“Tarix ta’limi va tadqiqotlarining dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti bilan hamkorlikda 2016-yil 16-mart kuni “Tarix ta’limi va tadqiqotlarining dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o’tkazdi.

Детали

Детально

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti direktori t.f.d, R.M.Abdullayev, t.f.d, D.Ziyayeva, t.f.d, A.Ashirov, t.f.n N.O’.Xidirova, B.Pasilov, M.A.Mustafayeva, f.f.n, R.Nazarovlar o’zlarining yangi ilmiy tadqiqotlarga bag’ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda Tarix fakultetining katta ilmiy xodim izlanuvchilari, magistrantlar va iqtidorli talabalar ham ishtirok etdilar. Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan dolzarb savollarga mutaxassislar tomonidan fikrlar bildirildi. Seminarda TDPU Ilmiy ishlar bo’yicha prorektori professor J.O .Toxirov, Tarix fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini dotsent O’.Mansurov, “Jahon tarixi” kafedrasi mudiri dotsent Z.Ilhomov, professor E.Z.Nuriddinov va boshqa professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar.