“Onalari sog‘lom yurtning yo‘li oydin” mavzusidagi davra suhbati

“Pedagogika va psixologiya” fakulteti “Amaliy psixologiya” kafedrasi “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan 26.04.2016 “Onalari sog‘lom yurtning yo‘li oydin” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi

“Sog‘lom ona va bola” Davlat Dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “Onalari sog‘lom yurtning yo‘li oydin” mavzusidagi davra suhbati. Fakultet ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.M.Ramazanova ayrim o‘zbek oilalarida qizlarni ginekolog tekshiruviga olib borishni uyat deb hisoblaydi. Lekin bunday qarashdan voz kechgan holda salomatlikni saqlash va sog‘lom bolalar tug‘ilishini ta’minlash lozim deb ta’kidladilar. Shundan so‘ng universitet “Ibn Sino salomatlik markazi” rahbari S.O.Safarova - Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad barcha xotin-qizlarga sihat-salomatlik, sog‘liqni saqlash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilgan holda sog‘lom naslni davom ettirish bo‘yicha ma’lumotlar berish ekanligini ta’kidladi. Turli xil irsiy kasalliklar, qarindosh nikohlar, salbiy illatlarning sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirishga ta’siri to‘g‘risida ma’ruza qildi. Qarindosh nikohlar sog‘lom bolalar tug‘ilishida asosiy to‘siq hisoblanadi, ya’ni bu nogiron bolalar tug‘ilishi ehtimolligini orttiradi. Bu holat avlodida bo‘lgan yashirin genlar yoki mavjud genlarning kombinatsiyasini orttiradi va kasallikning ortishiga olib keladi. Ajdodlarda kasallik retseptiv holda saqlanadi va bu avlodlarda yuzaga chiqishiga olib kelishi mumkinligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, har bir ayol, qiz muntazam ravishda ginekolog tekshiruvidan o‘tishi lozimligini ta’kidladi.