and tangles” matematik olimlar o’zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Konferentsiyaning shu’balari majlislarida “Geometriya va topologiya” – 56 ta, “Algebra va analiz” – 45 ta, “Dinamik sistemalar” – 15 ta , “Ehtimollar nazariyasi” – 9 ta ma’ruzalar eshitildi. YUqorida sanab o’tilgan shu’balarda matematikaning dolzarb muammolariga doir ma’ruzalar tinglandi, bahs va munozaralar olib borildi. Konferentsiya ishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Konferentsiyaning tantanali yopilish marosimida yuqorida nomlari qayd etilgan chet ellik olimlar bilan bir qatorda O’zbekistonlik olimlar akademik Sh.A. Ayupov, prof. A.A. A’zamov, prof. A.Narmonovlar anjuman ishi yuqori saviyada tashkil etilganligini alohida ta’kidlashdi va TDPU ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirishdi

Mavzuga oid