O`qishni ko`chirish mumkinmi?

Oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni koʻchirish tartibi haqida ma’lumot bersangiz

Tafsilot

Qisqacha

Oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni koʻchirish tartibi haqida ma’lumot bersangiz

Batafsil

Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻg`risidagi nizomga asosan talabalar oʻqishini koʻchirish uchun tegishli ariza har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan hududiy ishchi guruhlarga topshiriladi. Arizalar oliy ta’lim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqilib, har yili 5 avgustdan 30 avgustga qadar qaror qabul qilinadi. Talabalar oʻqishini koʻchirish uzrli sabalarga koʻra (bir hududdan ikkinchu hududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan koʻchib oʻtganda, turmush oʻrtog`i yoki ota-onasi harbiy xizmat oʻtash joyini oʻzgartirganda yoxud ota-onasi (turmush oʻrtog`i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda oʻquv mashg`ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda: - oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza topshirish - har yili 20 dekabrdan keying yilning 20 yanvariga qadar; - oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizani koʻrib chiqib, qaror qabul qilish - har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oshiriladi. Oʻqishni koʻchirish (qayta tiklash)ga talab etiladigan hujjatlar: - Ariza (unda koʻchirishni istagan ta’lim yoʻnalishi (mutaxassisligi), oʻquv tili va shakli, oʻqigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yoʻnalishi (mutaxassisligi), koʻchirish (qayta tiklash) sabablari, koʻchirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi koʻrsatiladi); - talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari; -pasportning nusxasi.

Mavzuga oid