Marketing xizmati bo`limi

O`zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o`tish bilan bog`liq tub isloxatlar, tabiiyki ta’lim sohasini chetlab o`tmagan. Respublika ta’lim tizimini zamon talablari darajasida tashkil etish, kadrlar bozorini, raqobatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim xizmatlari ko`rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori (1998 yil) mazkur yo`nalishidagi ishlar uchun me’yoriy-xuquqiy zamin hozirladi.

Tafsilot

O`zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o`tish bilan bog`liq tub isloxatlar, tabiiyki ta’lim sohasini chetlab o`tmagan. Respublika ta’lim tizimini zamon talablari darajasida tashkil etish, kadrlar bozorini, raqobatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim xizmatlari ko`rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori (1998 yil) mazkur yo`nalishidagi ishlar uchun me’yoriy-xuquqiy zamin hozirladi.

Batafsil

O`zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o`tish bilan bog`liq tub isloxatlar, tabiiyki ta’lim sohasini chetlab o`tmagan. Respublika ta’lim tizimini zamon talablari darajasida tashkil etish, kadrlar bozorini, raqobatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim xizmatlari ko`rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori (1998 yil) mazkur yo`nalishidagi ishlar uchun me’yoriy-xuquqiy zamin hozirladi. Ushbu qarorga muvofiq Nizomiy nomidagi TDPU rektorinig 1998 yil 26 martidagi 48-U sonli buyrug`i bilan universitet Marketing xizmati bo`limi tashkil etildi, uning nizomi va ish rejasi tasdiqlanadi. Marketing xizmati bo`limi quyidagi kabi vazifalarni xal etishga chaqirilgan: - ta’lim muassasalaridan tushgan takliflar asosida «Buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish, talab va takliflarni o`rganish asosida ixtisoslik yo`nalishlariga qabul miqdori haqida takliflar kiritish; - yangi ixtisoslik yo`nalishlari ochish haqida takliflar kiritish; - universitetda ta’lim xizmati ko`rsatish bozorni shakllantirish; - akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumta’lim maktablarini yetuk mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida bitiruvchilar bilan ish olib borish; - universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ular haqida statistik ma’lumotlar to`plash; - pulli-shartnoma asosida o`qiyotgan talabalarning pul tushumini nazorat qilish va stipendiya farqlari hisob-kitob ishlari va boshqalar. MXB yuqorida ko`rsatilgan Vazirlar qarori universitet rektori buyrug`i va MXB nizomi , ish rejalari asosida mahkamasining faoliyat yuritib kelmoqda . Bo`lim joylardagi Xalq ta’limi bo`limlari , Kasb-hunar ta’limi boshqarmalari bilan yaqindan hamkorlik qilib ta’lim muassasalarini mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash borasida ish olib boradi .
Bo`lim internetda o`z saytlariga ega: www.http://tgpumarketing.best-host.ru/ www.http://tdpumarketing.uzgate.com/ Bo`limda bitiruvchilar, ularni ishga joylashtirish, kadrlar talab qilinayotgan ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlar bazasi to`plangan. Bo`lim shartnoma asosida o`qiyotgan talabalar, ta’lim muassasalari bilan ikki yoki uch tomonlama shartnomalar tuzish, shu asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida ibratli ishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, bo`lim pulli-shartnoma shartlari talabalar tomonidan o`z vaqtida bajarilishi, ta’lim uchun to`lovlar talablar yoki buyurtmalar tomonidan vaqtida to`lanishini nazorat qiladi, stipendiya farqlarini qayta hisoblash bilan shug`ullanadi. Bo`lim o`z oldiga katta maqsadlarni qo`yib, ularni aniq amalga oshirib kelmoqda.