Umumiy qoidalar

Tafsilot

Batafsil

1. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Yosh olimlar kengashi” (keyinchalik – Kengash) 40 yoshgacha bо‘lgan yosh olimlar va mutaxassislar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil-izlanuvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar jamoat tashkiloti hisoblanadi. 2. Kengash yosh olimlar ijodiy faolligining rivojlanishiga, ularning mutaxassisliklari bо‘yicha kamol topishiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim ilmiy va amaliy muammolarning ilmiy jihatdan yechimini topishga kо‘maklashadi. 3. Kengash faoliyati yosh olimlar jamoat tashkilotining asosiy yо‘nalishlari va faoliyat shaklini belgilab beruvchi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, О‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Universitet Nizomi hamda mazkur Nizomga asosan olib boriladi. 4. Kengash faoliyati Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi Yosh olimlar kengashi, davlat boshqaruv organlari, vazirliklar, muassasalar, ilmiy tashkilotlar, о‘quv yurtlari, jamoatchilik tashkilotlari bilan muvofiq ravishda tashkil etiladi.