2016-yil may oyining birinchi haftasida universitetda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

2016-yil 2-maydan boshlab universitetga qarashli talabalar turar joylarida “Kamolot” YоIH boshlang‘ich tashkiloti, “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi hamda Muzeylar majmuasi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haftaligi o‘tkazilmoqda.

Tafsilot

Batafsil

Haftalik davomida talabalarning xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda “Kamolot”dan intellekt” aksiyasi takshil etildi. Ushbu aksiyada talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalarning fakultetlari kesimida yoki ta’lim yo‘nalishlari, qavatlari kesimida alohida jamoalar tuzib “Zakovat” intellektual o‘yinlarida faol ishtirok etmoqdalar. Tadbirni ko‘tarinki ruhda va a’lo kayfiyatda o‘tkazish maqsadida “Zakovat” televizion o‘yinlari ishtirokchisi, magistratura mutaxassisligi 2-kurs talabasi F.Abdullayev hamda Fizika-matematika fakulteti talabasi I.Asomiddinovlar yaqindan ko‘maklashib kelmoqdalar.