“Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yо‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” mavzusida seminar trening olib bordi.

2015 yil 9 dekabr № TTJ 1 ma’naviyat xonasi “О‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi va “Xotin qizlar qо‘mitasi” raisi X.Nabiyevna birgalikda I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yо‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” mavzusida seminar trening olib bordi.

О‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti T.Xо‘jamberdiyev sо‘zga chiqib, I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yо‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” mavzusida seminar trening olib bordi. Sо‘z boshida bizning maqsadimiz – erkin va farovon, demokratik hayot qurish ekanligi haqida gapirdi. Prezidentimiz asaridagi mazmun mohiyati haqida aniq gapirdi. Shuningdek, Halqimizga tinchlik va omonlik kerak mavzusiga alohida tо‘xtalib, bugungi hayotimizning qadriga yetishimiz lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, Konstitusiyamizning 23 yilligi munosabati bilan prezidentimiz ma’ruzasiga asosiy e’tiborni qaratdi. Kelajakda qiladigan ishlarimizning mazmun mohiyatini belgilab berganligini aytdi. Munozaraga kafedra katta о‘qituvchisi G.Eshanova, X.Xolmirzayev, B.Jamiyevlar chiqib о‘z fikr muloxazalari bilan qatnashdilar. Xotin qizlar qо‘mitasi raisi X.Nabiyevna sо‘zga chiqib, qizlarimizning kejakda oilaga tayyorlanish uchun sog‘lom bо‘lishi haqida gapirdi. Prezidentimiz ham yosh qizlarimizning erta turmush qurishlarini oqlamasligi, har bir yosh qizlarimiz avvalo mustaqil bilib olishlari, avvalo о‘z kelajagini biron mutaxasislik egallab olishlari lozimligi aytildi. Shuningdek, qizlar bilan dildan suhbatlashdi. Ularning fikr mulohazalri tinglandi. Savol javoblar qiziqarli bо‘lib о‘tdi.