Tarixchilar «Zakovat» intellektual o’yinida!!!

«Kamolot» YoIX boshlangich tashkiloti tashabbusi bilan o’tkazilayotgan «Zakovat» intellektual o’yinining navbatdagi fakultet boskichi universitetning Tarix fakultetida tashkil etildi.

Tafsilot

«Kamolot» YoIX boshlangich tashkiloti tashabbusi bilan o’tkazilayotgan «Zakovat» intellektual o’yinining navbatdagi fakultet boskichi universitetning Tarix fakultetida tashkil etildi.

Batafsil

Tadbirda universitet «Kamolot» YoIX yetakchisi R.Raxmanov, Fizika-matematika fakulteti magistranti F.Abdullaev, Tarix fakulteti dekani muovini J.Yakobjanov ishtirok etdi. 6 nafardan iborat 14 jamoa ishtirok etgan tanlov 2 boskichdan iborat bo’lib, xar bir boskich 12 raunddan iborat bo’ldi. Berilgan savollarga mantiqiy va falsafiy jixatdan yondoshib javob berdilar. Tadbir natijalariga ko’ra 1-o’rinni «Feniks» jamoasi egallab universitet boskichiga yo’llanma oldi. G’olib va faol ishtirok etgan yoshlarga diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.