Pedagog gazetasi

“Pedagog” gazetasi Nizomiy nomidagi TDPUning davriy nashri hisoblanib, 1956 yildan chop etila boshlagan. 2011 yilning 17 noyabrida bo‘lib o‘tgan universitet Ilmiy kengashining 3/4.2 qaroriga asosan “Ma’rifat yo‘lida” va “Pedagog” gazetalari birlashtirilib, “Pedagog” nomi bilan nashr qilina boshlandi.

Tafsilot

Qisqacha

“Pedagog” gazetasi Nizomiy nomidagi TDPUning davriy nashri hisoblanib, 1956 yildan chop etila boshlagan. 2011 yilning 17 noyabrida bo‘lib o‘tgan universitet Ilmiy kengashining 3/4.2 qaroriga asosan “Ma’rifat yo‘lida” va “Pedagog” gazetalari birlashtirilib, “Pedagog” nomi bilan nashr qilina boshlandi.

Batafsil


“Pedagog” gazetasi O‘zbekiston Respubli¬kasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekis¬ton Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi 2014–sonli Qarori asosida Matbuot va axborot agentligida 2013 yilning 25 yanvarida № 02-00170 raqam bilan ro‘yxatga olingan. Gazeta sahifalarida mamlakatimiz va universitet hayotida ro‘y berayotgan yangiliklar; ta’lim muassasasining o‘quv, ta’lim-tarbiya, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, hamkorlik faoliyati, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqidagi maqolalar chop etiladi. Maqolalar mazmunan rang-barang bo‘lib, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga keng o‘rin ajratilgan hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy, ijodiy ishlaridan namunalar taqdim etiladi va berilayotgan maqolalar mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda illyustratsiyalar, rasmlar joylashtiriladi. Shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiya, seminarlar va sohaga oid uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, sport tadbirlari haqidagi maqolalar, xabar va lavhalar, ocherklar berib boriladi. -Gazetada Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur singari buyuk ajdodlarimiz tavallud kunlariga bag‘ishlangan maqolalar berib borish bilan birga “Ta’lim”, “Tarbiya”, “Qaror va ijro”, “Universitet hayotidan”, “Yil dasturi – amalda”, “Mulohaza uchun mavzu”, “Talaba ijodidan”, “Jahonga yuz tutib”, “Turfa olam”, “Aks-sado”, “Odobnoma”, “Salomatlik–tuman boylik” singari ko‘plab ruknlar ostida ham rang-barang maqolalar berib boriladi. “Pedagog” gazetasi bir yilda 10 marotaba o‘zbek va rus tillarida sakkiz sahifadan iborat holda 1 va 8 sahifalari rangli tasvirda 2000 nus’hada chop etilmoqda. Muassis: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Ixtisoslashuvi: ma’naviy-ma’rifiy nashr. “Pedagog” gazetasi joylashgan manzil: 100100, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy.

2014 yil SENTYABR

2014 yil Oktabr

2013 yil IYUN

2013 yil MAY

2013 yil IYUN

2013 yil SENTYABR