Psixologiya kafedrasi

Psixologiya kafedrasi 1999 yildaPedagogika va psixologiya fakulteti tarkibida tashkil topgan. Kafedraning asosiy vazifasi – zamonaviy talablarga javob beradigan, yetuk va har tomonlama rivojlangan pedagog-psixolog kadrlarni tayyorlashdir.

Tafsilot

Qisqacha

Psixologiya kafedrasi 1999 yildaPedagogika va psixologiya fakulteti tarkibida tashkil topgan. Kafedraning asosiy vazifasi – zamonaviy talablarga javob beradigan, yetuk va har tomonlama rivojlangan pedagog-psixolog kadrlarni tayyorlashdir.

Batafsil

Kafedraning asosiy tarkibida 16 ta professor-o’qituvchi mavjud bo’lib, shundan 1 ta psixol.f.d., professor, 6 ta psixol.f.n., 5 ta katta o’qituvchi, 3 ta o’qituvchi faoliyat yuritmoqda. Barcha professor-o’qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etilgan bo’lib, “Психолого-педагогические особенности рессоциализatsiи воспитанников пенитенциарных заведений”, “Raхbar psixologik kompetentliligining ijtimoiy psixologik xususiyatlari”, “Refliksivlikning rivojlanishi shaxs individual taraqqiyotining omili sifatida”, “Формирование гендерных представлений о браке у современной молодежи”, “Talaba yoshlarda stressga barqarorlikni oshishining psixologik determinantlari”, “Yoshlarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillari”, “Pedagog faoliyatidagi stressli holatlar va uni bartaraf etish yo’llari”, “Социально-психологические аспекти зашитных механизмов у подростков с девиантным поведением”, “Влияние новых информatsiонных технологий на характерологические черти личности”, “Xomilador ayollarning onalik xaqidagi tasavvurlari dinamikasi”, “Talabalarda altruizm shakllanganligining psixologik xususiyatlari” “Maktabgacha yoshda kognitiv rivojlanishga deprivatsiya ta’sirining psixologik xususiyatlari”, “Xulqi og‘ishgan o‘smir-qizlarda himoya reaksiyalarini ijtimoiylashuvga ta’siri” kabi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan faoliyat olib borishmoqda. 4.“Psixologiya” kafedrasi professor-o’qituvchilari iqtidorli talabalar bilan ham ahamiyatli ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Kafedraning xar bir o’qituvchisi tomonidan iqtidorli talabalar bilan ishlash rejalari tuzilgan, jumladan, Respublika miqiyosida o’tkazilayotgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ustoz-shogird tizimi asosida tezislar nashr ettirib kelinmoqda. 2017 yil “Psixologiya” fani bo’yicha Respublika olimpiadasida “Pedagogika va psixologiya” yo’nalishi 4-kurs talabasi Nishonov Sarvar ishtirok etib, “Eng yaxshi tadqiqotchi talaba” nominatsiyasini egalladi. Kafedra tomonidan pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishlarida umumiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya, psixodiagnostika va eksperimental psixologiya, ijtimoiy psixologiya, ochiq axborot tizimlarida informatsion psixologik xavfsizlik, psixologik maslahat, differensial psixologiya, psixologiya fanarini o‘qitish metodikasi, psixologik korreksiya, xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi, ijtimoiy reabilitatsiya, psixogigiena, mehnat psixologiyasi. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitilmoqda - umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti, bolalar psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, oila psixologiyasi. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishlarida quyidagi fanlar o‘qitilmoqda - ijtimoiy ish metod va texnologiyalari, oilaga ijtimoiy hodimni ijtimoiy yordam ko‘rsatish texnlogiyasi.

Kafedrada “Psixologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlarni ham tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib unda quyidagi fanlar o‘qitilmoqda - psixologiya fanining nazariy va metodologik asoslari, ijod psixologiyasi, psixologiyaning ilmiy maktablari, shaxs ijtimoiylashuvi muammolari, testologiya, boshqaruv va marketing psixologiyasi, etnopsixologiya, din psixologiyasi, pedagogik faoliyat psixologiyasi, konfliktologiya, akmeologiya, OAV ijtimoiy psixologiyasi. Kafedraning ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari: Barkamol avlodni tarbiyalashning psixologik asoslari. Kafedraning yetakchi fan nomzodlari: • Psixologiya fan nomzodi, dotsent N.G.Kamilova • Psixologiya fan doktori, professor Z.T.Nishonova • Psixologiya fan nomzodi, dotsent S. Jalilova • Psixologiya fan nomzodi, dotsent G.Bogdalova • Psixologiya fan nomzodi, dotsent N.I.Xalilova • Dotsent D.A.Maxmudjva Mustaqil tadqiqotchilar: katta o‘qituvchilar D.U.Abdullaeva, G.K.Alimova, N.Z.Ismoilova, L.A.Nigmatulina, L.U.Inagamova, o‘qituvchilar D.S.Qarshieva, N.B.Atabaeva, G. Yuldashbaeva, N.Goipova, Sh.Parpieva, G.A.Yakubova. Istiqboldagi maqsadlar: kafedrani yoshartirish va ilmiy salohiyatni ko‘tarish.